National University of Uzbekistan Volume 3
National University of Uzbekistan
Download 361.9 Kb. Pdf ko'rish
|
imom-buxoriy-asarlarida-axloqiy-tarbiya-haqidagi-g-oyalar
National University of Uzbekistan
Volume 3 | NUU Conference 2 | 2022 Google Scholar indexed Current Issues of Social Sciences and Humanities DOI: 10.24412/2181-1385-2022-2-518-522 Ijtimoiy-gumanitar fanlarning dolzarb masalalari 519 April, 2022 https://nuu.uz/ International Scientific Conference “al-Jomiy as-sahih” asar, dunyoda “Sahih al-Buxoriy” nomi bilan mashhurdir. “Аl- Buxoriyning bu asariga kiritilgan ishonchli hadislarning soni takrorlanadiganlari bilan birga 7275 ta boʼlib, takrorlanmaydigan holda esa 4000 hadisdan iborat. [1,28] Bu shoh asar ikki dunyo saodatiga eltuvchi yoʼl sifatida qanchadan – qancha nusxalarda dunyoning turli tillariga tarjima qilinmoqda. Alloma asarlarida axloqiy tarbiyaga oid taʼlimotlarining markazida komillik, insonlarning oʼzaro mehribon boʼlishlari, bir – birlariga har doim yordam berish, ahil – totuv yashash kerakligi, halol mehnat qilish, yaxshilik, ezgulik gʼoyalari yotadi. Imom Buxoriy qalbi pok, iymonli, atrofdagilariga umuman zarar yetkazmaydigan, odamlarga faqat yaxshilik qiladigan va yordam beradigan insonlarnigina axloqan barkamol deb hisoblaydi. Imom Buxoriy hadislaridan: “Insonlarga yomonlik qilishdan uzoq tur. Zero bu oʼzingga sadaqadir”. Yaʼni, boshqalarga foydasi tegadigan odam eng yaxshi insondir. Islom insonning manman, xudbin boʼlib, faqat oʼz manfaatini oʼylab, ish tutishini maʼqul koʼrmaydi. Аlloh boshqalar uchun fidoyi, samimiy va hojatbaror bandalarini qadrlaydi. ( Buxoriy, 2518) [2,6] Demak, hadisning mohiyati shunga qaratilganki, odamlar bir – biriga faqatgina moddiy narsalar bilan yordam berish emas, balki moddiy va maʼnaviy imkoniyatiga qarab muhtojlarga yordam berishi, imkoniyati boʼlmaganida esa birovlarga umuman yomonlik qilmaslik bilan ham birovlarga yaxshilik qilishi eʼtirof etilgan. Аlbatta, alloma yaxshi amallarni har kishi oʼzidan, oilasidan va qarindosh – urugʼlaridan, soʼngra esa qoʼni – qoʼshnisidan boshlashi lozimligini uqtirib oʼtadi. “Oltin Silsila. Sahihul Buxoriy” asarining birinchi juzʼida, “Qoʼli va tilidan musulmonlar omonda boʼlgan kishi(ning amali)”, « ِيِديو ًِِواسل هم َنوملسملا َملس هم» degan hadis kiritilgan.[3,132] Аlbatta, insonlar oʼrtasidagi munosabatlarda qoʼl bilan til aʼzolari asosiy vazifani bajaradi. Shu asarning ettinchi bobida “Oʼzi uchun yaxshi koʼrgan narsasini birodariga ham ravo koʼrmaguncha moʼmin boʼla olmaydi”, - ً ِسْفَىل ُّب ِحُي ام ًيخلأ َّب ِحُي ىَّتح مكُدَحأ ُهِمؤُي لا deydilar [3,133]. Bu bilan mutafakkir insonlarni doimo yaxshilikka, ezgu ishlarga daʼvat qiladi. Yaxshilik va ezgulik inson axloqining asosiy fazilatlaridan biridir. Аl-Buxoriy barcha insonlar bir - birlari bilan aka-uka, opa –singil va birodar ekanini alohida qayd etadi. Ular bir-birlari bilan oʼzaro |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling