Natural xo’jalik natural xoʻjalik


Download 79.42 Kb.
Sana06.04.2023
Hajmi79.42 Kb.
#1329818
Bog'liq
Ijobiy va salbiy







NATURAL XO’JALIK


Natural xoʻjalik — oʻz ehtiyojlarini oʻzi yaratgan mahsulot va xizmatlar bilan qondiradigan xoʻjalik. Natural xoʻjalik qoʻl mehnatiga asoslanadi, Mehnat unumdorligi past boʻlgan koʻhna mehnat qurollari ishlatiladi. Natural xoʻjalikning kengayishi yangi resurslarni jalb etish, yangi yerlarni ochib, ekin maydonlarini kengaytirish, mollar sonini koʻpaytirish, ishlovchilar sonini oshirish orqali amalga oshiriladi.


IJOBIY TOMONLARI

SALBIY TOMONLARI

Barcha tovarlar barra bo’ladi, muddati o’tmagan bo’ladi, nazorat o’rnatish mumkin, hech qanday iqtisodiy cheklovlar yoki to’siqlar mavjud emas, ish vaqti mustaqil belgilanadi, tovar ayirboshlash imkoniyatlari bor, davlat-hokimiyat tomonidan hech qanday aralashuvlar bo’lmaydi.

Rivojlanish yo’q, yangiliklardan uzoqda, doimiy bir xil faoliyat yuritiladi, iqtisodiy-siyosiy himoyalar mavjud emas, fors-major holatlari hisobga olinmagan va hokazo.





TOVAR XO’JALIGI


Tovar xo’jaligi - tovar ishlab chiqarishga asoslangan va bozor orqali ishlab chiqarish bilan iste’mol o`rtasidagi o`zaro aloqadorlikni ta’minlovchi iqtisodiyotni tashkil qilish va ishlab chiqaruvchining foyda olish maqsadida bozorga ayirboshlash uchun ishlab chiqarishining ijtimoiy shaklidir.




IJOBIY TOMONLARI

SALBIY TOMONLARI

Tovar va xizmatlar xilma-xilligi mavjud, rivojlanish va raqobat bor, qo’shimcha imtiyoz va chegirmalar yetarlicha, faoliyatlar davlat tomonidan huquqiy himoyalangan, yangiliklar kiritish uchun sharoitlar a’lo darajada, fors-major holatlari hisobga olingan va hokazo.

Keragidan ortiq qog’ozbozchilik bor, elektron tizimlar yetarlicha talabga javob bermaydi, doimiy ravishda o’zgarib turuvchi qonunlar hamda soliq stavkalari mavjud, monopoliyaga ko’z yumish holatlari uchrab turadi va hokazo



BOZOR IQTISODIYOTI
Bozor iqtisodiyoti – bu erkin raqobatga asoslangan iqtisodiyot boʻlib, resurslarga xususiy mulkchilik, iqtisodiy faoliyatda va tadbirkorlikda erkinlik, iqtisodiy jarayonlarni tartiblashda va uygʻunlashtirishda bozor mexanizmidan foydalanish bilan tavsiflanadi. Bozor iqtisodiyoti – bu tovar-pul munosabatlariga asoslangan, turli mulkchilikka hamda iqtisodiy erkinlikka tayangan va raqobat vositasida boshqarilib turuvchi demokratik jarayondir. Bozor iqtisodiyoti insoniyat taraqqiyotida mavjud boʻlgan eng progressiv va istiqbolli tizimdir. Bozor iqtisodiyotining asosini tovar ishlab chiqarish tashkil etadi, chunki bu yerda natural xoʻjalik emas, balki tovar xoʻjaligi hukmron boʻladi.

IJOBIY TOMONLARI

SALBIY TOMONLARI

Doimiy ravishda oldinga intilish, zamon bilan hamnafas bo’lish, bozor iqtisodiyoti ishtirokchilaridagi yangiliklarga bo’lgan xarizmaning kuchliligi, raqobat o’ta yuqori darajada ekanligi, texnika va texnologiyaning har doim iqtisodiyot bilan bog’lanib turishi, har qanday vaziyatda ham statistikani online holatda kuzatib borish imkoni mavjudligi, barcha ishlar aniq metodga asosan olib borilishi,

Ko’zga ko’rinmas monopoliya uchrab turishi, tabiiy resurslardan haddan ziyod ko’p foydalanilish holatlari mavjudligi, aholining ma’lum qatlamiga faqatgina qora ishchi sifatida qaralishi, qog’ozbozchilikning tag-tugi bilan yo’q qilinmaganligi, ba’zida sohta statistikalar tayyorlanishi, ishlab chiqilgan qonunlar hamda o’rnatilgan soliq stavkalari aholining barcha qatlami uchun ham mos kelmasligi va hokazo.

Download 79.42 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling