«Научный импульс» апреля, 2023 1056 ishlab chiqarish korxonalarida buxgalteriya o‘tkazmalarini amalga oshirish va yo‘l qo‘yilgan kamchiliklarni tuzatish abdujabborov Islomiddin Asadillo o‘g‘li
Download 0.92 Mb. Pdf ko'rish
|
Abdujabborov Islomiddin Asadillo o‘g‘li
TAHLIL VA NATIJALAR MUHOKAMASI
Birinchi jarayonda hisobot davri, davriy hisobda bo‘lgani sababli asosiy faoliyatning daromadlarini hisobga oluvchi schotlar rejasida aks etgan bo‘lishi kerak. Ya’ni Dt 300$ 9420-ma’muriy harajatlar, Kt 300$ 3120-oldindan to‘langan ijara haqqi 300$ sifatida aks etadi. Sababi bir yilda 12 oy bor va hisobot davri bir yilda bir yakunlanadi. Bu uch oy uchun oldindan to‘langan daromad ya’ni 300$ ni aks ettirish kerak va qolgan summani hisobot davrining keying yiliga ya’ni 2012 yil uchun olib qo‘yish kerak bo‘ladi. Ikkinchi jarayonda esa 6 oy uchun daromad qilib tan olingan. Aslida 4 oylikni bu yilga 2 oylikni esa keyingi yilga qolishi kerak bo‘ladi. O‘zbekiston Respublikasi Buxgalteriya Hisobi to‘g‘risidagi qonunning 18-moddasida “Daromadlar va Harajatlar”ni hisobga olish hisobot davrining o‘zida amalga oshirilishi aytib o‘tilgan. Uchinchi holatda esa yil o‘n bir oy uchun to‘lab bo‘lganmiz faqat bir oy uchun foiz hisoblashimiz kerak bo‘ladi. Ya’ni; 50000$*10%=5000$ bu bir yillik summa endi buni bir oyligini toppish uchun 5000$/365 kun * 31 kun = 425$ ni tashkil qildi. Bir oylik summa. Bunga buxgalteriya o‘tkazmalarini beradigan bo‘lsak, Dt 9610-foiz ko‘rinishidagi harajatlar 425$, Kt 6920-hisoblangan foizlar 425$ ni tashkil qildi. To‘rtinchi holat uchun quyidagicha buxgalteriya o‘tkazmalarini amalga oshiramiz. Dt 4830-olinishi kerak bo‘lgan foizlar 200$, Kt 9530-foiz ko‘rinishidagi daromadlar 200$ni Международный научный журнал №9 (100), часть2 «Научный импульс» апреля, 2023 1058 tashkil etadi. Beshinchi operatsiyada esa bir tekisli usulda eskirish hisoblash uchun boshlang‘ich qiymatidan tugatish qiymatini ayrib tashlagan holatda, ishlash davriga nisbatan yillik eskirish darajasini aniqlab olamiz. Ya’ni asbob-uskunaga eskirish hisoblash uchun (91000$-1000$)/10 yil = 9000$ ga teng yillik eskirish. Endi buning 80% sotish harajatlari va 20% ma’muriy harajatlar bo‘lganligi sababli 9000$*80%=7200$, 9000$*20%=1800$ ni tashkil qilsa, bunga quydagicha buxgalteriya o‘tkazmalari beramiz. Bu holatda debet 2 ta bo‘ladi. Dt 9410-sotish harajatlari:7200$, Dt 9420-ma’muriy harajatlar:1800$, Kt 0230-mashina va asbob uskunalarning eskirishi:9000$. Endi bu jarayon uchun soliq hisob-kitobini amalga oshiramiz kamayib boruvchi qoldiq usul yordamida. Soliq (91000$*(100/10)*2$)= 91000$*20%=18200$ ni tashkil qiladi. Biz 9000$ hisoblagandik, lekin soliq qonunchiligi esa 18200$ hisobladi. Biz hisoblahan summa 9000$-18200$ soliq hisoblagan summa natijada esa -9200$. Bu holatda o‘zimiz hisoblagan soliqdan soliq qonunchiligi orqali hisoblangan soliq summasini ayrib tashlaymiz va soliq hisob kitobi bo‘yicha vaqtinchalik foyda yoki zararga olib borib qo‘yishimiz kerak bo‘ladi. Bu yakuniy moliyaviy natijani chiqarishda hisob-kitob qilamiz. Binoning eskirishining hisoblashda (160000$-60000$)/10 yil=10000$ ga teng. Bu holatda eskirish hisoblashda soliq qonunchiligi bo‘yicha va biz hisoblagan eskirish bir xil bo‘lganligi uchun quyidagicha buxgalteriya o‘tkazmalarini amalga oshiramiz. Bu holatda debet 2 ta bo‘ladi. Dt 9410-sotish harajatlari:1000$, Dt 9420-ma’muriy harajatlar: 9000$, Kt 0220-bino va inshoatlar, uzatuvchi moslamalarning eskirishi:10000$ ga teng. Oltinchi holatda esa Dt 4910-dargumon qarzlar bo‘yicha rezerv 800$, Kt 4010-xaridor va buyutmachilardan olinadigan schotlar 800$ ni tashkil qiladi. Yettinchi jarayonni buxgalteriya balansi orqali tekshiradigan bo‘lsak tovar moddiy zahiralari balansda 150000$ni tashkil etmoqda. Bu jarayonda murakkab operatsiya amalga oshadi sababi debet schotlarimiz ikkita kredit schotlarimiz esa bitta bo‘ladi. Dt 2910-ombordagi tovarlar 125000$, Dt 9120-sotilgan tovarlarnng tannarxi 25000$, Kt 9140-davriy hisobda Tovar moddiy zahiralarini sotib olish 150000$ hisobida amalga oshadi. XULOSA Yil yakuni bo‘yicha daromad va foyda solig‘ini hisob kitobi qilinganda moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobotga muvofiq foyda 49675$ni tashkil qilgan. Soliq stavkasi 30%ni tashkil qilganligi sababli bu daromad uchun 14902$ miqdorida soliq to‘lanishi lozim bo‘ladi. Foyda solig‘i bo‘yicha harajatlar 14902$ ni tashkil qildi. Moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobotda balansning aktiv va passiv holati 486400$ ni tashkil qilgan va bu summalar bir xil. Yakuniy moliyaviy natijalar, hisobot yilining oxiriga korxonaning foydasi 348200$ ni tashkil etishi aniqlandi. Download 0.92 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling