«Научный импульс» Ноябрь, 202 1102 yomg’ir tomchilari zarbidan muqobil energiya olish istiqbollari
DARAXT TANALARIDAN CHIQUVCHI TABIIY MUMLARDAN YUQORI SIFATLI
Download 0.7 Mb. Pdf ko'rish
|
ESHKARAYEV SADRIDIN CHORIYEVICH 1
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kalit so’zlar
- Ключевые слова
- Key words
DARAXT TANALARIDAN CHIQUVCHI TABIIY MUMLARDAN YUQORI SIFATLI
YELIM OLISH TEXNALOGIYASI Davlatova S.S., Eshkaraev S.CH. Termiz davlat universiteti, Termiz shahar Barkamol avlod ko’chasi, 43-uy. E-mail: esadir_74@rambler.ru Annotatsiya: Ushbu ishda o’rik daraxti shirasi va unga qo’shimchalar qo’shish natijasida olingan yelimning tarkibi o’rganib chiqildi va tayyor bo’lgan mahsulotni tajribada sinab ko’rildi. Ularni qo’llash bo’yicha tavsiyalar berildi. Kalit so’zlar: o’rik shirasi, asalari mumi, kazein, yelim, epoksid smola. ТЕХНОЛОГИЯ ПОЛУЧЕНИЯ ВЫСОКОКАЧЕСТВЕННОГО КЛЕЯ ИЗ НАТУРАЛЬНЫХ ВОСКОВ ДЕРЕВЬЯ Давлатова С.С., Эшкараев С.Ч. Термезский государственный университет, улица Баркамол Авлод, город Термез, 43 дом. Электронная почта: esadir_74@rambler.ru Аннотация: В данной работе изучен состав клея, полученного при добавлении в него абрикосового сока и добавок, а готовый продукт испытан в эксперименте. Даны рекомендации по их использованию. Ключевые слова: абрикосовый сок, пчелиный воск, казеин, клей, эпоксидная смола. HIGH-QUALITY GLUE TECHNOLOGY FROM NATURAL WAXES FROM TREE BONES Davlatova S.S., Eshkaraev S.CH. Termiz State University, Barkamol Avlod street, Termiz city, 43rd house. E-mail: esadir_74@rambler.ru Abstract: In this work, the composition of the glue obtained by adding apricot sap and additives to it was studied and the finished product was tested in an experiment. Recommendations on their use were given. Key words: apricot juice, beeswax, casein, glue, epoxy resin. Kirish. Yelimlar — asosan suyuqlangan yuqori molekulyar anorganik, koʻpincha organik moddalar yoki ularning eritmalari hisoblanadi va turli materiallarni bir-biriga yopishtirish uchun ishlatiladi. Yelim tarkibida qotiruvchi moddalar va qoʻshimchalar, toʻldiruvchilar, erituvchilar, stabilizatorlar, plastifikatorlar, elastifikatorlar boʻladi [1]. Qoʻshimchalar yelimning qovushqoqligini, qotish tezligini, mustahkamligini, Международный научный журнал № 4 (100), часть 2 «Научный импульс» Ноябрь, 202 1128 qattiqligini, issiqqa va sovuqqa chidamliligini oshiradi. Yelim suyuq (eritmalar, emulsiyalar, yakka monomerlar), quyuq yoki qattiq (donador, unsimon, ipsimon) boʻlishi mumkin. Yelimlar oddiy, konstruksion (mashinalar, uchuvchi apparatlar, qurilish konstruksiyalari va boshqalarni yigʻishda qoʻllaniladigan) va maxsus (yopishqoq tasmalar) turlarga ajratiladi [2]. Bundan tashqari, ular tabiiy va sintetik boʻladi. Tabiiy yelim hayvonlar va oʻsimliklar (kraxmal) mahsulotlaridan olinadi. Aksarisi namlikka chidamsiz, o’z kuchini ancha tez yoʻqotadi, chiriydi [3]. Yogʻoch, qogʻoz va boshqa buyumlarni yelimlash uchun qoʻllaniladi. Sintetik yelim (smola) — polimerlar eritmasi, emulsiyasi, shuningdek, erituvchi qoʻshilmagan smolalardan iborat. Namlik, issiq-sovuqqa, moylar, suyuq yonilgʻilar, turli zamburugʻlar taʼsiriga yaxshi chidaydi [4]. Metall, chinni, yogʻoch, faner, penoplast, plastmassalar, organik oynalarni yelimlash uchun ishlatiladi [5]. Kerakli talablarga yopishtiruvchi komponentlarning eng xilma-xil birikmalarini birlashtirish orqali erishish mumkin. Yopishtiruvchining ishlash xususiyatlarini yaxshilashning istiqbolli usuli uning noorganik nanozarrachalar bilan modifikatsiyasi hisoblanadi. Oddiy va eng ko'p ishlatiladigan nano o'lchamdagi to’ldiruvchi moddalar qatlamli aluminosilikatlar, masalan, montmorillonit, gektorit, kaolin va boshqalar. Alyumosilikat materiallarining qo'shilishi yelimning texnologik, mexanik va fizik xususiyatlarga katta ta'sir ko'rsatishi mumkin [6]. Xususan, montmorillonit gillari allaqachon turli xil tizimlarning modifikatorlari sifatida tanilgan va ish faoliyatini yaxshilaydi, yong'inga qarshi vositalar bilan birgalikda ular yonuvchanlikni kamaytiradi va materiallarning yong'inga chidamliligini oshiradi. Ba'zi kompozitlarda yopishqoqlikni, zarba xususiyatlarini va yorilishga chidamliligini yaxshilaydi, katalizator sifatida harakat qilishi va qotib qolish haroratini pasaytirishi mumkin, bu esa energiya sarfini kamaytirish asosida yopishtirish jarayonini texnologik jihatdan ilg'or va arzonroq qiladi [7-8]. Bugungi kunda qurilish sohasida ishlatiladigan yelimlar kimyoviy yo’l bilan olingan polivinilxlorid, poliuretan va boshqa polimer moddalardan olinadi va atrof- muhit haroratining ortishi, agressiv sharoitda o’zidan zaharli kimyoviy birikmalarni chiqaradi. Bu esa insonlar va tirik organizmlarga salbiy ta’sir ko’rsatadi. Ushbu tadqiqotimizning dolzarbligi shundaki, ekologik jihatdan zararsiz bo’lgan, tabiiy moddalardan oson usullar bilan olinadigan mustahkam va agressiv muhitlarga chidamli yelimlar olinadi [9-10]. Download 0.7 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling