«Научный импульс» Октябрь, 2022 858 insonlarda onkologik kasallik xavfli va xavfsiz o‘sma kasalligi haqida
Download 331.7 Kb. Pdf ko'rish
|
1 2
Bog'liqShamsiddinova Go‘zal Bahodirovna
- Bu sahifa navigatsiya:
- Shamsiddinova Go‘zal Bahodirovna Ilmiy rahbar Usmonov Jamshidbek Rustamjon o‘g‘li
- Kalit so‘zlar
Международный научный журнал № 3 (100), часть 1 «Научный импульс» Октябрь, 2022 858 INSONLARDA ONKOLOGIK KASALLIK XAVFLI VA XAVFSIZ O‘SMA KASALLIGI HAQIDA Shamsiddinova Go‘zal Bahodirovna Ilmiy rahbar Usmonov Jamshidbek Rustamjon o‘g‘li Farg‘ona Jamoat Salomatligi Tibbiyot instituti talabasi Annotatsiya: Ushbu maqolada kattalarda onkologik kasalliklar kechishi, uning psixik- ruhiy holati, patologik xususiyatlari, patologiyaning patogenezi haqida ilmiy fikrlar keltiriladi. Kattalarni davolashda, avvalambor, ularning psixik holatini o‘rganish lozimligi maqolada asosiy o‘rin tutadi. Kalit so‘zlar: Onkologiya, gematologiya, kasallik, bemor, baho, munosabat, tajriba, maqsad, ishonch, reabilitatsiya, patologiya, patogenez. Barchaga ma’lumki, katta yoshdagi onkologik va gematologik kasallikka chalingan bemorlarda o‘zigа bo‘lgаn bаhоsi, unga аtrоfdаgilаrning hurmat bilаn munоsаbаt qilish tаjribаsi аsоsidа tiklаnаdi. Bemor аtrоfdаgilаr tоmоnidаn hurmatli munоsаbаt ko‘rsа, shu qаtоri o‘zigа hаm аyab hurmat bilаn munоsаbаtdа bo‘lishgа qоdir. Bemorga «O‘zinggа ishоn, sеni hammа yaxshi ko‘rаdi, sеngа g‘аmxo‘rlik qilаyotgаnlаrgа ishоnch bildir», degan gaplarni aytib atrofdagilarga nisbatan bemorni ishonchini orttirish maqsadga muvofiq bo‘ladi. Nаfаqаt mаvjud simptоmlаrni kuzаtish, bаlki mijоzning shikоyatlаri vа hаrаkаtlаri zаminidа nimа yashiringаnini ham tushunish kerak. Kuzаtuv o‘tkаzish vа o‘z-o‘ziga pаrvаrish qilish qоbiliyatini baholаshni bаjаrilаdi. Yosh qаytgаch o‘zigа xоs psixоgigiyenik muаmmоlаr vujudgа kеlаdi. Kеksаlik hаyotning nihоyasi bo‘lishi kеrаk emаs, bаlki u hayotning оchilgаn gulidir, – dеgаn edi Аndrе Rеnоn. Shundаy ekаn, qаrilik chоg‘idаgi psixоgigiyenik tаdbirlаr sistеmаsi gulni so‘litmаslikkа, bаrglаri, yaprоqlаrining tushmаsligigа qaratilmоg‘I kеrаk. Qarilik chоg‘idа ko‘rish qоbiliyati susаyadi, qulоq оg‘irlаshib qоlаdi, аstа-sеkin оyoqlаrdаn mаdоr kеtаdi, hаrаkаtlаrni bаjаrish qiyinlаshib bоrаdi. Bu esа ruhiyatning pаsаyishigа оlib kеlаdi. Qаriyalаrning ko‘ngligа tеz оzоr yеtаdi, ulаr nоzik bo‘lib qolаdilаr, sаlbiy kеchinmаlаrdаn ko‘p tаshvishgа tushаdilаr, ulаrni xаvоtirlik, qo‘rquv egаllаydi. Yolg‘izlik ulаrni оg‘ir xаyollаrgа cho‘mdirаdi. Bа’zidа yoshlаr оilаdаn uzоqlаshib, o‘zlаri yangi оilа qurаdilаr. Nаtijаdа kеksаlаr yolg‘iz qоlаdilаr. Yolg‘izlik ulаrni qiynаydi. Bundаy vаqtdа qo‘shnilаr, o‘g‘il-qizlаri, nеvаrа-chеvаrаlаri qаriyadаn xаbаrdоr bo‘lib turishlаri lоzim. Mаhаllа fаоllаri yolg‘iz qоlgаn qаriyalаrgа mоs kеlаdigаn ishlаr tоpib bеrishlаri kеrаk. Ulаrning dоimо nimа bilаndir mаshg‘ul bo‘lishlаri ruhiy sоg‘lоmlikkа оlib kеlаdi. Kеzi kеlgаndа, qariyalаrning tibbiy pаrvаrishi haqida hаm to‘xtаlib Международный научный журнал № 3 (100), часть 1 «Научный импульс» Октябрь, 2022 859 o‘tmоqchimiz. Аbu Аli ibn Sinо qаriyalаrgа bаdаnni yog‘ bilаn uqаlаsh, yеngil harаkаtlаr qilish, piyodа vа оtdа yurish, ko‘kаtli tаоmlаr yеyish, sut-qatiqni ko‘prоq ichish, аsаbiylаshmаslik, yеtаrlichа uxlаsh vа ichni surib turish kеrаkligi haqida uqtirgаn edi. Dаrhaqiqat, kеksа оdаmning оvqati оz-оzdаn, sifаtli, dаrmоndоrilаrgа bоy vа mаzаli bo‘lishi dаrkоr. Shоvlа, shirguruch, аtаlа, hоlvаytаr, shirchоy, limоnli chоy kаbi ichimliklаr me’dа-ichаk yo‘llаridа tеz hаzm bo‘ladi. Sаbzаvоt (sаbzi, shоlg‘оm, kаrаm) vа ko‘kаtlаr qo‘shib tаyyorlаngаn suyuq tаоmlаr qаriyalаrgа fоydаli, shifоbаxsh tа’sir qilаdi vа huzur bаg‘ishlаydi. Bugungi kunda onkologik kasalliklar o‘lim va nogironlikning uchrashi bo‘yicha dunyoda birinchi, ba’zi davlatlarda ikkinchi o‘rinni egallaydi. Tibbiyot sohasida faoliyat ko'rsatuvchi barcha yo‘nalish mutaxassislari o‘z amaliyotida xavfli o'smalar bilan ishlashiga to‘g‘ri keladi. Chunki onkologik kasalliklar inson organizmining deyarli barcha a’zolarida uchraydi. Xususan, 6 mingdan ortiq odamning qon tahlilini o'rgangan tadqiqot bir guruh amerikalik va britaniyalik olimlar tomonidan olib borildi va Silikon vodiysidan bo'lgan startap tomonidan homiylik qilingani ma’lum. Olimlar bunday sinovlar o'simtalarni erta bosqichda aniqlashga va ularni muvaffaqiyatli davolashga yordam beradi deb umid qilishmoqda. Tadqiqot Onkologiya institutining bir guruh amerikalik olimlari tomonidan olib borildi. Dana Farber va Garvard tibbiyot maktabi, Frensis Krik instituti va London universitet kolleji britaniyaliklar bilan hamkorlikda. Uning natijalari Annals oncology akademik jurnalida chop etilgan, Oksford Universiteti Pressi. Saratonni aniqlagan testlarning 99% dan ko'prog'i tasdiqlangan bo'lsa ham, olimlar ularning usuli onkologiyani o'tkazib yubormasligiga va yolg'on umid bermasligiga ishonch hosil qilishni xohlashadi. Bu qo'shimcha tadqiqotlarni talab qiladi. Bundan tashqari, klinik tadqiqotlar natijalari shuni ko'rsatdiki, qon testi kasallikning rivojlanishining boshlanishiga qaraganda progressiv onkologiyani aniqlaydi. "Ushbu qon sinovi barcha saraton kasalligi uchun tahlil sifatida keng qo'llanilishi kerak bo'lgan barcha xususiyatlarga ega", deydi tadqiqot etakchilaridan biri professor Jof Oksnard. Ammo bunday klinik tadqiqotlar natijalari olinganidan keyingina ushbu tahlilning keng qo'llanilishi haqida gapirish mumkin bo'ladi. "Saratonni erta aniqlash, u kamroq invaziv va davolanmasa, hayotni saqlab qolish uchun ulkan salohiyatga ega, ammo bu potentsialni ro'yobga chiqarish uchun texnologik yangilik zarur". "Har kim bunday sinov qachon tayyor bo'lishini so'raydi. Minglab bemorlarning muvaffaqiyatli klinik sinovlaridan kelib chiqqan holda, ushbu test klinik sinovlarda cheklangan foydalanish uchun allaqachon boshlangan ». Onkologik kasalliklarga qarshi kurashda nafaqat tibbiyot xodimlari, balki biologlar, genetiklar, ximiklar, fiziklar va shu kabi ilmfanning bir qancha yo‘nalishida faoliyat ko‘rsatayotgan mutaxassislar ishtirok etishmoqda. Olimiarning intilishlari onkologik kasalliklarni erta aniqlash va davolash sohasida katta yutuqlarga Международный научный журнал № 3 (100), часть 1 «Научный импульс» Октябрь, 2022 860 erishish imkonini berdi. Masalan, nevrologiya sohasini misol qilib oladigan bo'lsak, kompyuter tomografiya yoki magnitli-rezonans tomografiya bosh miya o'smalarini juda erta aniqlash va samarali davolash imkonini berayapti. XX asrning 80-yillarigacha esa miya o‘smasi tashxisini aniqlash o‘ta mushkul va juda ko‘p urinishlarni talab qilardi. «Bosh miya o‘smasi» tashxisi faraz qilingan bemorda chuqur klinik tekshiruvlardan tashqari, bir qancha paraklinik tekshiruvlar, ya’ni rentgenoskopiya, exoensefaloskopiya, elektroensefalografiya, reoensefalografiya, lyumbal punksiya. pnevmoensefalografiya, serebral angiografiya tekshiruvlari o‘tkazilardi. Oxirgi 3 ta tekshiruv katta diagnostik ahamiyatga ega edi. Bu tekshiruvlarni o'tkazish uchun bemor shifoxonaga, ya’ni neyroxirurgiya bo‘limiga yotqizilardi. Yuqoridagilardan tashqari, bemorni nevropatolog, otonevrolog, okulist, psixiatrlar ham ko‘rishi va o‘z xulosasini berishi zarur bo‘lardi. Ushbu mutaxassislar xulosalari asosida yoki ularning ishtirokida konsilium o‘tkazilardi va ana shundan so‘ng bosh miyada o‘sma bor yoki yo‘qligi haqida bir fikrga kelinardi. Demak, bemorni shifoxonaga yotqizmasdan va shuncha tekshiruvlarni o‘tkazmasdan turib miya o‘smasini aniqlab bo‘lmasdi va bir bemorga aniq tashxis qo'yish uchun deyarli 10 nafar shifokor kamida 10 kun mobaynida mehnat qilishiga to‘g‘ri kelardi. Vaholanki, tekshiruv larga vo'qotilgan har bir kun erta davolashni boshlash uchun yo'qotilgan har bir kun bilan barobardir. Mana shu kunlar mobaynida vrachlarning xattiharakatidan aksariyat bemorlar o‘zida o'sma kasalligi izlanayotganini bilib olar, bu esa bemor va uning yaqinlari uchun katta xavotir tug‘dirar edi. Hozir-chi? Hozir bemorda bosh miya o‘smasi bor-yo‘qligini aniqlash uchun deyarli bir soat vaqtning o'zi yetarli, xolos, ya’ni KT yoki MRT tekshiruvlariga ketgan vaqt. Albatta, bir Bemorni bir necha mutaxassisning sinchiklab tekshirishi va o'zaro maslahatlashishlari vrachning klinik tafakkuri va mahoratini yanada oshiradi. Biroq u paytlari ham, hozir ham vrachning maqsadi yagona bo'lgan, bundan so'ng ham shunday bo'lib qoladi. Bu ham bo'lsa tashxisni erta aniqlash va davolashni erta boshlash. Shu yerda aytib o'tish lozimki, «КТ va MRT kabi zamonaviy tekshirish usullari bebaho tekshiruvlardir, biroq ularning paydo bo'lishi vrachlarni dangasa qilib qo'ymoqda, ular o'z ustida ishlamay qo'yishmoqda», degan fikrlar mavjud. Bu holat tibbiyotga endi qadam qo'yib kelayotgan vrachlarda klinik tafakkurning shakllanishiga to'sqinlik qilmoqdami? Bu savolga ham «ha», ham «yo'q», deb javob berish mumkin. Onkologik kasalliklarda katta yoshdagi bemorlar psixologiyasihaqida so'z yuritishni bosh miya o'smasi diagnostikasi bilan bog'liq bo'lgan vaziyatlar bilan boshlashimiz bejiz emas. Chunki organizmning boshqa a’zolarida joylashgan o'smalardan farqli o'laroq, bosh miya o'smalarining o'zi bir qator ruhiy buzilishlarga olib keladi. Bundan tashqari, miyasida o'sma aniqlangan va uni operatsiya qilib davolash mumkinligini bilgan bemor og'ir ruhiy vaziyatga tushadi. Chunki gap bosh miya haqida ketayapti! Demak, bu yerda vrachning vazifasi ushbu muolajalar bilan bog'liq bo'lgan Международный научный журнал № 3 (100), часть 1 «Научный импульс» Октябрь, 2022 861 psixologik taranglikni yumshatishdan iborat bo'lmog'i va bu masala bilan psixolog emas, aynan neyroxirurgning o'zi shug'ullanishi lozim. Operatsiya murakkab bo‘lsa-da, undan so‘ng bemorga ahvoli ancha yaxshilanishi va uni qiynayotgan dardlardan xalos bo'lishini davolovchi neyroxirurgning o'zi tushuntirishi lozim. Neyroxirugiya markazi yoki bo'limiga taklif qilingan psixolog nafaqat bemorda o'sma sababli paydo bo'lgan ruhiy buzilishlarni aniqlashi va davolashi, balki neyroxirurglar bilan hamkorlikda bemorni operatsiyaga tayyorlashda va operatsiyadan keyingi davrdagi davolash jarayonlarida faol ishtirok etishi lozim. Ma’lumki, xavfli o'sma aniqlangan bemor iloji boricha unda bu kasallik borligidan bexabar bo'lishi lozim. Bunday vaziyatlarda vrach qanday yo'l tutishi kerak? Odatda, «Sizda haqiqatan ham o'sma aniqlandi, biroq u xavfsiz, ya’ni hayotingizga xavf solmaydi, uni davolash mumkin», deyiladi. Biroq bemorda o'smaning xavfli turi borligini vrach uning qarindoshlariga aytishi lozim. Gap shundaki, bemor ertami- kechmi, o'z kasali haqida qarindoshlaridan yoki shifokorlarning xatti-harakati va muloqotlaridan bilib oladi. Bu yerda, ayniqsa, hamshiralar juda ehtiyot bo'lishlari lozim. Chunki bemorlar ba’zan aldov yo'llari bilan hamshiralardan haqiqatni bilib olishga intilishadi va buning uddasidan chiqishadi ham. Buning yuridik javobgarligi borligini har bir tibbiyot xodimi unutmasligi kerak. Yuridik javobgarlik turli ko'rinishda bo'lishi mumkin: ishdan haydalishidan tortib, ozodlikdan mahrum bo'lishgacha. Chunki o'zida xavfli kasallik borligini bilgan bemor joniga qasd qilishi mumkin. Ba’zan bemor yaqinlariga xat yozib qoldiradi va u yerda sirni kimdan bilib olganini ko'rsatishi ham mumkin. Ba’zi hollarda bemor o'z kasalligini boshqa katta yoshdagi bemorlardan bilib oladi. Shuning uchun ham shifokorlar boshqa bir bemorning kasalini ikkinchi bir bemorga aytmasligi kerak. Sirni bilgan bemor davolanishga qattiq qarshilik ko'rsatishi, davolanishdan voz kechib shifoxonani tark etishi yoki davolash jarayonlarida katta qiyinchiliklar tug'dirishi mumkin. Odatda, sirdan voqif bo'lgan bemorda dastlab ruhiy karaxtlik ro'y beradi, bu xabarni u o'lim haqida chiqarilgan hukmdek qabul qiladi. Nima qilishini bilmay qoladi, xayolan har xil rejalar tuzadi, aniq bir qarorga kela olmaydi, doktorlar xato qilmadimikan, deb o'ylaydi, qayta tekshirishlarini iltimos qiladi. Boshqa mutaxassislar yoki boshqa tibbiy markazlar bilan maslahatlashib ko'rishni yaqinlaridan talab qiladi. Biz gurkirab rivojlanib kelayotgan axborot texnologiyalari asrida yashamoqdamiz, internetdan foydalanuvchilar soni ham kundan-kunga oshib bormoqda. Deyarli barcha ta’lim muassasalari, shifoxonalar, korxonalar bilan bir qatorda, har bir xonadonga internet kirib kelmoqda. U yerdan juda ko‘p ma’lumotlami bemalol olish mumkin. Bemor ham bundan foydalanishi va o'ziga kerakli ma’lumotni topib olishi mumkin. Bu yerda talabalar ham ehtiyot bo'lishi lozim, bemor ulardan ham o'ziga kerakli ma’lumotlarni bilib olishi qiyin emas. Talabalar bemorlarni ko'rgani kirganda, palatalarda darslik va o'quv qo'llanm larini Международный научный журнал № 3 (100), часть 1 «Научный импульс» Октябрь, 2022 862 qoldirmasliklari, ulami so'ragan bemorga bermasliklari kerak. Qo'llanilayotgan diagnostika va davolash usullaridan ham bemor o'z kasalligi turini bilib olishi mumkin. Masalan, ko'pchilik nur bilan davolash usuli xavfli o'smalarda ko'p qo'llanilishi yoki og'riq qoidirish uchun narkotik analgetiklar buyurilishi va ozib ketish rak uchun xos ekanini biladi. Demak, onkologiyada sir saqlash o'ta murakkab masaladir, biroq buning uddasidan chiqishga intilish lozim va bemor sirni bilib qolgandan so'ng vrach qanday yo'l tutishni ham o'ylab qo'yishi kerak. Odatda, sirdan voqif bo'lgan katta yoshdagi bemorlarda reaktiv nevroz yoki reaktiv psixoz rivojlanadi. Bu yerda, albatta, psixologning yordami kerak bo'ladi va undan unumli foydalanish kerak. Umuman olganda, onkologiya, neyroxirurgiya, ftiziatriya, kardiolog; ya, xirurgiya va travmatologiya ilmiy markazlari va harbiy gospitallarda psixologlar uchun ish joylari ajratilgan bo'lishi kerak. Deyarli barcha rivojlangan davlatlarda shunday. Chunki bu markazlarda kasallik turlari va bemorlar soni ko'p. Download 331.7 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling