Научный вестник. ФерГУ
Ijtimoiy gumanitar fanlar
Download 189.65 Kb. Pdf ko'rish
|
11 Jumaniyazova Nargiza Abdug\'ofurovna 1
Ijtimoiy gumanitar fanlar
ADABIYOTSHUNOSLIK 889 2022 Ayni damda bizning e’tiborimizni eng ko‘p tortadigan adabiyot rus va Amerika adabiyotidir. Xuddi shu o‘rinda shuni hisobga olish kerakki, o‘zbek adabiyotshunoshligining ko‘plab vakillari rus va Amerika adabiyoti vakillari asarlarini, rus adabiyotshunosligi vakillari o‘zbek va Amerika adabiyoti vakillari asarlarini, Amerika adabiyotshunosligi vakillari esa Rus va o‘zbek adabiyoti vakillari asarlarini qiziqish bilan o‘rganayotganini e’tirof etish mumkin. Chet elliklarning o‘zbek adabiyoti va madaniyatiga katta qiziqish bilan qarayotganiga shuni misol keltirish mumkinki, Lotin Amerikasi namoyondalaridan bo‘lgan Rudolfo Gioldning “O‘zbekiston ko‘zguda” nomli kitobi 1956 yilda Aargentina poytaxti Ayresda “Editorial Fundamentos” nashriyoti tomonidan bosib chiqarildi. Asar ikki bobdan iborat bo‘lib, unda O‘zbekiston tarixi va geografiyasi, O‘rta Osiyoning buyuk mutafakkirlari Ibn Sino, Mirzo Ulug‘bek, Xorazmiy kabilarning jahon adabiyotiga qo‘shgan hissasi, keyingi bobida esa A.Navoiy, Mahmud Qoshg‘ariy, Furqat, Muqimiy kabilar bilan bir qatorda H.Olimjon, H.Yashin, Uyg‘un kabi adaiyot vakillarining hayoti va ijodi haqida hikoya qilinadi. Ayni damda xorijda o‘zbek adabiyotiga bo‘lgan qiziqishni yana shunda ko‘rish mumkinki, o‘zbek tili, adabiyoti, tarixini o‘rganish uchun ko‘plab qo‘llanmalar yaratildi. Masalan, Andrey Shobergning “O‘zbek grammatikasi”, Nikolas Popperning “O‘zbek tili xrestomatiyasi”, Alo Raunning “O‘zbek tilining boshlang‘ich kursi” nomli kitoblarini sanab o‘tishimiz mumkin. O‘zbek adabiyotining faol targ‘ibotchisi Vashington universiteti Yaqin Sharq tillari va madaniyatlari fakulteti dekani, professor Ilza Laude-Sirtautas 1980 yilda “Hozirgi o‘zbek adabiyoti xrestomatiyasi” kitobini nashrdan chiqardi. Mustaqillik yillaridan keyin, ayniqsa, o‘zbek tili, adabiyoti, madaniyatining nufuzi ortib bordi. Amerika, Angliya, Germaniya, Fransiya mamlakatlari tomonidan o‘zbek shoir va yozuvchilarining ijodiga bo‘lgan qiziqish ortib bormoqda. Aslida, Amerika-o‘zbek adabiy aloqalarining rivojlanishi o‘tgan asrning 30-yillarida boshlangan. Amerika adiblarining kichik-kichik nasr va nazm yo‘nalishidagi asarlari o‘zbek tiliga tarjima qilinib, gazeta va jurnallarda chop etilgan. Bu adabiy va madaniy aloqalarga o‘sha paytda eng ko‘p hissasini qo‘shgan shaxslardan biri G‘afur G‘ulomdir. O‘zbek adabiyotining boshqa mamlakatlarda ham rivojlanishiga yana bir sabab, adib va tarjimonlarning o‘zaro muloqotlari, yakdilliklari hamda Amerika va O‘zbekiston o‘rtasida qilingan ijodiy safarlarning xizmati beqiyosdir. Ayni damda so‘nggi tarjimalardan biri Nurali Qobulning “Buyuk Turon amiri yoxud aql va qilich” asaridir. Bu tarixiy asarning ingliz tiliga tarjima qilinishidan shuni ko‘rish mumkinki, boshqa millat vakillari O‘zbekistonning nafaqat adabiyoti balki tarixini o‘rganishga ham katta e’tibor qaratmoqda. O‘.Hoshimov asarlari esa uzoq yillardan buyon turli yillarga tarjima qilib kelinayotgan va boshqa millat vakillari tomonidan sevib mutolaaa qilinayotgan asarlar sirasiga kiradi. Chunonchi uning “Ufq”, “Dunyoning ishlari”, “Daftar hoshiyasidagi bitiklar” kabi asarlari boshqa ko‘plab tillarga tarjima qilingan. Uning o‘zi esa K.Simonov, A.Kiplin, E.Xeminguey kabi adiblarning ko‘plab asarlarini o‘zbek tiliga tarjima qilgan. O‘.Hoshimovning ko‘plab asarlari nafaqat ingliz tili, balki juda ko‘p boshqa tillarga tarjima qilingan va boshqa millat vakillari tomonidan hozirgi kungacha sevib mutolaa qilib kelinmoqda. U.Folknerning esa “ Ayiq”, “Emili uchun atirgullar”, “To‘fonli sentyabr”, “Uosh” va “Qora musiqa” asarlaridan iborat “Qissa va hikoyalar” kitobini o‘zbek tilida mutolaa qilishingiz mumkin. Juda ko‘plab asarlari rus tili va boshqa yillarga tarjima qilingan. O‘.Hoshimovning “Ikki eshik orasi” hamda U.Folknerning “Shovqin va g‘azab” asarlari turli millat vakillari tomonidan turli makon va zamonda yozilgan asarlardir. Ayni damda U.Folkner asarlariga bo‘lgan qiziqish ham kuchaymoqda. O‘.Hoshimovning “Ikki eshik orasi” hamda U.Folknerning “Shovqin va g‘azab” asarlari turli zamon, turli makon, turli janrlarda yozilganiga qaramasdan ularni ba’zi jihatlar birlashtirib turadi. Bu ikki asarning birisi 1929-yilda, birisi 1986-yilda har xil mamlakatda turli millat adabiyot vakillari tomonidan yozilgan. Birisida I Jahon urushi, Ikkinchisida Ulug‘ Vatan urushi davridan oldingi va keyingi xalqlar hayoti tasvirlanadi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling