Научный вестник. ФерГУ
Download 189.65 Kb. Pdf ko'rish
|
11 Jumaniyazova Nargiza Abdug\'ofurovna 1
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ijtimoiy gumanitar fanlar ADABIYOTSHUNOSLIK 888 2022 UDK:881/886 O‘ZBEK VA INGLIZ ADABIYOTINING QIYOSIY-TIPOLOGIK TAHLILI
- Jumaniyazova Nargiza Abdug‘ofurovna Jumaniyazova Nargiza Abdug‘ofurovna
- Kalit so‘zlar
Y.U.Abdurazzoqov
Zamonaviy pedagogik texnologiyalardan foydalangan holda ma’ruza mashg‘ulotlarini tashkil etish................................................................................................................................. 963 Y.A.Nasirdinova Fransuz sharqshunoslik ilmida o‘zbek milliy uyg‘onish davri adabiyoti ....................................... 965 Ijtimoiy gumanitar fanlar ADABIYOTSHUNOSLIK 888 2022 UDK:881/886 O‘ZBEK VA INGLIZ ADABIYOTINING QIYOSIY-TIPOLOGIK TAHLILI СРАВНИТЕЛЬНО-ТИПОЛОГИЧЕСКИЙ АНАЛИЗ УЗБЕКСКОЙ И АНГЛИЙСКОЙ ЛИТЕРАТУРЫ COMPARATIVE TYPOLOGICAL ANALYSIS OF UZBEK AND ENGLISH LITERATURE Jumaniyazova Nargiza Abdug‘ofurovna Jumaniyazova Nargiza Abdug‘ofurovna – Farg‘ona davlat universiteti Sirtqi bo‘lim “Aniq va tabiiy fanlar kafedrasi“ o‘qituvchisi Annotatsiya Asrlar osha har bir millatning o‘ziga xos tarixi, urf-odatlari bilan birga adabiyoti ham shakllanib borar ekan har bir millat boshqa millatning tarixi, urf-odati hamda adabiyoti bilan qiziqqan va o‘rgangan. Shundan kelib chiqib, millatlar o‘rtasidagi aloqa paydo bo‘lishi bilan bir paytda umumiy jihatdan bir-biriga o‘xshash urf-odat va adabiyotdagi oqimlar, yo‘nalishlar yuzaga kelgan. Ayniqsa, mustaqillik yillaridan keyin ingliz, rus va o‘zbek adabiyoti o‘rtasida adabiy aloqalar kuchaydi, ko‘plab tarjima asarlar yaratildi. Maqolada shu xususda so‘z yuritiladi. Kalit so‘zlar: syujet, kompozitsiya, maishiy muammolar, qiyosiy-tipologik tahlil. Qiyosiy-tipologik tahlil sohasi turli jabhalarni – mavzu, g‘oya, oqim, yo‘nalish, his-tuyg‘u, syujet, kompozitsiya, uslub kabilarni o‘z ichiga oladi. Qiyosiy-tipologik tahlilda aslida ko‘proq o‘xshahsliklar tadqiq qilinsa-da, lekin katta zamon va makon bilan ajratib qo‘yilgan, hech qanday ijtimoiy va tarixiy sharoitlar bilan taqqoslab bo‘lmaydigan tushunish qiyin bo‘lgan, shu bilan birga o‘ta darajada o‘xshashligi bizni hayron qoldiruvchi juda ko‘p adabiy hodisalar mavjud. Adabiyotshunoslik fanining eng qiziqarli jihati shundaki, hech qaysi xalq, hech qaysi mamlakat adabiyotini alohida ajratib olib o‘rganib bo‘lmaydi. Chunki adabiyot shunchalik murakkab jarayon, shunchalik yagona tizimni tashkil qiladiki, u turli millat adabiyotlarining o‘zaro ta’siri tufayli rivojlanishidan tarkib topgan. “Kundalik aloqa vositasi bo‘lgan tilga nisbatan badiiy adabiyot tili – bu so‘z ustalari tomonidan qayta ishlangan tildir.” Shunday ekan, til, tarjima millatlar o‘rtasidagi ma’naviy aloqa quroli hisoblanadi. Uzoq yillardan buyon turli millat vakillari adabiyoti tarjima vositasida bir-biriga ayirbosh qilinib, bir-birini boyitib kelmoqda. Turli millat vakillari boshqa tildagi adabiyotlarni o‘rganar ekan, ulardan ma’naviy zavq va ilhom olgani holda o‘z tiliga shu adabiyot oqim va yo‘nalishlarini olib kiradi. Shu sababli jahon adabiyotida kompozitsiyasi, syujeti, oqim va yo‘nalishi jihatidan bir-biriga yaqin va o‘xshash bo‘lgan asarlar paydo bo‘ladi. Bunday asarlar o‘z-o‘zidan vujudga kelmaydi. Badiiy tarjima bunda juda katta rol o‘ynaydi. Har bir to‘g‘ridan-to‘g‘ri qilingan asar adabiyotga osongina qabul qilinavermaydi. Tarjimon tarjima qilinayotgan asarga shunday ruh singdirishi kerakki, asl adabiyotga putur etmagan holatda tarjima qilinayotgan millat ruhiga moslashtirilishi kerak. Tarjimonnning har ikki tilda ham so‘z boyligi ko‘p va ravon bo‘lishi, badiiy vositalarni o‘rni-o‘rnida ishlata olishi zarur. Jahon adabiyoti namunalarini o‘zbek adabiyotiga tarjima orqali olib kirgan inson aslida o‘zi ham yozuvchi yoki shoirdir. Ular orasida Cho‘lpon, Abdulla Qodiriy, Maqsud Shayxzoda, Hamid Olimjon kabilarni sanab o‘tishimiz mumkin. Bu sohaning egasi bo‘lmagan odamlar tarjima qilgan asarlar ko‘p hollarda muvaffaqiyat qozonmagan. Umuminsoniy maqsadlarni aks ettirgan asarlar faqatgina o‘z xalqining mulki bo‘lib qolmay balki boshqa millat vakillarining ham ma’naviy boyligiga o‘z hissasini qo‘shadi. Barcha millat vakillari qaysi sohada bo‘lmasin, xususan adabiyot va madaniyat sohasida bir-biri bilan uzviy bog‘langan, bir-biridan ilhom oladi, bir-birini boyitadi, bir-birini rivojlantiradi. Ayniqsa, adabiyot va san’at sohasida bir-biriga yangidan yangi yo‘nalishlar, oqimlar, janrlarni olib kiradi, yangi so‘zlar, yangi qarashlar paydo bo‘ladi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling