Научный вестник. ФерГУ


Ijtimoiy gumanitar fanlar


Download 189.65 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/5
Sana29.03.2023
Hajmi189.65 Kb.
#1308214
1   2   3   4   5
Bog'liq
11 Jumaniyazova Nargiza Abdug\'ofurovna 1

Ijtimoiy gumanitar fanlar
ADABIYOTSHUNOSLIK
889
2022
Ayni damda bizning e’tiborimizni eng ko‘p tortadigan adabiyot rus va Amerika adabiyotidir.
Xuddi shu o‘rinda shuni hisobga olish kerakki, o‘zbek adabiyotshunoshligining ko‘plab vakillari rus
va Amerika adabiyoti vakillari asarlarini, rus adabiyotshunosligi vakillari o‘zbek va Amerika
adabiyoti vakillari asarlarini, Amerika adabiyotshunosligi vakillari esa Rus va o‘zbek adabiyoti
vakillari asarlarini qiziqish bilan o‘rganayotganini e’tirof etish mumkin.
Chet elliklarning o‘zbek adabiyoti va madaniyatiga katta qiziqish bilan qarayotganiga shuni
misol keltirish mumkinki, Lotin Amerikasi namoyondalaridan bo‘lgan Rudolfo Gioldning
“O‘zbekiston ko‘zguda” nomli kitobi 1956 yilda Aargentina poytaxti Ayresda “Editorial
Fundamentos” nashriyoti tomonidan bosib chiqarildi.
Asar ikki bobdan iborat bo‘lib, unda O‘zbekiston tarixi va geografiyasi, O‘rta Osiyoning
buyuk mutafakkirlari Ibn Sino, Mirzo Ulug‘bek, Xorazmiy kabilarning jahon adabiyotiga qo‘shgan
hissasi, keyingi bobida esa A.Navoiy, Mahmud Qoshg‘ariy, Furqat, Muqimiy kabilar bilan bir
qatorda H.Olimjon, H.Yashin, Uyg‘un kabi adaiyot vakillarining hayoti va ijodi haqida hikoya
qilinadi.
Ayni damda xorijda o‘zbek adabiyotiga bo‘lgan qiziqishni yana shunda ko‘rish mumkinki,
o‘zbek tili, adabiyoti, tarixini o‘rganish uchun ko‘plab qo‘llanmalar yaratildi. Masalan, Andrey
Shobergning “O‘zbek grammatikasi”, Nikolas Popperning “O‘zbek tili xrestomatiyasi”, Alo Raunning
“O‘zbek tilining boshlang‘ich kursi” nomli kitoblarini sanab o‘tishimiz mumkin. O‘zbek adabiyotining
faol targ‘ibotchisi Vashington universiteti Yaqin Sharq tillari va madaniyatlari fakulteti dekani,
professor Ilza Laude-Sirtautas 1980 yilda “Hozirgi o‘zbek adabiyoti xrestomatiyasi” kitobini
nashrdan chiqardi.
Mustaqillik yillaridan keyin, ayniqsa, o‘zbek tili, adabiyoti, madaniyatining nufuzi ortib bordi.
Amerika, Angliya, Germaniya, Fransiya mamlakatlari tomonidan o‘zbek shoir va yozuvchilarining
ijodiga bo‘lgan qiziqish ortib bormoqda.
Aslida, Amerika-o‘zbek adabiy aloqalarining rivojlanishi o‘tgan asrning 30-yillarida
boshlangan. Amerika adiblarining kichik-kichik nasr va nazm yo‘nalishidagi asarlari o‘zbek tiliga
tarjima qilinib, gazeta va jurnallarda chop etilgan. Bu adabiy va madaniy aloqalarga o‘sha paytda
eng ko‘p hissasini qo‘shgan shaxslardan biri G‘afur G‘ulomdir.
O‘zbek adabiyotining boshqa mamlakatlarda ham rivojlanishiga yana bir sabab, adib va
tarjimonlarning o‘zaro muloqotlari, yakdilliklari hamda Amerika va O‘zbekiston o‘rtasida qilingan
ijodiy safarlarning xizmati beqiyosdir.
Ayni damda so‘nggi tarjimalardan biri Nurali Qobulning “Buyuk Turon amiri yoxud aql va
qilich” asaridir. Bu tarixiy asarning ingliz tiliga tarjima qilinishidan shuni ko‘rish mumkinki, boshqa
millat vakillari O‘zbekistonning nafaqat adabiyoti balki tarixini o‘rganishga ham katta e’tibor
qaratmoqda.
O‘.Hoshimov asarlari esa uzoq yillardan buyon turli yillarga tarjima qilib kelinayotgan va
boshqa millat vakillari tomonidan sevib mutolaaa qilinayotgan asarlar sirasiga kiradi. Chunonchi
uning “Ufq”, “Dunyoning ishlari”, “Daftar hoshiyasidagi bitiklar” kabi asarlari boshqa ko‘plab tillarga
tarjima qilingan. Uning o‘zi esa K.Simonov, A.Kiplin, E.Xeminguey kabi adiblarning ko‘plab
asarlarini o‘zbek tiliga tarjima qilgan.
O‘.Hoshimovning ko‘plab asarlari nafaqat ingliz tili, balki juda ko‘p boshqa tillarga tarjima
qilingan va boshqa millat vakillari tomonidan hozirgi kungacha sevib mutolaa qilib kelinmoqda.
U.Folknerning esa “ Ayiq”, “Emili uchun atirgullar”, “To‘fonli sentyabr”, “Uosh” va “Qora
musiqa” asarlaridan iborat “Qissa va hikoyalar” kitobini o‘zbek tilida mutolaa qilishingiz mumkin.
Juda ko‘plab asarlari rus tili va boshqa yillarga tarjima qilingan.
O‘.Hoshimovning “Ikki eshik orasi” hamda U.Folknerning “Shovqin va g‘azab” asarlari turli
millat vakillari tomonidan turli makon va zamonda yozilgan asarlardir.
Ayni damda U.Folkner asarlariga bo‘lgan qiziqish ham kuchaymoqda.
O‘.Hoshimovning “Ikki eshik orasi” hamda U.Folknerning “Shovqin va g‘azab” asarlari turli
zamon, turli makon, turli janrlarda yozilganiga qaramasdan ularni ba’zi jihatlar birlashtirib turadi.
Bu ikki asarning birisi 1929-yilda, birisi 1986-yilda har xil mamlakatda turli millat adabiyot
vakillari tomonidan yozilgan. Birisida I Jahon urushi, Ikkinchisida Ulug‘ Vatan urushi davridan
oldingi va keyingi xalqlar hayoti tasvirlanadi.



Download 189.65 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling