Научный вестник. ФерГУ


Download 189.65 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/5
Sana29.03.2023
Hajmi189.65 Kb.
#1308214
1   2   3   4   5
Bog'liq
11 Jumaniyazova Nargiza Abdug\'ofurovna 1

Y.U.Abdurazzoqov
Zamonaviy pedagogik texnologiyalardan foydalangan holda ma’ruza mashg‘ulotlarini
tashkil etish................................................................................................................................. 963
Y.A.Nasirdinova
Fransuz sharqshunoslik ilmida o‘zbek milliy uyg‘onish davri adabiyoti ....................................... 965


Ijtimoiy gumanitar fanlar
ADABIYOTSHUNOSLIK
888
2022
UDK:881/886
O‘ZBEK VA INGLIZ ADABIYOTINING QIYOSIY-TIPOLOGIK TAHLILI
СРАВНИТЕЛЬНО-ТИПОЛОГИЧЕСКИЙ АНАЛИЗ УЗБЕКСКОЙ И АНГЛИЙСКОЙ
ЛИТЕРАТУРЫ
COMPARATIVE TYPOLOGICAL ANALYSIS OF UZBEK AND ENGLISH LITERATURE
Jumaniyazova Nargiza Abdug‘ofurovna
Jumaniyazova Nargiza Abdug‘ofurovna
– Farg‘ona davlat universiteti Sirtqi bo‘lim “Aniq va
tabiiy fanlar kafedrasi“ o‘qituvchisi
Annotatsiya
Asrlar osha har bir millatning o‘ziga xos tarixi, urf-odatlari bilan birga adabiyoti ham shakllanib borar ekan har bir
millat boshqa millatning tarixi, urf-odati hamda adabiyoti bilan qiziqqan va o‘rgangan. Shundan kelib chiqib, millatlar
o‘rtasidagi aloqa paydo bo‘lishi bilan bir paytda umumiy jihatdan bir-biriga o‘xshash urf-odat va adabiyotdagi oqimlar,
yo‘nalishlar yuzaga kelgan. Ayniqsa, mustaqillik yillaridan keyin ingliz, rus va o‘zbek adabiyoti o‘rtasida adabiy aloqalar
kuchaydi, ko‘plab tarjima asarlar yaratildi. Maqolada shu xususda so‘z yuritiladi.
Kalit so‘zlar: syujet, kompozitsiya, maishiy muammolar, qiyosiy-tipologik tahlil.
Qiyosiy-tipologik tahlil sohasi turli jabhalarni – mavzu, g‘oya, oqim, yo‘nalish, his-tuyg‘u,
syujet, kompozitsiya, uslub kabilarni o‘z ichiga oladi. Qiyosiy-tipologik tahlilda aslida ko‘proq
o‘xshahsliklar tadqiq qilinsa-da, lekin katta zamon va makon bilan ajratib qo‘yilgan, hech qanday
ijtimoiy va tarixiy sharoitlar bilan taqqoslab bo‘lmaydigan tushunish qiyin bo‘lgan, shu bilan birga
o‘ta darajada o‘xshashligi bizni hayron qoldiruvchi juda ko‘p adabiy hodisalar mavjud.
Adabiyotshunoslik fanining eng qiziqarli jihati shundaki, hech qaysi xalq, hech qaysi
mamlakat adabiyotini alohida ajratib olib o‘rganib bo‘lmaydi. Chunki adabiyot shunchalik murakkab
jarayon, shunchalik yagona tizimni tashkil qiladiki, u turli millat adabiyotlarining o‘zaro ta’siri tufayli
rivojlanishidan tarkib topgan.
“Kundalik aloqa vositasi bo‘lgan tilga nisbatan badiiy adabiyot tili – bu so‘z ustalari
tomonidan qayta ishlangan tildir.”
Shunday ekan, til, tarjima millatlar o‘rtasidagi ma’naviy aloqa quroli hisoblanadi. Uzoq
yillardan buyon turli millat vakillari adabiyoti tarjima vositasida bir-biriga ayirbosh qilinib, bir-birini
boyitib kelmoqda. Turli millat vakillari boshqa tildagi adabiyotlarni o‘rganar ekan, ulardan ma’naviy
zavq va ilhom olgani holda o‘z tiliga shu adabiyot oqim va yo‘nalishlarini olib kiradi. Shu sababli
jahon adabiyotida kompozitsiyasi, syujeti, oqim va yo‘nalishi jihatidan bir-biriga yaqin va o‘xshash
bo‘lgan asarlar paydo bo‘ladi.
Bunday asarlar o‘z-o‘zidan vujudga kelmaydi. Badiiy tarjima bunda juda katta rol o‘ynaydi.
Har bir to‘g‘ridan-to‘g‘ri qilingan asar adabiyotga osongina qabul qilinavermaydi. Tarjimon tarjima
qilinayotgan asarga shunday ruh singdirishi kerakki, asl adabiyotga putur etmagan holatda tarjima
qilinayotgan millat ruhiga moslashtirilishi kerak. Tarjimonnning har ikki tilda ham so‘z boyligi ko‘p va
ravon bo‘lishi, badiiy vositalarni o‘rni-o‘rnida ishlata olishi zarur.
Jahon adabiyoti namunalarini o‘zbek adabiyotiga tarjima orqali olib kirgan inson aslida o‘zi
ham yozuvchi yoki shoirdir. Ular orasida Cho‘lpon, Abdulla Qodiriy, Maqsud Shayxzoda, Hamid
Olimjon kabilarni sanab o‘tishimiz mumkin. Bu sohaning egasi bo‘lmagan odamlar tarjima qilgan
asarlar ko‘p hollarda muvaffaqiyat qozonmagan.
Umuminsoniy maqsadlarni aks ettirgan asarlar faqatgina o‘z xalqining mulki bo‘lib qolmay
balki boshqa millat vakillarining ham ma’naviy boyligiga o‘z hissasini qo‘shadi. Barcha millat
vakillari qaysi sohada bo‘lmasin, xususan adabiyot va madaniyat sohasida bir-biri bilan uzviy
bog‘langan, bir-biridan ilhom oladi, bir-birini boyitadi, bir-birini rivojlantiradi. Ayniqsa, adabiyot va
san’at sohasida bir-biriga yangidan yangi yo‘nalishlar, oqimlar, janrlarni olib kiradi, yangi so‘zlar,
yangi qarashlar paydo bo‘ladi.



Download 189.65 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling