Научный вестник. ФерГУ
Download 193.03 Kb. Pdf ko'rish
|
14 Raximova Kizlarxon Ne\'matjon qizi 3
- Bu sahifa navigatsiya:
- F.A.Yuldashev
- Ijtimoiy gumanitar fanlar IQTISODIYOT 634 2022 UDK:330.111 YASHIL MAKONDA KICHIK YASHIL BIZNESNI TAKOMILLASHTIRISH YO‘LLARI
- Kalit so‘zlar
M.Akhmedova, I.Nurmatova
Jamiyat ma'naviy muhitini barqarorlashtirish texnologiyalari........................................................ 703 Sh.T.Abbosova Jamiyat barqarorligida milliy g‘oyaning o‘rni ................................................................................ 707 F.A.Yuldashev Yoshlar kamoloti va xalqlar hamjihatligini taʼminlashda bag‘rikenglik muhim omil sifatida ..................................................................................................................... 709 Ijtimoiy gumanitar fanlar IQTISODIYOT 634 2022 UDK:330.111 YASHIL MAKONDA KICHIK YASHIL BIZNESNI TAKOMILLASHTIRISH YO‘LLARI СПОСОБЫ УЛУЧШЕНИЯ МАЛОГО ЗЕЛЕНОГО БИЗНЕСА В ЗЕЛЕНОЙ ПРОСТРАНСТВЕ WAYS TO IMPROVE A SMALL GREEN BUSINESS IN A GREEN SPACE Raximova Kizlarxon Ne’matjon qizi 1 1 Raximova Kizlarxon Ne’matjon qizi – Farg‘ona davlat universiteti o‘qituvchisi Annotatsiya Bu maqolada mazmuni yer, suv va quyosh yorug‘ligidan foydalanib, havo sofligiga hissa qo‘shgan holda aholi uchun ko‘plab, serdaromad ish joylari tashkil qilish, kambag‘allikni butunlay yo‘qotish yechimlaridan birini ko‘rsatib, isbotlab berish, shu yechimni amalga oshirishning amaliy mexanizmlarini isbotlab berishdan iborat. Ko‘plab iqtiboslar, boshqa yetakchi olimlarning fikrlari keltirilmaydi. Sababi, bu hech kimning nazariga kirmagan yechim bilan deyarli hech kim shug‘ullanmagan. Bu yechimning qisqacha mazmuni noekin yerlar, istirohat hududlari, mahallalarning ko‘chalari, ko‘p qavatli uylarning atrofi, korxona, tashkilot, muassasalarning hovlilaridan samara bilan foydalanishdan iborat. Kalit so‘zlar: Yashil makon, tut daraxti, kichik biznes, yashil iqtisodiyot, ishsizlik. Tut ko‘chatlari ekish mumkin bo‘lgan joylarni mahalla fuqarolar yig‘ining ma’sul xodimlari ko‘rsatib (bo‘lib) bersalar ishlar bir boshli bo‘ladi. Xususiy tutqatorlar shahar, qishloqlar hududidagi mahallalarda tashkil qilinishining qulay tomoni yana shundaki, tutdan olinadigan hom-ashyolarni o‘sha mahalla aholisi yordamida chuqur qayta ishlash imkoniyatlari yuqori bo‘ladi. Mahallalardagi va ko‘p qavatli uylardagi ishsiz ayollar kasanachilik asosida, o‘z xonadonlarida ipak gilam, atlas, adras kabi matolarni to‘qib, boshqalari tikib, yana boshqasi ichki va tashqi bozorlarda sotib borishlari mumkin bo‘ladi. To‘quvchi, tikuvchi va boshqa hom-ashyolarni qayta ishlovchilarni qisqa kurslarda, amaliy ish ustida o‘qitish mumkin. Mulk xususiy bo‘lgach chuqur ixtisoslashish oson bo‘ladi. Masalan, 200-600 tup tutlari bor xususiy, oilaviy tadbirkor har yili yeti martagacha ipak qurti boqib, pilla yetishtirishga ixtisoslashadi. Qolgan ishlarni boshqa xususiy biznes egalari o‘z kichik sexlarida amalga oshirishga ixtisoslashadi. Chunki, pilladan tashqari tut novdalari, qovzoq va boshqa hom-ashyolarni ham chuqur qayta ishlash kerak bo‘ladi. Tashqi xizmatlar-ipak qurti urug‘ini yetkazib berish, tutlarning kasalliklariga qarshi kurash, elektr ta’minoti, sug‘urta, bank xizmatlari ham juda muhim. Sanab o‘tilgan tashqi xizmatlardan tashqari yana bitta muhim xizmatga katta e’tibor berish kerak bo‘lado. Bu axborotlar va raklama bilan ishlaydigan jurnalistlar xizmatidir. Biz eng asosiy, natijani belgilab beruvchi xizmatlarni ko‘pincha yoddan chiqarib qo‘yamiz. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling