Научный вестник. ФерГУ


Adabiyotlar tahlili va metodogiyasi


Download 242.59 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/7
Sana17.03.2023
Hajmi242.59 Kb.
#1279378
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Maxsudov Sherzod Solijonovich 2

Adabiyotlar tahlili va metodogiyasi.
EIZlarning mazmuni va mohiyati, ularni tashkil etish, bu borada xorijiy tajribalar asosida
ilmiy tadqiqotlar olib borishda bir qator olimlar faol ishtirok etishgan.
Jumladan, iqtisodchi olimlardan T.Farole va F.Dobrogonov mazkur hududlarning amaliy
jihatini ta’kidlab, “Mazkur tuzilmalar rivojlanayotgan davlatlar uchun qo‘shimcha iste’mol bozorlarini
egallash imkoniyatini yaratib beradi hamda davlatlarning eksport salohiyatini yuksaltiradi. Ayni bir
vaqtda ushbu iqtisodiy tuzilmalar mintaqaviy iqtisodiy integratsiya jarayonlarini kuchaytirish vositasi
sifatida ham xizmat qiladi, deya ta’kidlaydi.
1
77
Муаллиф томонидан ишлаб чиқилган.


Ijtimoiy-gumanitar fanlar
IQTISODIYOT
571
2022
Janubiy Koreyalik olim Kimning izlanishlariga ko‘ra, “Erkin iqtisodiy zonalar- bu xorijiy
davlatlar, korxona va firmalar uchun maxsus tashkil etilgan hududlar bo‘lib, bu yerda ularning
korxonalari va ishchi xodimlari hukumat tomonidan berilgan imtiyozlar tufayli o‘z navbatida mavjud
qonun-qoidalarga bo‘ysungan holda daromad olish mumkin bo‘lgan zonalardir. Davlat erkin
iqtisodiy zonalarni yaratishdan maqsad bunday zonalarda boshqa yerlarga qaraganda ko‘proq
iqtisodiy shaffof muhit mavjudligi va bu orqali investsiya oqimini va raqobatbardosh sanoat hamda
savdo-sotiq xususiyatlarini shakllantirishni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘yadi”.
1
Ba’zi tadqiqotchilar, zamonaviy integratsion jarayonlarni hisobga olgan holda, EIZlarga
alohida ta’rif bermaydi. Xususan, V.I.Baronov va G.M.Kostyuninalarning tadqiqot ishlarida
ko‘ramiz. Ularning ishlarida EIZlar joylashgan aniq mintaqa yoki davlatdagi EIZlarning huquqiy
maqomi, ulardagi iqtisodiy holat tahlil etiladi.
1
Mamlakatimizning yetuk iqtisodchi olimlari tomonidan EIZlardagi imtiyozli tartib va ma’muriy
boshqaruv sohasiga ko‘proq e’tibor qaratilgan holda turlicha yondashiladi. Shu sababli,
A.V.Vaxabov, Sh.X.Xajibakiev, N.G.Muminovlarning fikricha, Erkin iktisodiy zonalar – shunday
geografik hududki, unda mamlakatda qabul qilingan xo‘jalik faoliyati tartibiga qaraganda imtiyozli
soliq to‘lash tartibi joriy etiladi. Boshqacha so‘z bilan aytganda, ushbu hududda davlatning iqtisodiy
jarayonlarga aralashuvi kamaytiriladi va bu milliy iqtisodiy makonning bir qismi bo‘lib,
mamlakatning boshqa hududlarida qo‘llanilmaydigan ma’lum imtiyozlar tizimi joriy etiladi.
1

Download 242.59 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling