Научный вестник. ФерГУ
Adabiyotlar tahlili va metodogiyasi
Download 242.59 Kb. Pdf ko'rish
|
Maxsudov Sherzod Solijonovich 2
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ijtimoiy-gumanitar fanlar
Adabiyotlar tahlili va metodogiyasi.
EIZlarning mazmuni va mohiyati, ularni tashkil etish, bu borada xorijiy tajribalar asosida ilmiy tadqiqotlar olib borishda bir qator olimlar faol ishtirok etishgan. Jumladan, iqtisodchi olimlardan T.Farole va F.Dobrogonov mazkur hududlarning amaliy jihatini ta’kidlab, “Mazkur tuzilmalar rivojlanayotgan davlatlar uchun qo‘shimcha iste’mol bozorlarini egallash imkoniyatini yaratib beradi hamda davlatlarning eksport salohiyatini yuksaltiradi. Ayni bir vaqtda ushbu iqtisodiy tuzilmalar mintaqaviy iqtisodiy integratsiya jarayonlarini kuchaytirish vositasi sifatida ham xizmat qiladi, deya ta’kidlaydi. 1 77 Муаллиф томонидан ишлаб чиқилган. Ijtimoiy-gumanitar fanlar IQTISODIYOT 571 2022 Janubiy Koreyalik olim Kimning izlanishlariga ko‘ra, “Erkin iqtisodiy zonalar- bu xorijiy davlatlar, korxona va firmalar uchun maxsus tashkil etilgan hududlar bo‘lib, bu yerda ularning korxonalari va ishchi xodimlari hukumat tomonidan berilgan imtiyozlar tufayli o‘z navbatida mavjud qonun-qoidalarga bo‘ysungan holda daromad olish mumkin bo‘lgan zonalardir. Davlat erkin iqtisodiy zonalarni yaratishdan maqsad bunday zonalarda boshqa yerlarga qaraganda ko‘proq iqtisodiy shaffof muhit mavjudligi va bu orqali investsiya oqimini va raqobatbardosh sanoat hamda savdo-sotiq xususiyatlarini shakllantirishni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘yadi”. 1 Ba’zi tadqiqotchilar, zamonaviy integratsion jarayonlarni hisobga olgan holda, EIZlarga alohida ta’rif bermaydi. Xususan, V.I.Baronov va G.M.Kostyuninalarning tadqiqot ishlarida ko‘ramiz. Ularning ishlarida EIZlar joylashgan aniq mintaqa yoki davlatdagi EIZlarning huquqiy maqomi, ulardagi iqtisodiy holat tahlil etiladi. 1 Mamlakatimizning yetuk iqtisodchi olimlari tomonidan EIZlardagi imtiyozli tartib va ma’muriy boshqaruv sohasiga ko‘proq e’tibor qaratilgan holda turlicha yondashiladi. Shu sababli, A.V.Vaxabov, Sh.X.Xajibakiev, N.G.Muminovlarning fikricha, Erkin iktisodiy zonalar – shunday geografik hududki, unda mamlakatda qabul qilingan xo‘jalik faoliyati tartibiga qaraganda imtiyozli soliq to‘lash tartibi joriy etiladi. Boshqacha so‘z bilan aytganda, ushbu hududda davlatning iqtisodiy jarayonlarga aralashuvi kamaytiriladi va bu milliy iqtisodiy makonning bir qismi bo‘lib, mamlakatning boshqa hududlarida qo‘llanilmaydigan ma’lum imtiyozlar tizimi joriy etiladi. 1 Download 242.59 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling