Научный вестник. ФерГУ
Download 242.59 Kb. Pdf ko'rish
|
Maxsudov Sherzod Solijonovich 2
- Bu sahifa navigatsiya:
- Q.N.Raximova
- Ijtimoiy gumanitar fanlar IQTISODIYOT 570 2022 UDK 339.74,330.143(321.02) ERKIN IQTISODIY ZONALARNI TASHKIL ETISH VA RIVOJLANTIRISH
- ECONOMIC ZONES Maxsudov Sherzod Solijonovich 1 , Mirzayev Ravshanjon Burxonovich 2 1 Maxsudov Sherzod Solijonovich
- Kalit so‘zlar
O.K.Umarov.
Rekreatsion agrosanoat biznesi. ................................................................................................ 606 O.B.Tursunov Modernizatsiyalashgan transport xizmatlarining boshqaruv samaradorligini oshirish mexanizmini takomillashtirish...................................................................................................... 609 Q.N.Raximova Ko‘p qavatli uylarda va mahallalarda yashab turgan aholi va nogironlarni xususiy bizneslarga jalb qilish imkoniyatlari. ........................................................................................... 614 Ijtimoiy gumanitar fanlar IQTISODIYOT 570 2022 UDK 339.74,330.143(321.02) ERKIN IQTISODIY ZONALARNI TASHKIL ETISH VA RIVOJLANTIRISH XUSUSIYATLARI ХАРАКТЕРИСТИКА ОРГАНИЗАЦИИ И РАЗВИТИЯ СВОБОДНЫХ ЭКОНОМИЧЕСКИХ ЗОН CHARACTERISTICS OF THE ORGANIZATION AND DEVELOPMENT OF FREE ECONOMIC ZONES Maxsudov Sherzod Solijonovich 1 , Mirzayev Ravshanjon Burxonovich 2 1 Maxsudov Sherzod Solijonovich – Farg‘ona davlat universiteti o‘qituvchisi 2 Mirzayev Ravshanjon Burxonovich – Farg‘ona davlat universiteti o‘qituvchisi Annotatsiya Mazkur maqolada erkin iqtisodiy zona (EIZ)larni tashkil etish va rivojlantirish, EIZ tashkil etishda iqtisodiy islohotlarn yanada chuqurlashtirish, mamlakatda erkin iqtisodiy zonalarni tashkil etishda ishchi kuchining to‘liq bandligini ta’minlash kabi maqsadlarga erishish, mahsulot eksport qilinadigan tarmoqlarni iqtisodiy zonalarda tashkil etishning nazariy jihatlari yoritilib berilgan. Kalit so‘zlar: erkin iqtisodiy zonalar, investitsiyalar, infratuzilmalar, tashqi iqtisodiy aloqalar, mintaqaviy siyosat, depressiya, eksport salohiyat, modernizatsiya qilish, xalqaro iqtisodiy zonalar. Kirish Hozirgi kunda jahon iqtisodiyotining rivojlanishi darajasini tezlashuvi mamlakatlarni iqtisodiyotni rivojlantirishda yangi isloxatlar amalga oshrishni taqozo qilmoqda. Chunki rivojlanish darajasi tezlashgan sari mamlakatlar bu tezlashuvchanlikka moslashib olishlari, ularni asosiy vazifalarida biri bo‘lib qolmoqda. 20 asrning ikkinchi yarimiga kelib, erkin iqtisodiy zonalarni tashkil etilishi xalqaro iqtisodiyotda muxim o‘rin tutdi. Erkin iqtisodiy zonalarni tashkil etilishi jaxon iqtisodiyotida savdo aylanmasini, investitsiya, iqtisodiy jarayonlarning integratsiyasini rivojlanishiga olib keldi. 1973 yilda Kioto konvensiyasi qabul qilinishi ko‘pgina mamlakatlarda Erkin iqtisodiy zonalarni rivojlanishiga sabab bo‘ldi. Xar bir mamlakat ma’lum bir ijtimoiy darajaga ega iqtisodiy va strategik milliy iqtisodiy rejalarni amalga oshirish maqsadida Erkin iqtisodiy zonalarni tashkil etadi. EIZ muassislar tomonidan amalga oshirish imkoniyati sifatida qaraladi. EIZ xorijiy kapitalni jalb etish, iqtisodiy diversifikatsiya qilish, mamlakat sanoatini innovatsion rivojlantirish yo‘liga o‘tkazish, ustuvor tarmoqlarni qo‘llab-quvvatlash va umuman iqtisodiyotni modernizatsiya qilish vositalaridan biridir. Dunyoda iqtisodiy rivojlanish multiplikatori hisoblangan shakli, maqsadi, tashqi iqtisodiy ochiqlik darajasi va EIZ xududlari xajmi bilan farqlanadi. AQSh, Buyuk Britaniya, Fransiya kabi sanoati rivjlangan mamlakatlar EIZlarni ko‘pincha tashqi iqtisodiy aloqalar, mintaqaviy siyosatni amalga oshirish, depressiya sharoitida kichik va o‘rta biznesni faollashtirishga qaratilgan hududlar va mintaqalararo farqlashni moslashtirish uchun tashkil etadi. Rivojlanayotgan mamlakatlar EIZlar jalb qilish uchun yaratilgan xorijiy kapital, texnologiya, sanoatni yangilash, ishchi kuchini ish bilan ta’minlash maqsadida barpo etadi. Download 242.59 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling