Научный вестник scientific journal 2017-yil, 2-son (102/1) gumanitar fanlar seriyasi tarix, Falsafa, Sotsiologiya, Iqtisodiyot
Download 5.05 Kb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- ILMIY AXBOROTNOMA IQTISODIYOT 2017-yil, 2-son
- UDK: 331.5.024.5 INNOVATSION RIVOJLANISH SHAROITIDA AHOLINING ISH BILAN BANDLIGI DARAJASINI OSHIRISHNING ASOSIY Y OʻNALISHLARI Qaxorov
- Kalit s oʻzlar
- The main directions of increasing employment rate in conditions of innovative development Abstract.
- Keywords
- 1-rasm. Ish bilan bandlikni shakllanishing omillari
- 1-jadval Samarqand viloyatida bandlikka k oʻmaklashuvchi markazlar orqali ishga joylashgan fuqarolar haqida ma’lumot, kishi hisobida
- Jami 48 708 40063 37691 94,1
- ILMIY AXBOROTNOMA IQTISODIYOT
ILMIY AXBOROTNOMA IQTISODIYOT 2017-yil, 2-son rivojlantirish mamlakat iqtisodiyotini yuksaltiribgina qolmasdan, oila farovonligini ta’minlashda ham muhim ahamiyat kasb etadi. Oila daromadlarining mazmuni va uning tarkibi bozor munosabatlari sharoitida tubdan oʻzgardi. Shu tufayli, har bir oila endilikda tadbirkorlik faoliyati bilan shu gʻullanishini hayotning oʻzi taqozo etadi. Bugungi kunda respublikamiz iqtisodiyotida kichik biznes korxonalari hissasini oshirishga k oʻplab shart sharoitlar yaratilmoqda. Bizning fikrimizcha, ushbu sohadagi eng muhim vazifalar quyidagilardan iborat: 1. Davlat tuzilmalarining xususiy tadbirkorlik faoliyatiga aralashuvini yanada k oʻproq cheklash. 2. X oʻjalik subektlariga nisbatan qoʻllaniladigan jazo choralari tizimini toʻliq qayta koʻrib chiqish. Qastdan sodir etilmagan va katta b oʻlmagan qoidabuzarliklar uchun jazo choralarini kamaytirish va tadbirkorlar yetkazilgan zararni ixtiyoriy ravishda t oʻliq qoplagan hollarda jazoni q oʻllashdan voz kechish kerak. 3. Xususiy tadbirkorlarga zarur resurslarni sotib olish va oʻz mahsulotini sotish uchun bozorlarga chiqish imkoniyatlarini kengaytirish b oʻyicha boshlangan ishlarni davom ettirish, birja va auksion savdolari orqali sotilayotgan tovarlar turi va hajmini kengaytirishga qaratilgan qat’iy chora- tadbirlar k oʻrish, markazlashtirilgan taqsimot tizimiga qaytishga boʻlgan har qanday oʻrinishlarga barham berish ayniqsa muhim ahamiyatga ega. 4. Xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish, shubhasiz, bu sohaga moliyaviy k oʻmak, qoʻshimcha soliq imtiyozlari va preferensiyalar berishni taqozo etadi. Bu yordamni zamonaviy rivojlangan bank tizimi orqali, ishlab chiqarish korxonalariga foiz stavkalari uncha yuqori b oʻlmagan kreditlar ajratish y oʻli bilan amalga oshirish mumkin[1]. Mamlakatimizda iqtisodiyotni erkinlashtirish jarayonida oilaviy tadbirkorlik davlat tomonidan q oʻllab – quvvatlanib kelinmoqda. Shu maqsadda vazirlik va idoralarga kichik biznes uchun q oʻshimcha kafolat va imtiyozlar berish boʻyicha hukumat qarorlari loyihasini tayyorlash vazifasi topshiriladi. Bunda quyidagi masalalar k oʻzda tutilishi zarurligi ta’kidlandi: 1. Soliqqa tortish tizimida q oʻshimcha imtiyozlar va proferensiyalar berish, soliq qonunchiligining barqarorligini ta’minlash, soliqlarni hisoblash va t oʻlashning oshkora, soddalashtirilgan usullarini ishlab chiqish. 2. Faoliyatning ayrim turlari bilan shu gʻullanish uchun ruxsat berish tartiblarini qisqartirish va soddalashtirish, kichik biznesni tashkil etish uchun ariza berish asosida r oʻyxatga olish tizimini bosqichma-bosqich joriy etish. 3. Yirik korxonalarning buyurtmalari asosida mayda butlovchi qismlarni ishlab chiqarish bilan shu gʻullanadigan yangi korxonalar tashkil etish, xonadonlarda mayda xususiy sexlar ochishni ra gʻbatlantirish. 4. Kichik korxonalarda ishlaydigan, ayniqsa, qishloq joylarda kasanachilik bilan shu gʻullanadigan fuqarolar uchun moddiy-texnik ta’minot boʻyicha xizmat koʻrsatadigan va ular tomonidan tayyorlangan mahsulotlarni sotishga k oʻmaklashadigan tuzilmalar yaratish. Xizmat sohasida tadbirkorlikning rivojlanishi uchun yana bir muhim tadbirlardan biri, ularga soliq imtiyozlarining berilishi b oʻldi. Buning ifodasi 2006 - yil 1 - apreldan boshlab xizmatlar k oʻrsatayotgan yuridik shaxslar uch yil muddatga daromad (foyda) soligʻi va yagona soliq toʻlovi t oʻlashdan ozod etildi . Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni q oʻllab–quvvatlashda bozor infratuzilmasi va tadbirkorlik subyektlarini ishonchli huquqiy himoyalash tizimini yaratish, xususan tadbirkorlarni birlashtirib, ular manfaatini himoya qiluvchi jamoat va nodavlat tashkilotlari katta ahamiyatga ega[2]. Bu sohada dastlabki mustaqillik yillarida, respublikamizda ilk bor jamoat birlashmalari va nodavlat tashkilotlari davlatning faol q oʻllab-quvvatlashi bilan tuzilgan edi. Ulardan biri sifatida, oʻz- oʻzini boshqarish prinsipiga asosan oʻz faoliyatini amalga oshiradigan tovar ishlab chiqaruvchilar va tadbirkorlar palatasidir. Palatani tuzishdan k oʻzlangan maqsad tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash va uning manfaatlarini himoya qilishga qaratilgan b oʻlishi kerak edi. Ammo tashkilot oʻz-oʻzini boshqarish prinsiplariga tayangan holda faoliyat yuritishi kerakligiga qaramasdan, oʻz faoliyatida ma’muriy yondashuvlardan butunlay xoli b oʻla olmadi. Natijada, 2004 - yilning iyul oyida Tovar ishlab chiqaruvchilar va tadbirkorlar palatasi qayta tashkil etildi. Palata oʻz faoliyatida boshqaruvning ma’muriy usullaridan voz kechishi hamda, nodavlat tashkiloti maqsad va vazifalariga mos keladigan konkret tadbirlar bilan shu gʻullanishi belgilandi. Tovar ishlab chiqaruvchilar va tadbirkorlar palatasi negizida mahalliy tadbirkorlarni k oʻngilli asosda birlashtiruvchi va ularning huquq va manfaatlarini 140 ILMIY AXBOROTNOMA IQTISODIYOT 2017-yil, 2-son himoya qila oladigan Savdo-sanoat palatasi tuzildi. Bozor infratuzilmasini yaratish, tadbirkorlarni oʻqitish, imtiyozlar berish, tadbirkorlik subyektlarini r oʻyxatga olishning huquqiy asosini takomillashtirish va ularning faoliyatiga aralashishni cheklash kabilar davlat tomonidan xususiy tadbirkorlikni ra gʻbatlantirish boʻyicha koʻrilayotgan choralarning faqat bir qismidir. Bu imkoniyatlar esa har bir oilaga tadbirkorlikni joriy qilishga keng sharoitlar yaratilishidan dalolatdir. Shu bilan birga aytib oʻtish kerakki, tadbirkorlik faoliyatini tartibga solish hamda ra gʻbatlantirish sohasida hali koʻp ishlarni amalga oshirish zarur. Tadbirkorlikni yuritishda teng b oʻlgan imkoniyatlar, toʻsiqlar haligacha saqlanib turibdi. Bu muammolarning hal etilishi davlatning tartibga solish b oʻyicha funksiyalarini sezilarli darajada qisqartirishni koʻzda tutadi[3]. Tadbirkorlikni faqatgina savdo va sanoat firmalari faoliyati bilan bo gʻlash mumkin emas, balki fermer x oʻjaliklari, tomorqa va dehqon xoʻjaliklari faoliyatlarini ham hisobga olish kerak. Shu tufayli biz shahar va qishloqda tadbirkorlikni yuritishning oʻziga xos jihatlarini va samarali usullarini koʻrib chiqishimiz lozim. Qishloq x oʻjaligida tadbirkorlik faoliyatini yuritishning samarali shakllari asosan, dehqon, fermer x oʻjaliklari va oila pudrati hisoblanadi. Ushbu oilaviy xoʻjaliklarning qiyosiy tahliliga k oʻra oilaviy dehqon xoʻjaliklarning qishloq xoʻjaligi yalpi ichki mahsulotidagi ulushi ancha yuqori ekanligi asoslangan. Oʻzbekiston Respublikasida 2020 - yilga qadar boʻlgan davrda xizmat koʻrsatish va servis sohasini, birinchi navbatda, qishloq joylarda rivojlantirish muhim masala hisoblanadi. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish orqali qishloq x oʻjaligida oʻtkazilayotgan islohotlarning quyidagi vazifalari hal etiladi: • qishloqda oila mulkiga va yollanma mehnatga asoslangan oilaviy tadbirkorlik shakllanadi va rivoj topadi; • aholida tadbirkorlik faoliyatidan moddiy manfaatdorlik paydo b oʻladi va bu orqali oila mulkidan samarali foydalanishga erishiladi; • kichik biznes va xususiy tadbirkorlik yuritish shakllari ichida chinakam raqobat vujudga keladi va natijada qishloq x oʻjalik mahsulotlarini ishlab chiqarish samaradorligi oshadi va eng muhimi x oʻjalikning iqtisodiy –moliyaviy koʻrsatkichlarini yaxshilashga oʻzaro intilish kuchayib boradi; • kichik biznes va xususiy tadbirkorlik faoliyatidan olingan daromadlarni yanada k oʻpaytirish maqsadida ishlab chiqarishni kengaytirishga tadbirkorlarning qiziqishi paydo boʻladi. Bunday chora-tadbirlar tadbirkorlikning rivojiga yordam beradi, daromadlarni oshirish va oilalar turmush darajasini tezroq yaxshilanishiga olib keladi. Shu tufayli, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikfaoliyatini rivojlantirish bugungi kunda mamlakatimiz uchun oʻta muhim tadbir ekanlini idrok qilishimiz va unga tegishli e’tibor qaratishimiz lozim. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni q oʻllab-quvvatlash tizimlarini tahlil qilish quyidagi vazifalarni aniqlash imkonini beradi: infratuzilma rivojlanmagan olis va to gʻli tumanlarda ayollarga oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish uchun mikrokreditlar ajratish b oʻyicha resurs imkoniyatlarni aniqlash; ayollarga yirik sanoat korxonalari tomonidan uyda bajariladigan ishlar va xizmatlarga buyurtma berish hisobiga uy mehnati ishchi oʻrinlarini yaratish parametrlarini aniqlash. Jahon tajribasining k oʻrsatishicha, barqaror iqtisodiy oʻsishga ega boʻlgan koʻplab davlatlarda xizmat k oʻrsatish sohasida ishlovchilarning ulushi 50 foizdan kam emas va bu ijtimoiy va bozor infratuzilmasi tarmoqlarini ra gʻbatlantirish va quvvatlash, intensiv omillar va mehnat unumdorligining oʻsishi hisobiga moddiy ishlab chiqarish tarmoqlarini rivojlantirish orqali ta’minlanadi. Bizningcha, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik faoliyatining oilalar ijtimoiy-iqtisodiy farovonligini ta’minlashdagi beqiyos ulushini hisobga olib ular faoliyatlarini yanada rivojlantirish uchun quyidagilarni amalga oshirish maqsadga muvofiq: olis tumanlarda, borish qiyin va ish topishga talab haddan ortiq k oʻp boʻlgan qishloq punktlari aholisiga har qanday xizmat k oʻrsatayotgan tadbirkorlarga 3 – 5 yilgacha soliqlarning bir qismi yoki barchasidan ozod qilish. Bu oilalarning oʻz mablagʻlari bilan ishlab chiqarish yoki boshqa faoliyat turlarini kengaytirish imkonini beradi. Soliqdan imtiyozlar berish hozirgi davrda juda muhimdir. Chunki, k oʻpchilik oilalar tadbirkorlikka bozor qonuniyatlariga koʻnikma hosil qilmaganlar. Bu holat, albatta tadbirkorlik faoliyatiga salbiy ta’sir k oʻrsatadi. Shu tufayli, oilaviy tadbirkorlik bilan shu gʻullanuvchi oilalarga soliq stavkasini pasaytirish hamda, byudjetdan tashqari jam gʻarmalarga toʻlanadigan majburiy ajratmalarni kamaytirish lozim; 141 ILMIY AXBOROTNOMA IQTISODIYOT 2017-yil, 2-son kichik biznes va xususiy tadbirkorlik guruhlarini t oʻgʻridan toʻgʻri moliyalashtirish va engil shartlar bilan kreditlar berish. Ish bilan bandlikni ta’minlash maqsadida yirik sanoat korxonalari oʻrtasidagi ishlab chiqarish va xizmatlar (kasanachilik) b oʻyicha hamkorlikka yanada keng sharoitlar yaratish; kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlariga axborot maslahatlarini berishda k oʻmaklashish; kichik biznes va xususiy tadbirkorlik faoliyati uchun kadrlar tayyorlash va ularning malakasini oshirish; Yuqorida qayd etilgan tadbirlarni amalga oshirish respublikada oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish va davlat tomonidan q oʻllab–quvvatlash mexanizmini yanada takomillashtirish imkonini beradi. Bu borada xorijiy il gʻor tajribaga respublikaning oʻziga xos milliy xususiyatlari hisobga olinib yondashilsa maqsadga muvofiqdir. Adabiyotlar 1. Abdurahmonov Q.X. va boshqalar. Inson taraqqiyoti. Darslik. – T.: “Fan va texnologiyalar”, 2013, – 474b. 2. Abdurahmonov Q.X. va boshqalar. Ijtimoiy soha iqtisodiyoti. Darslik. –T.: “Iqtisodiyot”, 2013, – 378 b. 3. Abdurahmonov Q.X., Mehnat iqtisodiyoti. -T.: “Mehnat” – 2009, -511. UDK: 331.5.024.5 INNOVATSION RIVOJLANISH SHAROITIDA AHOLINING ISH BILAN BANDLIGI DARAJASINI OSHIRISHNING ASOSIY Y OʻNALISHLARI Qaxorov Gʻ., Tursunov O. Samarqand davlat universiteti E-mail: gulom.qaxorov86@mail.ru Annotatsiya. Mamlakatimizda aholining ish bilan bandligini ta’minlash mehnat bozorida ishsizlikni kamaytirish hamda aholining real daromadlarini oshirish imkonini beradi. Bu esa oʻz navbatida kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni hamda aholining oʻz-oʻzini ish bilan ta’minlashni ra gʻbatlantirish, ishsizlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish, ish bilan bandlikning noan’anaviy shakllarini q oʻllashni talab etadi. Kalit s oʻzlar: ish bilan bandlik, mehnat bozori, aholi dromadlari, ishsizlik, kichik biznes, yangi ish oʻrinlari, iqtisodiy faol aholi. Основные направления повышения уровня занятости населения в условиях инновационного развития Аннотация. Обеспечение занятости населения приводит к снижению уровня безработицы и повышению уровня реальных доходов населения. Это в свою очередь требует стимулирования развития малого бизнеса и частного предпринимательства, развития самозанятости, применения на практике нестандартных форм занятости, переподготовки безработных и повышения квалификации. В данной статье исследованы данные вопросы и разработаны рекомендации по повышению уровня занятости населения. Ключевые слова: занятость, рынок труда, доходы населения, безработица, малый бизнес, новые рабочие места, экономически активное население. The main directions of increasing employment rate in conditions of innovative development Abstract. Employment of population leads to decrease of unemployment rate and raise of real incomes of population. This requires the stimulation of development of small business and private entrepreneurship, development of self-employment, application of non-standard forms employment, training and retraining of the unemployed. This article examines these issues and we developed recommendations on increasing the level of employment. Keywords: employment, labor market, household income, unemployment, small business, new jobs, the economically active population. 142 ILMIY AXBOROTNOMA IQTISODIYOT 2017-yil, 2-son Bugungi innovatsion rivojlanish sharoitida mamlakatimizning k oʻp millionli mehnat resurslarning oqilona ish bilan bandligini ta’minlash zaruriyati tu gʻilmoqda. Shu sababli aholing ish bilan bandligini ta’minlash va uni oshirish y oʻllari dolzarb muammolardan biri hisoblanadi. Oʻzbekiston Respublikasida olib borilayotgan barcha ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarning bosh va eng muhim maqsadi bu – aholining farovonligini oshirish va tumush darajasini yaxshilashni tashkil etadi. Aholi farovonligini ta’minlashda davlatning passiv va aktiv siyosatlari mavjud b oʻlib, passiv siyosatlari bu aholiga ijtimoiy-ma’naviy k oʻmaklarni keltirib oʻtish mumkin. Aktiv siyosati esa davlat tomonidan aholini ish bilan band qilish va shu orqali aholining farovonligi va turmush darajasini yaxshilashdir. Aholining ish bilan bandlik konsepsiyasi jamiyat ijtimoiy iqtisodiy rivojlanishning muayyan bosqichidagi ish bilan ta’minlanishning xususiyatini ochib beradigan qarashlar, tasavvurlar tizimidir. Bunday nazariy tushunchalar markaziga uni rivojlantirishning ijtimoiy bozor tipidagi davlat uchun xos b oʻlgan obyektiv jarayonlarini hisobga oluvchi ish bilan ta’minlanishning shakllanishi qoʻyiladi. Bu oʻz navbatida muayyan davr mobaynidagi qoʻyilgan maqsadlarga erishishning real imkoniyatlari bilan cheklanmaydi. Respublikamiz iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishning bozor modellariga t oʻliq oʻtishi aholi ish bilan bandligining istiqbolini belgilash sohasida bir qator murakkab va k oʻp aspektli vazifalarni q oʻyadi. Istiqbollash mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotini belgilash va uning aniq parametrlarini ishlab chiqish maqsadida amalga oshiriladi. Istiqbol k oʻrsatkichlari yordamida mamlakatni yaqin kelgusida rivojlantirish dasturlari, konsepsiyalari va amalga oshiriladigan chora-tadbirlarning aniq y oʻnalishlari belgilanadi. Shu bois belgilanadigan istiqbol koʻrsatkichlari aniqlilik, hisob-kitobga egalik, asoslanganlik, tekshirilganlik va k oʻp omillik kabi xususiyatlarga ega boʻlishi lozim. Mamlakat mehnat bozorining istiqbol k oʻrsatkichlari bevosita demografik omillarga bogʻliqdir. Chunki aynan demografik jarayonlargina kelgusida mehnat salohiyatining miqdor va sifat jihatdan shakllanishi, taqsimlanishi, ishchi kuchiga aylanishi va taklif sifatida mehnat bozorida paydo b oʻlishini ta’minlaydi. Ish bilan bandlik masalalarini k oʻrib chiqayotganda mehnat va ish bilan bandlik oʻrtasidagi aniq farqni ajrata bilish kerak. Mehnat - insonning oʻziga xos xususiyatlariga ega boʻlgan faoliyati boʻlib, harakatlarni anglatganligi, kuch-quvvat sarflanishi, natijadorlik, ijtimoiy foydalilik va hokazolar shular jumlasiga kiradi. Mehnat vaqt xususiyatiga ega, u b oʻlinadi va dam olish bilan almashinib turadi. Mehnat - ishchi kuchini ishlab chiqishda ishlatish jarayonidir. Ish bilan bandlik insonning mehnat qilish munosabati bilan va mehnat sohasidagi yehtiyojlarni qondirish bilan bo gʻliq holda kechadigan ijtimoiy rivojlanishning muhim tomonlaridan biridir. Mehnatdan farqli oʻlaroq, ish bilan bandlikni odamlarning aniq ish joyidagi amaliy faoliyatiga tenglashtirib b oʻlmaydi. Ish bilan bandlik mehnatga layoqatli odamlarning ish bilan qanday ta’minlanganligini k oʻrsatadi. Boshqacha qilib aytganda, odamni ish bilan band hisoblash uchun u biron-bir jamoaning a’zosi b oʻlishi yoki oʻz ishini yaratishi kerak (1-rasm). 1-rasm. Ish bilan bandlikni shakllanishing omillari Ishlab chiqarish sohasida sodir bo`layotgan o`zgarishalar Qayta qurish k еltirib chiqargan iqtisodiyotdagi global tuzilmaviy o`zgarishlar Ijtimoiy- dеmografik omillar Ist е'mol savatining qimmatlashuvi oqibatida namoyon bo`ladigan omillar Ish bilan bandlikni shakllanishi omillari 143 ILMIY AXBOROTNOMA IQTISODIYOT 2017-yil, 2-son Mehnat bozoridagi ana shu y oʻnalishini amalga oshirishdagi asosiy murakkablik iqtisodiyotning b oʻlajak kasb-malaka tuzilishi toʻgʻrisida, oʻrta va uzoq muddatli istiqbolda kasb sohasidagi mehnatga b oʻlgan ehtiyoj qanday boʻlishi haqidagi axborotning yetishmasligidadir. Yana bir muammo ishdan mahrum b oʻlgan shaxslarning kasbiy jihatdan qayta tayyorlanishga kam talab bildirishidir, chunki ular oldingi kasblari b oʻyicha ishga joylashishga umid qiladilar. Mehnat bozoridagi faol siyosatning mazkur yoʻnalishini rivojlantirishga t oʻsqinlik qiluvchi omil ish bilan bandlik xizmati faoliyatini moliyaviy jihatdan ta’minlashning cheklanganligi hamdir [1]. Oʻzbekiston Republikasida bandlikka koʻmaklashuvchi markazlar orqali ishga joylashgan fuqarolar soni 2014-2016 - yillarning 1 yanvar holatiga k oʻra muntazam kamayib borishi kuzatilgan. Bu k oʻrsatkich 2016 - yil 1 - yanvarida 37691 kishini tashkil etib, 2015 yilga nisbatan ushbu k oʻrsatkichning oʻzgarishi 6% ga kamaygan. Viloyatimizda bandlikka koʻmaklashuvchi markazlar orqali ishga joylashgan fuqarolar sonining 2014-2016 - yillarning 1 - yanvariga holatiga muntazam kamayib borishi asosan iqtisodiyot tarmoqlarida yaratilayotgan yangi ish oʻrinlari sonining ortib borishi bilan belgilanadi. Shu bilan birgalikda, hozirgi vaqtda mehnat bozoridagi faol siyosatni amalga oshirish sohasidagi faoliyat doirasida mustaqil ish bilan bandlikni rivojlantirish, tadbirkorlik malakalarini oʻrgatish va kichik biznesni tashkil etishga koʻmaklashish dasturlari muhim ahamiyat kasb etadi. Mehnat bozoridagi siyosatning bu y oʻnalishi eng muhim ijtimoiy vazifani – yangicha mehnat dunyoqarashini shakllantirishdir. Ishsizlar agar oʻzlarining mustaqil ishlarini tashkil etishni xohlasalar, ish bilan bandlik xizmatiga zarur asoslash bilan loyihalar tanlovida ishtirok etish haqida ariza beradilar, bu yerda uning rejasini mutaxassislar k oʻrib chiqib, oʻz xulosalarini beradilar. Agar iltimos qondiriladigan boʻlsa, u holda yangi tadbirkor uchun boshlan gʻich kapital sifatida unga muayyan muddatga beriladigan ishsizlik nafaqasining butun summasi xizmat qiladi va bir y oʻla toʻlanadi. 1-jadval Samarqand viloyatida bandlikka k oʻmaklashuvchi markazlar orqali ishga joylashgan fuqarolar haqida ma’lumot, kishi hisobida (1-yanvar holatiga k oʻra) Hududlar nomi 2014 y. 2015 y. 2016 y. 2016 - yil 2015 - yilga nisbatan (%) Samarqand sh. 4475 4002 4012 100,2 Kattaq oʻrgʻon sh. 1201 564 1001 177,5 Oqdaryo 3425 2980 2303 77,3 Bulun gʻur 2869 2301 2003 87,0 Jomboy 4274 3280 2444 74,5 Ishtixon 3584 3000 2446 81,5 Kattaq oʻrgʻon 3849 2878 3114 108,2 Q oʻshrabod 2756 2134 1508 70,7 Narpay 2063 1839 2058 111,9 Payariq 4042 3591 3251 90,5 Paxtachi 1573 1176 1738 147,8 Pastdar gʻom 4235 3618 3597 99,4 Samarqand 2496 1988 2160 108,7 Nurobod 2047 1770 1227 69,3 Urgut 3892 3454 3188 92,3 Tayloq 1927 1488 1641 110,3 Jami 48 708 40063 37691 94,1 Manba: Samarqand viloyati Mehnat Bosh boshqarmasi ma’lumotlari asosida tuzilgan. Bizning fikrimizcha, ishsizlikni kamaytirishning chora-tadbirlari sifatida quyidagilarni qayd etib oʻtish mumkin: • korxonada yangi ishchi oʻrinlari tashkil etish yoʻli bilan aholini ishga jalb qilish; • jamoat xizmatini tashkil etish; • xususiy tadbirkorlikni hamda aholining oʻz-oʻzini ish bilan ta’minlashni ragʻbatlantirish, kichik va oʻrta biznesni rivojlantirish; 144 |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling