Navdpi 70111201- jismoniy tarbiya va sport mash
Tadqiqotning amaliy natijalari
Download 405.18 Kb.
|
2.Диёра асоснома
- Bu sahifa navigatsiya:
- Muammoning o’ rganilganlik darajasi.
Tadqiqotning amaliy natijalari kuyidagilardan iborat:
Boshlang’ich ta’lim mashg’ulotlarini harakatli o’yinlardan foydalanishni o’rgatish ketma-ketligi tadbiq etildi va gimnastika darslari yanada takomillashtirilgan; boshlang’ich ta’lim o’quvchilarining jismoniy tayyorgarligini oshirishda gimnastika va harakatli o’yinlardan foydalanish texnologiyasi ishlab chiqildi va o’quv jarayoniga kiritilgan; Muammoning o’rganilganlik darajasi. Asosiy gimnastikaning turli shakllarini qo’llash bo’yicha tavsiyalar: L.P.Matveyev; V.M.Smolevskiy; B.K.Ivliyeva; YU.V.Menxin, A.V.Menxin; P.K.Petrov; S.F.Bruxin; L.M.Alekseyeva; F.A.Allaxverdiyev; G.A.Aksyonov; V.K.Spirinlarda mavjud bo’lib, ularda mashqlar tasnifi, dars o’tkazish usuliyati va mashqlarni bajarish ketma-ketligi, jismoniy mashqlar bilan shug’ullanish mashg’ulotlari boshlang’ich sinf o’quvchilari uchun mos bo’lgan yangi texnologiyalar ishlab chiqilgan, lekin aniq ma’lumotlar va ko’rsatmalar berilmaganligi sababli amaliyotga kirib kelmagan. SH.X.Xonkeldiyev; T.S.Usmonxadjayev; M.N.Umarov, N.X.YAkubova; F.Xo’jayev, T.S Usmonxujayev; A.K.Eshtayev; D.D.SHaripova, A.Musurmonova, M.Toirova; J.X.Umarov; G.M.Salimov; R.S.Salomov ishlarida o’quvchilarning xarakat faolligini oshirish uchun jismoniy tarbiyaning turli vositalaridan foydalanish, boshlang’ich sinflarda jismoniy tarbiya, gimnastika nazariyasi va uslubiyati fanining ahamiyati katta ekanligini e’tirof etadilar. Biroq bu tadqiqot ishlarida boshlang’ich sinflardagi gimnastika mashg’ulotlarida harakatli o’yinlardan foydalanish masalalari ko’rib chiqilmagan. K.M.Maxkamjonov, F.N.Nasriddinov; T.S.Usmonxujayev, X.A.Meliyev; M.N.Jukov; N.I.Drekleyeva; V.A.Lepeshkin; T.S.Usmonxujayev, SH.X.Isroilov, A.A. Po’latov va boshqalar o’z manbalarida asosiy gimnastika mashqlarini o’rgatishda harakatli o’yinlarning aloxida ahamiyatga ega ekanligini ta’kidlab o’tishgan Maxsus adabiyotlar taxlili maktab kun tartibida asosiy gimnastika vositalaridan foydalanish masalalari yetarlicha o’rganilmaganligini aniqlashga imkon berdi. SHunday qilib, mazkur ish yuzasidan tadqiqotlar ko’p bo’lishiga qaramay, yuqoridagi manbalarda boshlang’ich sinf o’quvchilarining jismoniy tayyorgarligini rivojlantirish va sog’lig’ini mustaxkamlashda gimnastika vositalarining qo’llanilish muammosiga doir tavsiyalar berilgan. Mazkur tadqiqot kelgusida 1-4 sinflarda gimnastika hamda harakatli o’yinlarga tegishli mavzularni o’rgatishda muxim manba bo’lib xizmat qilishi bilan dolzarblik kasb etadi. Vaxolanki, shu kunga qadar boshlang’ich sinf o’quvchilarining gimnastika mashg’ulotlarida harakatli o’yinlarni o’rgatishga oid ilmiy asoslangan mustaqil tadqiqot amalga oshirilgan va bu xolat mavzuning dolzarbligini belgilashga asos bo’ladi. Download 405.18 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling