Navoi davlat konchilik va texnologiyalar universiteti


O‘zgarmas tok taxogeneratorlari


Download 0.71 Mb.
bet2/3
Sana10.11.2023
Hajmi0.71 Mb.
#1761496
1   2   3
Bog'liq
Taxogeneratorlar. Reja

O‘zgarmas tok taxogeneratorlari.

O‘zgarmas tok taxogeneratori ishlashi asosi va konstruktiv tuzilishi jihatidan mustaqil qo‘zg‘aluvchan yoki o‘zgarmas magnitli qo‘zg‘aluvchan o‘zgarmas tok kollektorli mashinalardan farq qilmaydi (17.1a – rasm).


Qo‘zg‘atish magnit oqimi Fning va yuklanish Ryuk larning o‘zgarmas qiymatlarida yakori uchidagi kuchlanish U ning yakor aylanish tezligi ga bog‘liq o‘zgarishi tavsifi o‘zgarmas tok generatorining chiqish tavsifi deyiladi.Taxogenerator yakorida hosil qilinadigan EYuK quyidagi formula bilan aniqlanadi:
(17.2)
bu yerda mashina doimiyligi; mashinaning konstruktiv koeffisienti.
(17.2) ifoda taxogeneratorning yakor zanjiri uziq holdagi salt yurishdagi chiqish tavsifidir. Bu chiziqli tavsif ( ) 17.1b – rasmda tasvirlangan.

17.1 – rasm. O‘zgarmas tok tageneratorining sxemasi va chiqish tavsiflari

Qo‘zg‘atish magnit oqimining o‘zgarmas qiymatida taxogenerator yakori uchlarini ma’lum ichki qarshilikka ega bo‘lgan elektr o‘lchov asbobi yoki qurilmaga ulanganida chiqish kuchlanishi yakor EYuK dan yakor zanjiridagi kuchlanish pasayishi qiymatiga kam bo‘ladi:


, (17.3)
bu yerda yakor toki; yakor zanjirining aktiv qarshilig.
17.1b – rasmda yuklanish qarshiligining ikki Ryuk1 > Ryuk2 qiymatlari va cheksiz bo‘lgan holari uchun taxogeneratorning tashqi tavsiflari keltirilgan. – kuchaytirish koeffisienti va cho‘tkalarning qanday metalldan yasalganligiga bog‘liq bo‘lgan taxogeneratorning nosezgirlik zonasi.
O‘zgarmas tok taxogeneratorlarning asosiy afzalliklari:
1) chiqish tavsifining yuqori darajada chiziqliligi;
2) faza bo‘yicha xatolikning yo‘qligi.
O‘zgarmas tok taxogeneratorlarning asosiy kamchiliklari:
1) kollektor – cho‘tka tizimida sirpanuvchi kontaktning hosil bo‘lishi;
2) radioto‘siq to‘lqinlardan himoyalash va chiqish kuchlanishi pulsatsiyalarini silliqlash uchun filtrlardan foydalanishning zarurligi;
3) konstruksiyasining murakkabligi va tannarxining yuqoriligi.

Download 0.71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling