Навоий давлат кончилик институти Технологик жараёнлар ва ишлаб


Download 34 Kb.
Sana30.03.2023
Hajmi34 Kb.
#1308979
Bog'liq
ichki taqriz (2)


Buxoro davlat universiteti “Axborot tizimlari va raqamli texnologiyalar” kafedrasi o‘qituvchisi Avezov Abdumalikning “Ma’lumotlar tuzilmasi va algoritmlar” nomli tayyorlangan o’quv qo‘llanmasiga
T A Q R I Z
Ta’lim tizimida axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, ta’lim jarayonini sifat va mazmun jihatdan yanada yuqori bosqichga ko‘tarishga xizmat qilmoqda. Bunda albatta, ta’lim jarayonini mazmunli tashkil etish uchun zamonaviy texnik vositalardan foydalanish maqsadga muvofiqdir. Shuningdek, kompyuter, multimedia, internet, masofali o‘qitish, yagona axborot muhiti va axborot kommunikatsion texnologiyalarning zamonaviy vositalaridan foydalanish o‘zining yaqqol samarasini bermoqda.
Hozirgi axborot texnologiyalari zamonida har bir insonni axborot texnologiyalaridan mustaqil foydalana olishlari muhim bo`lib hisoblanadi. Bilamizki, insonning faoliyati borgan sari uning axborotlashganidan, qolaversa, axborotni samarali ishlatishidan bog'liq bo'lib qolmoqda. Dasturlash sohasi hozirgi kunda hamma sohalarni o’zida qamrab olgan. Shuning uchun ushbu “Ma’lumotlar tuzilmasi va algoritmlar” nomli o’quv qo’llanmasi oliy o'quv yurtlarining 60610100-Dasturiy injiniring va bakalavr taʻlim yoʻnalishi talabalari uchun mo'ljallangan bo'lib, talaba yoshlarnining bilimlarini mustahkamlash uchun o’z imkonini beradi.
Ushbu o’quv qo’llanmada masalalarning yechimi dars jarayoniga yangi pedagogik va axborot texnologiyalarni olib kirish keng foydalanish imkonini beradi. C++ dasturlash tillarida amaliyotda ko‘p qo‘llaniladigan tarmoqlanuvchi, takrorlanuvchi, siklli, funksiyalar, ko’plab modular, telegram bot yaratish, translatsiyalar yaratish va ko’plab ilova dasturlar yaratish to‘liq yoritilgan. Talabalar mustaqil ishlashlari uchun ko’plab topshiriqlar ham mavjud.
Avezov Abdumalik tomonidan ishlab chiqilgan “Ma’lumotlar tuzilmasi va algoritmlar” nomli tayyorlangan o’quv qo‘llanmada C++ dasturlash tiliga doir ko’plab mavzular, murakkab masalalar yechimi, ilovalar yaratish ko’rsatilgan.
“Ma’lumotlar tuzilmasi va algoritmlar” nomli o’quv qo’llanma foydalanuvchilarga ko’plab murakkab masalalar yechimi, telegram botlar, ilovalar yaratishga doir ko'nikmalarini shakllantiradi va ularni mustaqil o'zlashtirishlarida muhim omil bo'lib xizmat qiladi deb hisoblayman. Ushbu o’quv qo’llanmani chop etishga ma'qul deb tavsiya etaman.


Buxoro davlat universiteti
Axborot tizimlari va raqamli texnologiyalar”
kafedrasi dotsenti fizika-matematika
fanlar nomzodi(PhD) N.S.Sayidova
Download 34 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling