Навоий кон металлургия комбинати


Download 124.5 Kb.
bet1/8
Sana09.06.2023
Hajmi124.5 Kb.
#1471262
  1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
2 Ruda. boy. texnol. FAN DASTURI


O‘zbekiston respublikasi
oliy va o‘rta maxsus ta‘lim vazirligi


ISLOM KARIMOV NOMIDAGI
TOSHKENT DAVLAT TEXNIKA UNIVERSITETI
OLMALIQ FILIALI



TASDIQLAYMAN”
TDTU Olmaliq filiali direktori
___________ A.U.Samadov
«_____» __________ 2022-yil


RUDALARNI BOYITISH TEXNOLOGIYASI
FANINING OQUV DASTURI

Bilim sohasi:

300 000

-

Ishlab chiqarish texnik sohasi.

Ta’lim sohasi:

310 000

-

Muhandislik ishi.

Ta’lim yo‘nalishi:

5310300

-

Metallurgiya

Olmaliq – 2022 yil

Fan/modul kodi
RBT3606

Oquv yili
2022-2023

Semestr(lar)
6

Kreditlar
6

Fan/modul turi
Tanlov

Ta’lim tili
O‘zbek/rus

Haftadagi dars soatlari
6

1.

Fanning nomi

Auditoriya mashgulotlari (soat)

Mustaqil ta’lim (soat)

Jami yuklama
(soat)

Rudalarni boyitish texnologiyasi

90

90

180

2.

  1. Fanning mazmuni

Fаnni o‘qitishdаn mаqsаd – talabalarda rudalarni boyitish texnologiyasida, ishlatiladigan dastgohlarini, jarayonlarning texnologik ko‘rsatgichlarini va rudalarni boyitishda ishlatiladigan dastgohlarining texnik xususiyatlarini, boyitmani olish yo‘llarini o‘rgatishidir. Dastlabki rudadan kompleks foydalanish, chiqindisiz yangi texnologiyalar yaratish, atrof muhitni muhofaza qilish muammolarini chuqur o‘rgatilib, O‘zbekistonda joylashgan metallurgiya kombinatlari va ularning tarkibiga kiruvchi korxonalar haqida ko‘nikmalar hosil qilish; ikkilamchi, chiqindisiz metallurgiya, metallurgiyadagi zamonaviy jarayonlar, metallurgik xom-ashyolardan kompleks foydalanish va ekologiya asoslari haqida umumiy tushunchalar bo‘yichа bilim, ko‘nikmа vа mаlаkаni shаkllаntirishdаn ibоrаtdir.
O‘quv fanini o‘zlashtirish jarayonida bakalavr bilimlarning bir butun tizimi bilan o‘zaro bog‘liqlikda ushbu fanning muammolarini, bo‘lajak kasbining mohiyati va ijtimoiy ahamiyatini, boyitish fabrikalarida yangi innovatsion texnologiyalarini qo‘llab, metallarni boyitmaga ajralishini oshirish dolzarb masala hisoblanadi.
Oliy ta’limning Davlat ta’lim standartiga ko‘ra “Muhandislik ishi” sohasida o‘qitiladigan «Rudalarni boyitish texnologiyasi» fani dasturini o‘rganish bakalavriaturadagi mutaxassislik fanlari, ekologiya, mineralogiya, rudalarni qayta ishlashga tayyorlash va boshqa umuminjenerlik fanlari bilan uzviy bog‘liq bo‘lib, bakalavrlarning barcha mutaxassislik fanlaridan yetarli bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lishi talab etiladi hamda kelajakda yetuk mutaxassis tayyorlashga zamin hozirlaydi.
Mazkur dasturni amalga oshirish uchun talabalar oliy ta’lim maskanigacha bo‘lgan kimyo, fizika, elementar matematikadan yetarlicha ma’lumotga ega bo‘lishlari lozim. “Metallurgiyaga asoslari” fani “Metallurgiya sohasiga kirish”, “Rudalarni qayta ishlashga tayyorlash”, “Metallurgik jarayonlarda issiqlik va massa almashuv”, “Gidrometallurgiya jarayonlari nazariyasi”, “Pirometallurgiya jarayonlari nazariyasi”, “Metallurgik zavodlarning mexanik dastgohlari”, “Metallurgiyada biotexnologik jarayonlar”, “Tahlilning fizika-kimyoviy usullari” va ixtisoslik fanlarini o‘rganishga asos bo‘lib xizmat qiladi.


Download 124.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling