Навоий кон-металлургия комбинати


Download 82.5 Kb.
bet1/4
Sana17.06.2023
Hajmi82.5 Kb.
#1550436
  1   2   3   4
Bog'liq
KL-Инструкция 13-7 по ОТ для монтера путей


Shimoliy kon boshqarmasi


Korxonaning shaxobcha yo’llari montyori uchun
mehnat muhofazasi bo’yicha
13-7-sonli


YO’RIQNOMA

“Tasdiqlangan” “Tasdiqlayman”


1-sonli BKUQ raisi ShKB bosh muhandisi
____________ S.I. Golman ___________ V.I. Fil
«____»_______________yil «____»______________yil


Korxonaning shaxobcha yo’llari montyori uchun
mehnat muhofazasi bo’yicha
13-7-sonli
YO’RIQNOMA
1.Xavfsizlikning umumiy talablari

1.1.Korxonaning shaxobcha yo’llari montyori lavozimiga quyidagi shaxslar tayinlanadi: 18 yoshdan o’tganlar, poezdlar harakati bilan bog’liq ishlarni bajarishga yaroqlilik bo’yicha tibbiy ko’rikdan o’tganlar, maxsus o’quv kursidan o’tganlar, imtihon topshirganlar va ishlarni olib borish huquqini beruvchi guvohnomaga ega bo’lganlar.


1.2.Yo’llar montyori sinovlardan o’tishi va quyidagicha bilimi tekshirilishi lozim:
1.2.1.Temir yo’llaridan texnik foydalanish qoidalari;
1.2.2.Temir yo’llarining signalizastiyasi bo’yicha yo’riqnoma;
1.2.3.Temir yo’llarida manevrlar (vagonlar joyini almashtirish) ishlari va poezdlar harakatlanishi bo’yicha yo’riqnoma;
1.2.4.Yo’l ishlarini olib borishda poezdlar harakatining xavfsizligi bo’yicha yo’riqnoma;
1.2.5.Korxonaning shaxobcha yo’llarida manevrli ishlar va poezdlar harakati bo’yicha yo’riqnoma;
1.2.6.Stanstiyaning texnik-taqsimlovchi akt (dalolatnoma);
1.2.7.Ishlab chiqarish sanitariyasi va xavfsizlik texnikasi bo’yicha qoidalar va yo’riqnomalar.
Sinovlarning xulosalari RBU-10 jurnaliga qayd etiladi.
1.3.Sinovlar har ikki yo’lda bir marotaba olib boriladi.
1.4.Yo’llar montyorlari temir yo’l transportining xavfli kasblar turiga qaraydi. Ish vaqtidagi amaldagi xavfli omillar quyidagilar hisoblanadi.
1.4.1.Lokomotiv yoki harakatlanayotgan sostav (karvon)dan shikastlanish mumkinligi;
1.4.2.Ta’mirlash ishlari olib borilayotgan yo’lda yoki qo’shni yo’lda o’tayotgan vagondagi yukdan shikastlanish mumkinligi;
1.5.Ishlab chiqarish bilan bog’liq shikastlanish olgan yo’l montyori birinchi tibbiy yordamni ishdagi hamkasblaridan oladi. Yo’l brigadiri sodir bo’lgan voqea to’g’risida temir-yo’l stexi rahbarlarini tez yordamni chaqirish uchun xabardor qiladi.
1.6.Yo’l montyori ishda bo’lgan vaqtida toza kiyinishi va kiyimlari ishlashiga xalaqit bermasligi lozim.
1.7.Yo’l montyori ishlarni olib borishda maxsus kiyimni kiyishi lozim.
1.8.O’zbekiston temir yo’llarining magistral (asosiy) temir yo’llarga xizmat ko’rsatishda mashg’ul bo’lgan ishchi va xodimlarga namunaviy tarmoqli me’yorlar bo’yicha bepul beriladigan maxsus kiyim, maxsus poyafzal va boshqa yakka himoya vositalari 1-sonli ilova asosida yo’l montyoriga beriladi:
-12 oyga ip gazlama kostyum;
-12 oyga charm botinka;
-plash-palatka kurtka 24 oyga;
-qo’shma qo’lqoplar 3 oyga;
-signal (xabar)li yozgi nimcha 12 oyga;
-signal (xabar beruvchi)li qishgi nimcha 12 oyga;
-elektrasboblar bilan ishlashda – navbatchi dielektrik qo’lqoplar.
1.9.Mast holatda bo’lgan shaxslarni ishlashga yo’l qo’yish taqiqlanadi. Mast holatda bo’lgan xodim ishdan chetlatiladi va javobgarlikka tortiladi.
1.10.Temir yo’llarida bo’lgan xodimlar ehtiyot choralariga rioya qilishga majbur:
1.10.1.Yo’l bo’ylab o’tishda faqat yo’l cheti yoki yo’l oralig’i o’rtasidan o’tish, bunda lokomotiv yoki manevrli sostav harakatlanishini nazorat qilish kerak;
1.10.2.Qoqilmaslik uchun kuzatuvchi yo’lda bo’lgan narsalar va qurilmalarga e’tibor berish (chegara ustuni, SSB qurilmasi va aloqa, hamda va boshqa jihozlanganlik);
1.10.3.Harakatlanuvchi sostav bo’lgani uchun binolardan yo’lga chiqishdan oldin avval shu yo’ldan harakatlanuvchi sostav yo’qligiga ishonch hosil qilish kerak;
1.10.4.Yo’lni to’g’ri burchak ostida o’tishdan oldin qo’shni yo’lda harakatlanuvchi sostav yoki birtalik lokomotiv o’tmayotganiga ishonch hosil qilish lozim;
1.10.5.Relsga turish, vagonlar ostidan o’tish, vagon ostiga dam olish uchun o’tirish mumkin emas. Vagon avtotirkagichi orqali vagonlar orasidan oshib o’tish mumkin emas;
1.10.6.Temir yo’llarida turgan vagonlar guruhidan aylanib o’tishda 5 metrdan kam bo’lmagan masofada o’tishga ruxsat beriladi, ajratilgan vagonlar arasidagi joydan o’tish 10 metr masofadan kam bo’lmasligi lozim.
1.11.Harakatlanuvchi sostav yaqinlashayotganda, yo’lda ishlovchilar darhol hamma ishlarni to’xtatishi, ish joyidan hamma saboblar, materiallar, zaxira (ehtiyot) qismlarni katta-kichiklik (gabariti) chegarasida yig’ishtirib olishi, lokomotiv yoki harakatlanayotgan sostavning rels yo’li chetidan 2 metrdan kam bo’lmagan masofaga, xavfsiz joyga o’tishi lozim.
1.12. Adliya Vazirligida 07.01.2000 yildagi 870-raqam bilan qayd etilgan
-O’zbekiston Respublikasining “Mehnat muhofazasi to’g’risidagi Qonunni;
-xavfli ishlab chiqarish ob’ektlarining sanoat xavfsizligi to’g’risida”gi Qonunini;
-“Mehnat muhofazasi bo’yicha yo’riqnomalarini ishlab chiqish to’g’risida Nizom”ning talablarini bilishi shart.
1.13.Amaldagi qonunchilikga muvofiq temir yo’l transporti xodimlari tomonidan texnik xizmat ko’rsatish qoidalarining buzilishi intizomiy yoki jinoiy javobgarlik hisoblanadi.



Download 82.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling