Navoiy, bobur, qodiriy va jahon adablari Asarlari so’z san’ati namunlari


Download 1.59 Mb.
bet10/11
Sana14.11.2021
Hajmi1.59 Mb.
#173699
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Adabiyotshunoslik (seminar 2)

Jek London


Jack London (talaffuzi: Jek London) (toʻliq ismi John Griffith „Jack“ London, tavallud topganidagi ismi John Griffith Chaney) (12-yanvar, 1876 — 22-noyabr, 1916)[1] — amerika yozuvchisi va jurnalisti. London asarlari boshqa tillarga eng koʻp tarjima qilingan Amerikalik yozuvchilardar biridir.Jack Londonnning eng mashhur asarlari „Oq soʻyloq“ (inglizcha: White Fang) (1906) romani va „Yovvoyilik chaqirigʻi“ (inglizcha: The Call of the Wild) (1903) novellasidir. Oʻzbek kitobxonlariga London oʻzining „Martin Eden“ (talaffuzi: Martin Iden) (1908—1909) romani bilan yaxshi tanish.

Jack Lonndon oʻz asarlarida romantizm va oddiy hayot qiyinchiliklari haqida yozgan. London birgina asar yozish bilan butun dunyoda shuhrat qozongan va katta mablagʻ ishlagan birinchi yozuvchilardandir.[2]

Jack Londonning adabiy faoliyati 1893-yildan boshlangan. Yozuvchining koʻpgina hikoya toʻplamlari, qator qissa va romanlari shimol mavzuida yozilgan („Boʻri bolasi“, 1900; „Izgʻirin bolalari“, 1902 va boshqalar). „Qor qizi“ (1902), „Hayot uchquni“ (1907), „Shimoliy Odisseya“ (1910), „Insonga ishonch“ (1914), „Qadim dengizchilardek“ (1917), „Chandiqli odam“ (1900), „Oltin dara“ (1905) va boshqa sarguzasht asarlar muallifi. „Olis oʻlkada“ (1899), „Ayol mardligi“ (1900), „Gulxan yoqish“ (1910), „Qish haqida qissa“ (1904) asarlarida tabiat bilan uygʻunlashib ketgan mehnatsevar indeyslarning oʻziga xos hayotini tasvirlagan. „Yovvoyilik chaqirigʻi“ (1903), „Oq soʻyloq“ (1906) asarlari hayvonot olami haqida. „Dengiz boʻrisi“ (1904) „Martin Eden“ (1909), „Uch qalb“ (1920) romanlari mashhur.

Londonning ijodida Herbert Spencer, Friedrich Nietzsche falsafiy taʼlimotlarining taʼsiri seziladi. „Martin Eden“ roman-biografiyasida bosh qahramonning paymonasi toʻlgan chogʻda ham „yashashga ishtiyoqi“ni aks ettirgan. Uning individualizm taʼsirida yozilgan mazkur romanida gʻarbcha „barkamol inson“, yaʼni „superman“ nazariyasi ham ilgari surilgan.

London 16 yillik ijodiy faoliyati mobaynida 19 roman, 18 toʻplam (152 hikoya), 3 pyesa, 8 avtobiografik va publitsistik harakterdagi kitob yaratgan. „Hayotga muhabbat“ (1961), „Qish haqida“ (1962), „Martin Iden“ (1968) va boshqa asarlari oʻzbek tiliga tarjima qilingan


Download 1.59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling