Navoiy davlat konchilik instituti ashurova n. B. Atamuradov sh


Segmentning miqdoriy o’lchamlari


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet153/173
Sana16.09.2023
Hajmi5.01 Kb.
#1679669
1   ...   149   150   151   152   153   154   155   156   ...   173
1.Segmentning miqdoriy o’lchamlari. Segment miqdorining o’lchami 
deganda bozor sig’imi qancha potensial iste’molchilar borligi va ular qanday 
maydonlarda yashashlari tushuniladi. Bular asosida korxona qanday ishlab chiqarish 
quvvatiga ega bo’lishlari va sotish tarmog’ining hajmini belgilab oladilar. 
2. Segmentning muhimligi. Segmentning muhimligi deganda u yoki bu 
iste’molchilar guruhining bozor segmentida qanday o’rin egallab turganligi 
tushuniladi. Korxona ana shu segmentning o’rniga qarab faoliyatini tashkil etish. 
3.Segmentning faolligi . Segmentning foydaliligi deganda korxonaning 
ma’lum bir segmentda ishlashi uning qanday rentabillik darajasini ta’minlashi 
tushuniladi. Korxona u yoki bu bozor segmentning foydaliligi baholashda foyda 
me’yori, quylgan kapital hajmida daromadning hissasi, aktsiya dividentlarining 
miqdori va boshqa iqtisodiy ko’rsatkichlardan foydalanadi. 


289 
4. Segmentning samaradorligi. Segmentning samaradorligi korxonaning 
mazkur tanlangan bozor segmentida ishlash tajribasi, mazkur segmentda ishlovchi 
xodimlarning mahsuloti siljitishga qanchalik tayyor ekanligi abi ko’rsatkichlar bilan 
baholanadi. 
Umuman olganda, bozorni segmentlash korxonaning muayyan bozorda 
samarali faoliyat ko’rsatishining muhim omillaridan biri hisoblanadi. 
Тayanch iboralar: marketing, strategik marketing, taktik marketing,
rag’batlantiruvchi marketing, bozor (market), “sotuvchi bozori”, “xaridor bozori”, 
bozor kon’yukturasi, bozorni segmentlash, demografik segmentlash, geografik 
segmentlash. 
Тakrorlash uchun savollar 
1. Mаrkеting tushunchаsi vа uning mоhiyati nimаdаn ibоrаt? 
2. Mаrkеtingning mаqsаdi vа vаzifаlаri.  
3. Qаndаy tаlаb turlаrini bilаsiz? 
4. Mаrkеting turlаrini izоhlаb bеring.  
5. Mаrkеting muhiti nimа? 
6. Kоrхоnаning mаkrо-muhitini tаvsiflаng? 
7. Kоrхоnаning mikrо-muhitini tаvsiflаng? 
8. Mаrkеting tiplаrining аsоsiy fаrqli bеlgilаri nimаlаrdаn ibоrаt?  
9. Bozor segmenti deganda nimani tushunasiz? 
10. Yangi shаrоitlаrdа yashаb qоlish vа muvаffаqiyatgа erishish uchun kоrхоnаlаr 
qаndаy chоrа-tаdbirlаrni qo`llаshi kеrаk? 

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   149   150   151   152   153   154   155   156   ...   173




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling