Navoiy davlat konchilik instituti ashurova n. B. Atamuradov sh
Mahsulot (ish, xizmat) tannarxini hosil qiluvchi xarajat turlari
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
8.2. Mahsulot (ish, xizmat) tannarxini hosil qiluvchi xarajat turlari Mahsulot (ish, xizmat) ishlab chiqarish xarajatlarining eng yirik elementi - moddiy xarajatlardir. Mahsulot (ish, xizmat) ishlab chiqarish tannarxi tarkibida ularning hissasi 60-90 foizni tashkil etishi mumkin. Ishlab chiqarish bilan bog’liq moddiy xarajatlarga quyidagilar tegishli bo’ladi: - mahsulot tayyorlashda (ishlarni bajarishda, xizmatlar ko’rsatishda) zarur tarkibiy qism hisoblangan chetdan sotib olinadigan xom ashyo va materiallar; - normal texnologiya jarayonini ta’minlash va mahsulotlarni o’rash, mahsulot (ish, xizmat)lar yoki boshqa ishlab chiqarish ehtiyojlariga sarflanadigan (asbob- uskunalar, binolar, inshoatlar va boshqa asosiy vositalar sinovini o’tkazish, nazorat qilish, saqlash, tuzatish va ulardan foydalanish uchun) materiallar, shuningdek asbob-uskunalarni tuzatish uchun ehtiyot qismlar, jihozlar, moslamalar, inventar, priborlar, laboratoriya asbob-uskunalari va asosiy fondlarga kirmaydigan boshqa 147 mehnat vositalarining eskirishi, maxsus kiyim-bosh va boshqa arzon baho ashyolarning eskirishi; - sotib olinadigan, kelgusida ushbu korxonada montaj qilinadigan yoki qo’shimcha ishlov beriladigan butlovchi buyumlar va yarim tayyor mahsulotlar; - tashqi yuridik va jismoniy shaxslar, shuningdek korxonaning ichki tarkibiy bo’linmalari tomonidan bajariladigan faoliyatning asosiy turiga tegishli bo’lmagan ishlab chiqarish xususiyatiga ega bo’lgan ishlar va xizmatlar; - tabiiy xom ashyo (yer rekultivatsiyasiga ajratmalar, ixtisoslashtirilgan yuridik shaxslar tomonidan amalga oshiriladigan yerni rekultivatsiya qilish ishlariga haq to’lash), ildizi bilan beriladigan daraxtga haq to’lash, sanoat korxonalari tomonidan suv xo’jaligi tizimida belgilangan limitlar doirasida va undan ortiq olinadigan suv uchun haq to’lash. Sanoatning xom ashyo tarmoqlari uchun yog’och taxta materiallardan yoki foydali qazilmalardan (rudadan) foydalanishga huquqlarning amortizatsiya qilinadigan qiymati yoki atrof muhitni tiklash xarajatlari; - texnologik maqsadlarga, energiyaning barcha turlarini ishlab chiqarishga, binolarni isitishga sarflanadigan yonilg’ining chetdan sotib olinadigan barcha turlari, korxonaning transporti tomonidan bajariladigan ishlab chiqarishga xizmat ko’rsatish bo’yicha transport ishlari; - korxonaning texnologik, transport va boshqa ishlab chiqarish va xo’jalik ehtiyojlariga sarflanadigan barcha turdagi xarid qilinadigan energiya; - ishlab chiqarish sohasida moddiy boyliklarning tabiiy yo’qolish normalari doirasida va ulardan ortiqcha yo’qotilishi, yaroqsizlanishi va kam chiqishi; - korxonaning transporti va xodimlari tomonidan moddiy resurslarni yetkazish bilan bog’liq xarajatlar (yuklash va tushirish ishlari ham shu jumlaga kiradi) ishlab chiqarish xarajatlarining tegishli elementlariga kirishi kerak (mehnatga haq to’lash xarajatlari, asosiy fondlar amortizatsiyasi, moddiy xarajatlar va boshqalar). Korxonalarning ishlab chiqarish tusidagi boshqa xarajatlariga quyidagilar tegishli: 148 - ishlab chiqarish jarayoniga xizmat ko’rsatish xarajatlari (ishlab chiqarishni xom ashyo, materiallar, yonilg’i, energiya, instrument, moslamalar va boshqa mehnat vositalari va buyumlari bilan ta’minlash xarajatlari; asosiy ishlab chiqarish fondlarini ish holatida saqlash xarajatlari; yong’indan saqlash va qo’riqlashni hamda korxonaning texnikaviy foydalanish qoidalari bilan nazarda tutilgan boshqa maxsus talablarni ta’minlash, ular faoliyatini nazorat qilish xarajatlari; ishlab chiqarish faoliyatiga tegishli bo’lgan asosiy vositalarni joriy ijaraga olish bilan bog’liq xarajatlar; tekin ko’rsatiladigan kommunal xizmatlar, oziq-ovqat, ayrim tarmoqlar xodimlariga oziq-ovqatlar qiymati, korxona xodimlariga beriladigan tekin uy-joy haqini to’lash xarajatlari; amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq tekin beriladigan va shaxsiy foydalanishda qoladigan buyumlar qiymati va boshqalar); - ishlab chiqarish xodimlarini belgilangan ishlab chiqarish jarayoniga tegishli bo’lgan xizmat safarlariga yuborish bo’yicha normalar doirasida va ulardan ortiqcha xarajatlar; - ishlab chiqarish ishchilarini va ishlab chiqarish aktivlarini majburiy sug’urta qilish xarajatlari; - yaroqsizlik tufayli kelib chiqadigan yo’qotishlar; - ishlab chiqarishning ichki sabablariga ko’ra bekor turishlar tufayli yo’qotishlar; - kafolatli xizmat muddati blgilangan buyumlarni kafolatli tuzatish va ularga kafolatli xizmat ko’rsatish xarajatlari; - mahsulot (xizmat)larning majburiy sertifikatsiya qilish xarajatlari; - ishlab chiqarish jarohatlari tufayli mehnat qobiliyati yo’qolishi munosabati bilan tegishli vakolatli organlarning qarorlari asosida va qarorlarsiz to’lanadigan nafaqalar; - umumiy foydalaniladigan yo’lovchilar transporti xizmat ko’rsatmaydigan yo’nalishlarda xodimlarni ish joyiga olib borish va olib kelish bilan bog’liq xrajatlar. Download 5.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling