Navoiy davlat konchilik instituti ashurova n. B. Atamuradov sh
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1 2 - m a v z u . S a n o a t k o r x o n a l a r i m e n e j m e n t i n i n g u s u l l a r i , r a h b a r l i k v a u n i n g m a d a n i y a t i
- Asosiy ma’lumotlar 12.1. Menejmentning iqtisodiy usullari
Boshqaruv bo‘g‘ini - bu
boshqaruvning ayrim yoki qator funksiyalarini bajaruvchi mustaqil tuzilmali bo‘limlari hisoblanib, bu bo‘limlar o‘rtasida bog‘lanish va aloqalar gorizantal xarakterga egadir Boshqaruv bosqichi - bu iyerarxiyaning muayyan darajasida amal qiladigan bo‘g‘indir 205 1 2 - m a v z u . S a n o a t k o r x o n a l a r i m e n e j m e n t i n i n g u s u l l a r i , r a h b a r l i k v a u n i n g m a d a n i y a t i Mavzuning maqsadi: Тalabalarda boshqaruv usullari va boshqaruv qarorlarini asosiy tayanch so’z va iboralar hamda masalalar, muammoli savollar, krossvord va boshqotirmalar yechish orqali bilim va ko’nikmasini shakllantirishga ko’maklashishdan iborat. Asosiy ma’lumotlar 12.1. Menejmentning iqtisodiy usullari Boshqaruv usullari bu boshqaruv sub’ektining boshqaruv ob’ektiga maqsadli yo’naltirilgan ta’sir o’tkazishning usullari, ya’ni boshqaruvchining u boshqarayotgan ishlab chiqarish kollektiviga qo’yilgan maqsadlarga erishish jarayonida uning faoliyati koordinatsiyasini ta’minlashdir. Boshqaruv usullari vositasida iqtisodiy jarayonlarga va ishlab chiqarish katnashchilariga moddiy, moliyaviy, energiya, mehnat resurslarini imkoni boricha kam sarf qilib yuqori natijalarga erishish maqsadida ta’sir etiladi. Ishlab chiqarish samaradorligi ko’p jihatdan boshqaruv usullari mukammalligi va shakllanligi bilan uzviy bog’liqdir. Boshqaruv usullari boshqaruv fanida muhim o’rinni egallab, boshqaruv qonun va tamoyillari bilan uzviy bog’liqdir. Mehnat jamoasiga ta’sir etish usullari orasida boshqaruv mexanizmi uchun bozor iqtisodiyoti sharoitida boshqaruv ob’ektiv qonunlari talablariga muvofiq keluvchilarigina eng maqbul va maqsadga muvofiq deb hisoblanadi. Buning mohiyati shundaki, boshqaruv usullari bozor iqtisodiyotiga mansub qonunlar tizimi bilan uzviy bog’liqdir. Boshqaruv usullari tashqi va ichki omillar ta’sirida o’zgaradi. Тashqi omillarga: tashqi va ichki sharoit o’zgarishi, iqtisodiyotni boshqarishda tub islohotlarni amalga oshirish, xalq xo’jaligining texnikaviy qurollanganlik darajasini boshqarish tizimida o’zgarishlar (iqtisodiy islohotlar, iqtisodiyotni boshqarishning tarmoq tizimidan hududiy tizimiga o’tish va h.k.) kiradi. Ichki omillarga: jumlasiga 206 yirik ishlab chiqarish birlashmalarini tashkil etish asosida ishlab chiqarish konsentratsiyasini amalga oshirish; korxona kattaligi o’zgarishi natijasida uning bir guruhdan ikkinchisiga o’tkazilishi; ishlab chiqarish ixtisoslashish darajasi o’zgarishi; mehnatning texnika bilan ta’minlanish darajasi yaxshilanishi; ishlab chiqarishni rejalashtirish va jadal tartibga solishning mavjud usullarini takomillashtirish va yangilarini joriy qilish (tarmoqli rejalashtirish va boshqarish; ishlab chiqarishni uzluksiz tezkor rejalashtirish, ishlab chiqarishni boshqarishni avtomatlashtirilgan tizimini qo’llash va h.k.) kiritish mumkin. Хalq xo’jaligini boshqarishda quyidagi usullardan foydalaniladi: iqtisodiy, tashkiliy, ijtimoiy, ruhiy va huquqiy. Boshqaruvning bu usullari o’zaro uzviy bog’liqdir, shu sababli ularning birortasiga ortiqcha ahamiyat berish butun ishlab chiqarishning me’yoriy borishining buzilishiga olib keladi. Hozirgi davrda bozor iqtisodiyotini boshqarishning iqtisodiy usullari muhim ahamiyat kasb etmokda. Iqtisodiy usullar iqtisodiy ta’sir vositalari yig’indisidan (narx, kredit, biznes- reja, foyda, soliqlar, ish haqi, iqtisodiy rag’batlantirish va h.k.), ya’ni xo’jalik faoliyatiga ta’sir etishning xar bir jamoa mos xo’jalik bo’g’ini bilan uzviy aloqada amal qilishini ta’minlovchi tadbirlaridan iboratdir. Boshqaruvning iqtisodiy usullari kishilarga iqtisodiy manfaatlar orqali ta’sir ko’rsatadi. Iqtisodiy usullarning mohiyati xodimlar va ishlab chiqarish jamoasiga ular manfaati bo’lishini ta’minlovchi iqtisodiy sharoit yaratishdan iboratdir. Boshqaruv usullari tizimida iqtisodiy usullar yetakchi urinni egalaydi. Bozor mexanizmining muhim vazifalaridan biri biznes reja va bozorning uzviy bog’liq bo’lishiga imkon yaratuvchi pul va tovar resurslari to’g’ri nisbatini ta’minlashdir. Bozor – bu tovar-pul munosabatlarining doimo saqlanuvchi balansidir. Bozor munosabatlari sharoitida rejali iqtisodiyotga nisbatan qat’iy boshqaruv tizimi o’rnatiladi. Bozor tamoyillari xo’jalik rahbarlaridan tashabbuskorlik, korxona faoliyati masalalari bo’yicha yuqori natijalarga erishish maqsadida qayishqoqlik, tavakkalchilikni talab etadi. 207 Bozor iqtisodiyoti ma’muriy-buyruqbozlik tizimiga nisbatan qarama-qarshi tizim bo’lib, bozorda narx, soliq, kredit vositasida tartibga solish eng avvalo ijtimoiy maqsadda amalga oshiriladi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida narx va ish haqi o’zgarishni qat’iy tartibga solmay barqarorlikka erishib bo’lmaydi. Shunday qilib, boshqaruvning iqtisodiy usullari juda keng imkoniyatlarga ega bo’lib, ular mohirona va o’z vaqtida tashkiliy-farmoyish, ijtimoiy-ruhiy va huquqiy usullar bilan qo’shib olib borilgan taqdirda yaxshi natijalarga erishish mumkin. Korxonalar, aksioner jamiyatlari, firmalarda muhim boshqaruv usullaridan biri – biznes-rejalardir. U iqtisodiy jarayonlarni umummilliy manfaatlarni ko’zlab, xo’jalik amaliyotida ob’ektiv iqtisodiy qonunlardan foydalanish asosida, ongli ravishda, bir maqsadga intilgan holda boshqarishning o’zaro uzviy bog’liq tizimidan iboratdir. Biznes-reja vositasida hal etiladigan asosiy vazifalar quyidagilardan iborat: iqtisodiyot rivojlanishi yo’nalishlari va maqsadlarni amalga oshirish yo’llarini ko’rsatish, iqtisodiyotning barqaror, mutanosib o’sishini ta’minlash, moddiy, mehnat va moliyaviy resurslarni tarmoqlar va ishlab chiqarishlar o’rtasida taqsimlash va qayta taqsimlash, fan-texnika taraqqiyoti yutuqlarini joriy etishni ta’minlash; tarmoqlararo integratsiya, tarmoq ichida ixtisoslashuv va sanoat kooperatsiyasini chuqurlashtirish; xo’jalik yurituvchi sub’ektlar faoliyatini tezkor tartibga solish va koordinatsiya qilish. Biznes-reja korxona, aksionerlar jamiyati, konsernlar faoliyatining barcha tomonlarini: mahsulot ishlab chiqarish va sotish; moddiy-texnikaviy ta’minot va ishlab chiqarish fondlaridan foydalanish, mehnat va ish xaki, jamoada ijtimoiy jarayonlar va h.k. larni qamrab oladi. Bozor munosabatlari sharoitida ularga rejalashtirish borasida keng huquqlar beriladi. Download 5.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling