Navoiy davlat konchilik instituti ashurova n. B. Atamuradov sh


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet115/173
Sana16.09.2023
Hajmi5.01 Kb.
#1679669
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   173
Boshqaruv bo‘g‘ini - bu 
boshqaruvning ayrim yoki qator 
funksiyalarini bajaruvchi mustaqil 
tuzilmali bo‘limlari hisoblanib, bu 
bo‘limlar o‘rtasida bog‘lanish va 
aloqalar gorizantal xarakterga 
egadir
 
Boshqaruv bosqichi - bu 
iyerarxiyaning muayyan 
darajasida amal qiladigan 
bo‘g‘indir


205 
1 2 - m a v z u . S a n o a t k o r x o n a l a r i m e n e j m e n t i n i n g
u s u l l a r i , r a h b a r l i k v a u n i n g m a d a n i y a t i  
Mavzuning maqsadi:
Тalabalarda boshqaruv usullari va boshqaruv 
qarorlarini asosiy tayanch so’z va iboralar hamda masalalar, muammoli savollar, 
krossvord va boshqotirmalar yechish orqali bilim va ko’nikmasini shakllantirishga 
ko’maklashishdan iborat. 
Asosiy ma’lumotlar 
12.1. Menejmentning iqtisodiy usullari 
Boshqaruv usullari bu boshqaruv sub’ektining boshqaruv ob’ektiga maqsadli 
yo’naltirilgan ta’sir o’tkazishning usullari, ya’ni boshqaruvchining u 
boshqarayotgan ishlab chiqarish kollektiviga qo’yilgan maqsadlarga erishish 
jarayonida uning faoliyati koordinatsiyasini ta’minlashdir. 
Boshqaruv usullari vositasida iqtisodiy jarayonlarga va ishlab chiqarish 
katnashchilariga moddiy, moliyaviy, energiya, mehnat resurslarini imkoni boricha 
kam sarf qilib yuqori natijalarga erishish maqsadida ta’sir etiladi. Ishlab chiqarish 
samaradorligi ko’p jihatdan boshqaruv usullari mukammalligi va shakllanligi bilan 
uzviy bog’liqdir. 
Boshqaruv usullari boshqaruv fanida muhim o’rinni egallab, boshqaruv 
qonun va tamoyillari bilan uzviy bog’liqdir. Mehnat jamoasiga ta’sir etish usullari 
orasida boshqaruv mexanizmi uchun bozor iqtisodiyoti sharoitida boshqaruv 
ob’ektiv qonunlari talablariga muvofiq keluvchilarigina eng maqbul va maqsadga 
muvofiq deb hisoblanadi. Buning mohiyati shundaki, boshqaruv usullari bozor 
iqtisodiyotiga mansub qonunlar tizimi bilan uzviy bog’liqdir. 
Boshqaruv usullari tashqi va ichki omillar ta’sirida o’zgaradi. Тashqi 
omillarga: tashqi va ichki sharoit o’zgarishi, iqtisodiyotni boshqarishda tub 
islohotlarni amalga oshirish, xalq xo’jaligining texnikaviy qurollanganlik darajasini 
boshqarish tizimida o’zgarishlar (iqtisodiy islohotlar, iqtisodiyotni boshqarishning 
tarmoq tizimidan hududiy tizimiga o’tish va h.k.) kiradi. Ichki omillarga: jumlasiga 


206 
yirik ishlab chiqarish birlashmalarini tashkil etish asosida ishlab chiqarish 
konsentratsiyasini amalga oshirish; korxona kattaligi o’zgarishi natijasida uning bir 
guruhdan ikkinchisiga o’tkazilishi; ishlab chiqarish ixtisoslashish darajasi 
o’zgarishi; mehnatning texnika bilan ta’minlanish darajasi yaxshilanishi; ishlab 
chiqarishni rejalashtirish va jadal tartibga solishning mavjud usullarini 
takomillashtirish va yangilarini joriy qilish (tarmoqli rejalashtirish va boshqarish; 
ishlab chiqarishni uzluksiz tezkor rejalashtirish, ishlab chiqarishni boshqarishni 
avtomatlashtirilgan tizimini qo’llash va h.k.) kiritish mumkin.
Хalq xo’jaligini boshqarishda quyidagi usullardan foydalaniladi: iqtisodiy
tashkiliy, ijtimoiy, ruhiy va huquqiy. Boshqaruvning bu usullari o’zaro uzviy 
bog’liqdir, shu sababli ularning birortasiga ortiqcha ahamiyat berish butun ishlab 
chiqarishning me’yoriy borishining buzilishiga olib keladi. Hozirgi davrda bozor 
iqtisodiyotini boshqarishning iqtisodiy usullari muhim ahamiyat kasb etmokda. 
Iqtisodiy usullar iqtisodiy ta’sir vositalari yig’indisidan (narx, kredit, biznes-
reja, foyda, soliqlar, ish haqi, iqtisodiy rag’batlantirish va h.k.), ya’ni xo’jalik 
faoliyatiga ta’sir etishning xar bir jamoa mos xo’jalik bo’g’ini bilan uzviy aloqada 
amal qilishini ta’minlovchi tadbirlaridan iboratdir. 
Boshqaruvning iqtisodiy usullari kishilarga iqtisodiy manfaatlar orqali ta’sir 
ko’rsatadi. 
Iqtisodiy usullarning mohiyati xodimlar va ishlab chiqarish jamoasiga ular 
manfaati bo’lishini ta’minlovchi iqtisodiy sharoit yaratishdan iboratdir. Boshqaruv 
usullari tizimida iqtisodiy usullar yetakchi urinni egalaydi. 
Bozor mexanizmining muhim vazifalaridan biri biznes reja va bozorning 
uzviy bog’liq bo’lishiga imkon yaratuvchi pul va tovar resurslari to’g’ri nisbatini 
ta’minlashdir. 
Bozor – bu tovar-pul munosabatlarining doimo saqlanuvchi balansidir. Bozor 
munosabatlari sharoitida rejali iqtisodiyotga nisbatan qat’iy boshqaruv tizimi 
o’rnatiladi. Bozor tamoyillari xo’jalik rahbarlaridan tashabbuskorlik, korxona 
faoliyati masalalari bo’yicha yuqori natijalarga erishish maqsadida qayishqoqlik, 
tavakkalchilikni talab etadi. 


207 
Bozor iqtisodiyoti ma’muriy-buyruqbozlik tizimiga nisbatan qarama-qarshi 
tizim bo’lib, bozorda narx, soliq, kredit vositasida tartibga solish eng avvalo ijtimoiy 
maqsadda amalga oshiriladi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida narx va ish haqi 
o’zgarishni qat’iy tartibga solmay barqarorlikka erishib bo’lmaydi. 
Shunday qilib, boshqaruvning iqtisodiy usullari juda keng imkoniyatlarga ega 
bo’lib, ular mohirona va o’z vaqtida tashkiliy-farmoyish, ijtimoiy-ruhiy va huquqiy 
usullar bilan qo’shib olib borilgan taqdirda yaxshi natijalarga erishish mumkin.
Korxonalar, aksioner jamiyatlari, firmalarda muhim boshqaruv usullaridan 
biri – biznes-rejalardir. U iqtisodiy jarayonlarni umummilliy manfaatlarni ko’zlab, 
xo’jalik amaliyotida ob’ektiv iqtisodiy qonunlardan foydalanish asosida, ongli 
ravishda, bir maqsadga intilgan holda boshqarishning o’zaro uzviy bog’liq tizimidan 
iboratdir. 
Biznes-reja vositasida hal etiladigan asosiy vazifalar quyidagilardan iborat: 
iqtisodiyot rivojlanishi yo’nalishlari va maqsadlarni amalga oshirish yo’llarini 
ko’rsatish, iqtisodiyotning barqaror, mutanosib o’sishini ta’minlash, moddiy, 
mehnat va moliyaviy resurslarni tarmoqlar va ishlab chiqarishlar o’rtasida 
taqsimlash va qayta taqsimlash, fan-texnika taraqqiyoti yutuqlarini joriy etishni 
ta’minlash; tarmoqlararo integratsiya, tarmoq ichida ixtisoslashuv va sanoat 
kooperatsiyasini chuqurlashtirish; xo’jalik yurituvchi sub’ektlar faoliyatini tezkor 
tartibga solish va koordinatsiya qilish. 
Biznes-reja korxona, aksionerlar jamiyati, konsernlar faoliyatining barcha 
tomonlarini: mahsulot ishlab chiqarish va sotish; moddiy-texnikaviy ta’minot va 
ishlab chiqarish fondlaridan foydalanish, mehnat va ish xaki, jamoada ijtimoiy 
jarayonlar va h.k. larni qamrab oladi. Bozor munosabatlari sharoitida ularga 
rejalashtirish borasida keng huquqlar beriladi. 

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   173




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling