Navoiy davlat konchilik instituti ashurova n. B. Atamuradov sh


  2.4. Korxona tuzilmasi va uni belgilovchi omillar


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet23/173
Sana16.09.2023
Hajmi5.01 Kb.
#1679669
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   173
 


43 
2.4. Korxona tuzilmasi va uni belgilovchi omillar 
Har bir ishlab chiqarish korxonasi ishlab chiqarish bo’linmalari, boshqaruv 
organlari va korxona xodimlariga xizmat ko’rsatuvchi tashkilotlardan iborat bo’ladi. 
Tuzilma (struktura) tushunchasini korxonaning tarkibi, tuzilishi sifatida ko’rib 
chiqish mumkin. Korxona qanchalik yirik bo’lsa, uning ishlab chiqarish tuzilmasi 
shunchalik murakkab bo’ladi. 
Sanoat korxonalarining umumiy va ishlab chiqarish tuzilmalari mavjud. 
Ishlab chiqarish bo’g’inlari, korxona boshqaruvi hamda xodimlarga xizmat 
ko’rsatuvchi tashkilotlar, ularning miqdori, kattaligi va egallab turgan maydoni, 
xodimlarining soni va ishlab chiqarish imkoniyatlari korxonaning umumiy 
tuzilmasini ifodalaydi.
Ishlab chiqarish tuzilmasiga asosiy, yordamchi va xizmat ko’rsatish 
jarayonlari amalga oshiriluvchi tsex va uchastkalar kiritiladi. 
Ishlab chiqarish tuzilmasi korxona umumiy tuzilmasining bir qismidir. U 
tsex, uchastka va xizmat ko’rsatuvchi xo’jaliklar shaklidagi ishlab chiqarish 
bo’linmalaridan iborat bo’ladi hamda ularning mahsulot ishlab chiqarish 
jarayonidagi o’zaro munosabatlarini, mehnat bilan band bo’lgan xodimlari soni, 
asbob-uskunalari qiymati, egallab turgan maydoni va hududiy joylashuvini aks 
ettiradi. 
Asosiy sexlarda va ishlab chiqarish uchastkalarida ishlab chiqarish 
jarayonining asosiy – xom ashyo va yarim tayyor mahsulotlarni tayyor mahsulotga 
aylantirish bosqichi yoki mahsulot, yo uning bir qismini tayyorlashning bir qator 
bosqichlari amalga oshiriladi (muzlatkichlar sexi). 
Yordamchi tsexlar asosiy ishlab chiqarishni asbob-uskunalar va energiya 
bilan ta’minlaydi hamda uskunalarni ta’mirlash (ta’mirlash, uskunalar, model 
sexlari va boshqalar) vazifalarini bajaradi. 
Xizmat ko’rsatuvchi sex va xo’jaliklar tarkibiga korxonaning 
infratuzilmasini (ombor va transport bo’linmalari, uy-joy-kommunal xo’jaligi, 
oshxona, sanatoriy va hokazo) tashkil qiluvchi bo’linmalar kiradi. 


44 
Sanoat korxonalari ishlab chiqarish tuzilmasining uch xil turi majud: 

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   173




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling