Navoiy davlat konchilik instituti ashurova n. B. Atamuradov sh


Ishlab chiqarish vositalari va ularning tavsifi


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet31/173
Sana16.09.2023
Hajmi5.01 Kb.
#1679669
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   173
 
3.2. Ishlab chiqarish vositalari va ularning tavsifi 
Asosiy fondlar kengaytirilgan takror ishlab chiqarishdagi ishtirokiga ko’ra 
ishlab chiqarish va noishlab chiqarish asosiy fondlariga bo’linadi. 
Ishlab chiqarish asosiy fondlari moddiy ishlab chiqarish sohasida qatnashadi. 
U o’zining amal qilish sikli davomida ishlab chiqarish jarayonida bir necha marta 
ishlatiladi. Ishlab chiqarish asosiy fondlari bosqichma – bosqich eskirib, o’z 
qiymatini ishlab chiqarilayotgan mahsulotga qismlab o’tkazib boradi. Ular 
amortizatsiya ajratmalari hisobiga qoplanadi. 
Noishlab chiqarish asosiy fondlariga korxona balansida turgan, xodimlarga 
xizmat qiladigan turar joylar, bog’cha, sport muassasalari va boshqa madaniy-
maishiy xizmat ko’rsatuvchi ob’ektlar kiradi. Ishlab chiqarish fondlaridan farqli 
o’laroq ular ishlab chiqarish jarayonida qatnashmaydi va o’zining qiymatini 
mahsulotga o’tkazmaydi. Ularning qiymati iste’molda yo’q bo’lib ketadi. Ularning 
o’rni to’ldirilmaydi. Ular korxona foydasi hisobiga takror ishlab chiqariladi. 
Korxona asosiy ishlab chiqarish fondlari quyidagi guruhlarga bo’linadi: 

yer uchastkalari, egalik qilish huquqiga ega korxonaga tegishli bo’lgan tabiatdan 
foydalanish ob’ektlari (suv,yer osti boyliklari; boshqa tabiiy resurslar); 

binolar (ishlab chiqarish – texnik, yordamchi binolar va boshqalar); 

inshootlar (injenerlik qurilish ob’ektlari, ishlab chiqarishga yordamlashuvchi 
inshootlar);

uzatish qurilmalari (elektr uzatish shaxobchalari); 

mashina va jihozlar

o’lcham va nazorat qilish asboblari, qurilmalari va laboratoriya jihozlari

hisoblash texnikasi; 

transport vositalari (ichki va tashqi ishlab chiqarish) 


55 

qiymati eng kam oylik ish haqining 50 barobaridan ko’p bo’lgan asbob va 
moslamalar; 

ishlab chiqarish va xo’jalik inventarlari; 

xo’jalik ichidagi yo’llar. 
Asosiy fondlar tuzulmasini to’g’ri tashkil etish ishlab chiqarishning o’sishiga, 
tannarxning pasayishiga va korxona pul mablag’larining ortishga olib keluvchi shart 
sifatida qaraladi. 
Sanoatning turli tarmoqlariga tegishli korxonalarda asosiy ishlab chiqarish 
fondlari tuzulmasi bir xil bo’lmaydi. Masalan yengil va oziq – ovqat sanoatida 
binolar asosiy o’rin egalaydi (44-46%), yonilg’i sanoatida inshootlar (17-19%), 
elektro energetika sanoati korxonalarida uzatish qurilmalari (30-33%), 
mashinasozlik korxonalarida mashina va jihozlar asosiy o’rin egallaydi. 

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   173




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling