Navoiy davlat konchilik instituti ashurova n. B. Atamuradov sh
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
UZOQ
MUDDATLI AKTIVLAR Asosiy fondlar Nomoddiy aktivlar Kapital qo’yilmalar Uzoq muddatli moliyaviy qo’yilmalar 53 Ishlab chiqarish miqyosining o’sishi va boshqa ijobiy o’zgarishlar sharoitlarida, ba’zan korxonaning asosiy fondlari, jumladan, ishchi mashinalar va uskunalar, ishlab chiqarish binolari, qurilmalar va hokazolar yetmay qoladi. Bunday hollar ro’y berganda korxona shartnoma asosida o’ziga kerakli bo’lgan asosiy fondlarni yollaydi va ular ijaraga olingan hisoblanadi. Ijaraga beruvchi va ijaraga oluvchi o’rtasida yuzaga keluvchi mulk munosabatlari lizing deb ataladi (ingl. Lease - ijara). Asosiy fondlarning umumiy hajmida alohida guruhlarining qiymat bo’yicha o’zaro nisbati asosiy fondlarning turlar bo’yicha tuzilmasini aks ettiradi hamda amaliyotda foizlarda o’lchanadi. Korxona asosiy ishlab chiqarish fondlari tuzilmasining, birinchi o’rinda uning aktiv qismini - mashina va asbob-uskunalarni ko’paytirishga yo’naltirilgan takomillashtirishdan manfaatdor bo’lishi lozim. Ularning ulushi qanchalik yuqori bo’lsa, ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar miqdori shunchalik katta bo’ladi va aksincha. Korxona asosiy fondlarining turlar bo’yicha tuzilmasi, ko’p jihatdan kapital qo’yilmalarning texnologik tuzilmasi orqali, jumladan, ularning yangi qurilish va qayta ta’mirlash, amaldagi ishlab chiqarishni kengaytirish va qayta qurollantirish bilan avvaldan belgilab qo’yilgan bo’ladi. Asosiy fondlarning turlar bo’yicha tuzilmasiga ishlab chiqarishni ixtisoslashtirish va konsentratsiya qilish darajasi ham katta ta’sir o’tkazadi. Yirik korxonalar, ishlab chiqarishni fondlar bilan ta’minlashda va fan-texnika taraqqiyoti yutuqlaridan keng foydalanishda kichik va o’rta korxonalarga qaraganda ko’proq imkoniyatga ega. Biroq kichik korxonalar harakatchanroq, ularning boshqaruvi moslashuvchanroq bo’lib, natijada ishlab chiqarishni texnik jihatdan qayta qurollantirish osonroq kechadi. «Korxona iqtisodiyoti»ga ekspluatatsiya qilinayotgan asosiy fondlarning yoshi, birinchi o’rinda mashina va asbob-uskunalarning yoshi katta ta’sir ko’rsatadi. Hozirgi paytda mashina va sanoat uskunalarini yosh bo’yicha guruhlashda taxminan quyidagi muddatlardan kelib chiqiladi: 5 yilgacha, 5 yildan 10 yilgacha, 10 yildan 15 yilgacha, 15 yildan 20 yilgacha, 20 yildan 25 yilgacha va hokazo. Mashina va uskunalarning ekspluatatsiya muddati qanchalik yuqori bo’lsa, korxonaning ishlab 54 chiqarish quvvatlari shunchalik past bo’ladi, mahsulotlar sifati pasayadi, bekor turib qolish va talofatlar ko’payadi hamda aksincha. Bundan tashqari, korxona asbob- uskunalaridan uzoq vaqt mobaynida foydalanilganida ta’mirlash uchun ham ko’p xarajatlar sarflanadi. Download 5.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling