Navoiy davlat konchilik instituti ashurova n. B. Atamuradov sh


 - m a v z u . S a n o a t t a r m o q l a r i k o r x o n a l a r i n i n g i s h l a b


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet29/173
Sana16.09.2023
Hajmi5.01 Kb.
#1679669
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   173
3 - m a v z u . S a n o a t t a r m o q l a r i k o r x o n a l a r i n i n g i s h l a b
c h i q a r i s h f o n d l a r i v a i s h l a b c h i q a r i s h q u v v a t i
Darsning maqsadi:
Talabalarda asosiy fondlarning iqtisodiy mohiyati va 
tartibi, ishlab chiqarish vositalari va ularning tavsifi, asosiy fondlar amortizatsiyasi 
va ulardan foydalanish ko’rsatkichlari kabilarni asosiy tayanch so’z va iboralar 
hamda masalalar, muammoli savollar, krossvord va boshqotirmalar yechish orqali 
bilim va ko’nikmasini shakllantirishga ko’maklashishdan iborat. 
Asosiy ma’lumotlar 
3.1. Asosiy fondlarning iqtisodiy mohiyati va tarkibi 
Korxonalarning asosiy belgisi ularning o’zlariga tegishli mulkning 
mavjudligidir. Aynan shu narsa korxonalarning moddiy- texnik imkoniyatlarini 
belgilab beradi hamda ularning iqtisodiy erkinligi va kelajagini taminlaydi. 
Muayyan mulkdan foydalanmasdan hech bir korxona o’zining xo’jalik faoliyatini 
amalga oshira olmaydi.
Korxonalar egalik qiladigan mulk ko’chmas va ko’chirib bo’ladigan
mulklarga ajraladi. Ko’chmas mulkka yer uchastkalari, yer osti boyliklari, maxsus 
suv ob’ektlari va umuman yer bilan bog’liq bo’lgan buzilmas narsalar, shu jumladan 
o’rmonlar, ko’p yillik daraxtlar, inshootlar, binolar kiradi. Ko’chirib bo’ladigan 
mulkka ko’chmas mulkka kirmaydigan narsalar hamda pul mablag’lari va qimmatli 
qog’ozlar kiradi. 
Korxona mulkini aylanma aktivlar va uzoq muddatli aktivlarga ham ajratish 
mumkin. Bunda korxona mulkining nafaqat ijtimoiy ko’rinishi balki ishlab chiqarish 
jarayonidagi roli, ahamiyati va korxona iqtisodiyotiga tasiri ham hisobga olinadi. 
Uzoq muddatli aktivlar yirik va o’rta korxonalar mulkining 65-85% ini tashkil 
qiladi. Uning tuzilishi 3.1-chizmada keltirilgan.
Uzoq muddatli aktivlar korxona xo’jalik faoliyatida uzoq muddat mobaynida 
qatnashadi. Bu amortizatsiya jarayonining davomiyligi va aylanma tezligining 


52 
sekinligi bilan bog’liq. Shuning uchun ular uzoq muddatli yoki sekin aylanadigan 
aktivlar yoki immobilizatsiya fondlari deb ataladi.
Korxonalarda uzoq muddatli aktivlarning tuzilishi va tarkibi bir-biridan 
jiddiy farq qiladi. Biroq, barcha korxonalar uzoq muddatli aktivlari tarkibida asosiy 
fondlar salmoqli hissani tashkil etadi. 
3.1-chizma. Uzoq muddatli aktivlarning tuzilishi 
Asosiy fondlar - bu moddiy (ashyoviy) boylik bo’lib, o’zining tabiiy 
ko’rinishi, uzoq vaqt mobaynida o’zgartirmaydi hamda qiymatini ishlab 
chiqarilayotgan mahsulot qiymatiga qismlab o’tkazadi. 
Asosiy ishlab chiqarish fondlari umumiy ishlab chiqarishning moddiy-texnika 
bazasi hisoblanadi. Korxonaning ishlab chiqarish quvvati, mehnatning 
qurollanganlik darajasi asosiy ishlab chiqarish fondlarining hajmiga bog’liq. Asosiy 
fondlarning va mehnatning qurollanganlik darajasining oshishi mehnatga ijodiy 
xarakter bag’ishlaydi va jamoaning madaniy – texnik darajasini oshiradi. 
Iqtisodiyotning erkinlashtirilishi sharoitida asosiy fondlar ishlab chiqarish 
samaradorligini oshiruvchi, iqtisodiy o’sishni taminlovchi barcha omillar ichida 
asosiy o’rinni egalaydi. 
Asosiy fondlar jamiyat moddiy resurslarining asosiy qismini tashkil etadi. 
Ularning 65% dan ko’prog’i asosiy ishlab chiqarish fondlariga to’g’ri keladi. 

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   173




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling