Navoiy davlat konchilik instituti ashurova n. B. Atamuradov sh


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet34/173
Sana16.09.2023
Hajmi5.01 Kb.
#1679669
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   173
Jismoniy eskirish deganda asosiy fondlarning boshlang’ich iste’mol 
qiymatining bosqichma-bosqich yo’qolib borishi tushuniladi. Bunda nafaqat 
ularning ishlash jarayonidagi eskirishi, balki bekor turishi natijasida ham 
eskirganligi kiradi. Asosiy fondlarning fizik eskirishi asosiy fondlar sifatiga, 
ularning texnik takomillashganligiga, texnologik jarayonning xususiyatlariga
ularning ishlash vaqtiga, tashqi ta’sirlardan himoyalanganligiga hamda asosiy 
fondlarni parvarish qilish va ularga xizmat ko’rsatish darajasiga bog’liq. 
Asosiy fondlarning jismoniy eskirishi hatto ularning bir xil elementlarida ham 
har xil bo’ladi. Asosiy fondlarning to’liq va qisman eskirishi farqlanadi. Тo’liq 
eskirganda ishlab turgan, asosiy fondlar yo’qotiladi va joyiga yangisi (kapital 
qurilish yoki eskirgan asosiy fondlarni joriy almashtirish vositasida) keltiradi. 
Qisman eskirish ta’mirlash yo’li bilan qoplanadi. 
Asosiy fondlarning jismoniy eskirishi haqiqiy xizmat qilgan davrni 
normativdagi davrga bo’lish va 100 ga ko’paytirish yo’li bilan hisoblanishi mumkin. 
Nisbatan to’g’ri usul bu ob’ektning tabiiy holatini tekshirishdir. 
Ma’naviy eskirish bu - mashina va uskunalar qiymatining ularni takror ishlab 
chiqarish uchun ketadigan umumiy, zaruriy xarajatlarining qisqarishi, yangi va 
unumdor mashina va uskunalarning joriy qilinishi ta’sirida pasayishidir. Ushbu 
omillar ta’sirida asosiy fondlar o’zining texnik tavsifi va iqtisodiy samaradorligi 
jihatdan qoloq bo’lib qoladi, ya’ni ma’naviy eskiradi. 


59 
Iqtisodiyotning erkinlashtirilishi sharoitida korxonlarda asosiy fondlarni 
yangilashga ketadigan xarajatlarni qoplashning asosiy manbai ularning o’z 
mablag’lari hisoblanadi. Bu mablag’ asosiy fonddan foydalanish mobaynida 
amortizatsiya ajratmasi shaklida jamg’ariladi. 
Amortizatsiya - asosiy fondlar eskirishini mahsulotning ishlab chiqarish 
tannarxiga qismlab o’tkazish yo’li bilan yig’ilib boriladigan pul mablag’laridir. 
Amortizatsiya hisoblanadigan mulk tarkibiga O’zbekiston Respublikasini 
qonunchiligiga ko’ra qiymati eng kam oylik ish haqining 50 barobaridan ortiq 
bo’lgan va foydalanish muddati 1 yildan oshadigan mulklar kiradi. Yer uchastkalari, 
qazilma boyliklar, o’rmonlar va moliyaviy aktivlar bunga kirmaydi. Amortizatsiya 
ajratmasi so’mmasi asosiy fondning qiymatiga, undan foydalanish muddatiga va 
modernizatsiya xarajatlariga bog’liq. 
Amortizatsiyaning yillik so’mmasini asosiy fondlar qiymatiga nisbatan 
foizlarda ifodalash orqali uning normasi aniqlanadi. Amortizatsiya normasi asosiy 
fondlar yiliga o’zining balans qimatining qancha qismini mahsulot ishlab chiqarish 
tannarxiga qo’shayotganligini bildiradi.
Amortizatsiya normasini hisoblash quyidagi formula bo’yicha amalga 
oshiriladi: 

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   173




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling