Navoiy davlat konchilik instituti ashurova n. B. Atamuradov sh


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet80/173
Sana16.09.2023
Hajmi5.01 Kb.
#1679669
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   173
 
 
 
 


143 
Mavzuga oid ko’rgazmali materiallar 
Marketing dasturi majmui 
7.2-rasm. Biznes-rejada marketing dasturi 
 
 
 
7.3-rasm. Biznesda marketing sub’yektlari 
MARKETING 
ASOSIY 
SUB’EKTLARI
Prirovard 
iste’molchi
Ishlab chiqarish
Ulgurji savdo
Iste’molchi 
tashkilotlar
Chakana savdo
Marketing 
bo’yicha 
mutaxxasislar
Narx 
Tovar 
Kommunikatsiyalar 
Taqsimot 
Boshqalar 
Marketing majmui elementlarining 
bir-biriga bog‘liqligi
Marketing dasturining shakllanishi 
Marketing rejasi 


144 
 
7.4-rasm. Biznesda marketing 
 
 
 
 
 
 
 
MARKEТING
Mahsulotlarni
ishlab chiqarish
Sifat
Хarajatlar
Qo’yiladigan
talablar
Тalab
Тaklif
Mahsuloтlarni
soтish
Bozorni o’rganish
Talab
Taklif
Bozorga ta’sir
o’tkazish choralari
Sotuvni tashkil 
etish
Savdo
Reklama
SWOT
Atrof muhit (bozor)
Kompaniya, tashkilot
Strengths
(kuch, xususiyatlar)
Weaknesses
(sustlik, kamchiliklar)
Threats
(xavflar)
Opportunities
(imkoniyatlar)
7.5-rasm. Biznesda SWOT tahlili


145 
8 - m a v z u . S a n o a t k o r x o n a l a r i d a i s h l a b c h i q a r i s h
x a r a j a t l a r i
 
Mavzuning maqsadi:
Talabalarda tannarx - ishlab chiqarish sarflarini 
kamaytirish vositasi ekanligi, mahsulot (ish, xizmat) tannarxini hosil qiluvchi xarajat 
turlari, foyda va rentabellik, ularni hisoblash usullari kabilarni asosiy tayanch so’z 
va iboralar hamda masalalar, muammoli savollar yechish orqali bilim va 
ko’nikmasini shakllantirishga ko’maklashishdan iborat. 
Asosiy ma'lumotlar 
8.1. Ishlab chiqarish xarajatlari va mahsulot tannarxi 
Korxonalar faoliyat yuritish jarayonida moddiy va pul xarajatlarini 
sarflaydilar. Korxonaning umumiy xarajatlari ichida ishlab chiqarish xarajatlari eng 
katta salmoqqa ega. Ishlab chiqarish xarajatlari majmuasi korxonaga mahsulot 
ishlab chiqarish qanchaga tushishini ko’rsatadi, ya’ni mahsulotning ishlab chiqarish 
tannarxini tashkil qiladi. 
Korxonalar, shuningdek, mahsulotni sotish bo’yicha xarajatlarni, ya’ni ishlab 
chiqarishdan tashqari yoki tijorat (tashish, qadoqlash, saqlash, reklama qilish va 
hokazo) xarajatlarini ham amalga oshiradilar 
Ishlab chiqarish korxonalari mahsulotlarni sotish bilan bog’liq xarajatlarni 
ham amalga oshirishadi. Bunday xarajatlar ishlab chiqarishdan tashqari yoki tijorat 
xarajatlari ham deyiladi. 
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999 yil 5 fevraldagi 54-
son qarori bilan tasdiqlangan “Mahsulot (ish, xizmat) larni ishlab chiqarish va sotish 
xarajatlari tarkibi hamda moliyaviy natijalarni shakllantirish tartibi to’g’risidagi 
Nizom”ga muvofiq korxonalarning xarajatlari quyidagi guruhlarga bo’linadi: 
- mahsulotning ishlab chiqarish tannarxiga kiritiladigan xarajatlar
- ishlab chiqarish tannarxiga kiritilmaydigan, biroq asosiy faoliyatdan olingan 
foydada hisobga olinadigan hamda davr xarajatlariga kiritiladigan xarajatlar; 


146 
- korxona umumxo’jalik faoliyatidan olingan foyda yoki zararlarni hisoblab 
chiqishda hisobga olinadigan korxonaning moliyaviy faoliyati bo’yicha xarajatlari; 
- favqulodda zararlar. 
Mahsulot tannarxi - bu mahsulot birligiga to’g’ri keladigan ishlab chiqarish 
xarajatlaridir.
Mahsulot (ish, xizmat) larning ishlab chiqarish tannarxini hosil qiluvchi 
xarajatlar ularning iqtisodiy mazmuniga ko’ra quyidagi elementlar (xarajatlar 
moddalari) bilan gruhlarga ajratiladi: 
1. Ishlab chiqarish moddiy xarajatlari (qaytariladigan chiqitlar qiymati chiqarib 
tashlangan holda). 
2. Ishlab chiqarish xususiyatiga ega bo’lgan mehnatga haq to’lash xarajatlari. 
3. Ishlab chiqarishga tegishli bo’lgan ijtimoiy sug’urta ajratmalari. 
4. Asosiy fondlar va ishlab chiqarish ahamiyatiga ega bo’lgan nomoddiy 
aktivlar amortizatsiyasi. 
5. Ishlab chiqarish ahamiyatiga ega bo’lgan boshqa xarajatlar. 

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   173




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling