Navoiy davlat konchilik instituti ashurova n. B. Atamuradov sh


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet82/173
Sana16.09.2023
Hajmi5.01 Kb.
#1679669
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   173
Davr xarajatlari deganda bevosita ishlab chiqarish jarayoni bilan bog’liq 
bo’lmagan xarajatlar va sarflar tushniladi: boshqaruv xarajatlari, mahsulotni sotish 
xarajatlari va umumxo’jalik ahamiyatiga ega bo’lgan boshqa xarajatlar. 


149 
Korxonalarning umumxo’jalik xarajatlari quyidagilardan iborat: 
- kadrlar tayyorlash va ularni qayta tayyorlash xarajatlari (yangi tashkil 
etilayotgan korxonada ishlash uchun normalar doirasida va ulardan ortiqcha kadrlar 
tayyorlash va qayta tayyorlash bundan mustasno); 
- loyiha va qurilish-montaj ishlarida chala ishlarni bartaraf etish xarajatlarini 
qoplash, shuningdek ob’ekt qoshidgi omborgacha transportda tashish chog’idagi 
shikastlanishlar va buzilishlar, korroziyaga qarshi himoya nuqsonlari tufayli kelib 
chiqgan taftish xarajatlari (asbob-uskunalarni qismlarga ajratish) va shunga 
o’xshash boshqa xarajatlar yetkazib beruvchi va ishlarni bajarish shartlarini buzgan 
yuridik shaxslar hisobiga mazkur xarajatlar chala ishlar, shikastlanish yoki zarar 
ko’rish uchun javobgar bo’lgan yetkazib beruvchi yoki boshqa korxonalar hisobiga 
undirilishi mumkin bo’lmagan darajada amalga oshiriladi; 
- maslahat va axborot xizmatlariga haq to’lash, shu jumladan korxona 
mulkdorlaridan birining tashabbusi bo’yicha o’tkazalidagan auditorlik xizmatlariga 
haq to’lash; 
- o’zining xizmat ko’rsatuvchi ishlab chiqarishlari va xo’jaliklarni saqlashdan 
ko’rilgan zararlar; 
- salomatlikni muhofaza qilish va xodimlarning ishlab chiqarish jarayonida 
bevosita qatnashuvi bilan bog’liq bo’lmagan dam olishlarni tashkil etish tadbirlari; 
- korxona tomonidan mahsulot ishlab chiqarish bilan bog’liq bo’lmagan ishlar 
va xizmatlarni (shahar va shaharchalarni obodonlashtirish ishlari, qishloq 
xo’jaligiga yordam berish va boshqa xil ishlarni) bajarish xarajatlari; 
- kompensatsiya va rag’batlantirish tusidagi to’lovlar (vaqtincha mehnat 
layoqatini yo’qotgan taqdirda qonun hujjatlari bilan belgilangan, haqiqiy ish haqi 
miqdorigacha qo’shimcha haq va boshqalar); 
- ish haqini hisoblashda hisobga olinmaydigan to’lovlar va xarajatlar 
(qonunchilikka muvofiq bolani ikki yoshga to’lgungacha parvarish qilish bo’yicha 
har oylik nafaqani to’lash bo’yicha xarajatlar; pensiyaga ustamalar; pensiyaga 
chiqayotgan mehnat faxriylariga bir yo’la to’lanadigan nafaqalar; xodimlarga 
to’lanadigan moddiy yordam); 


150 
- sog’liqni saqlash ob’ektlari, qariyalar va nogironlar uylari, bolalar 
maktabgacha tarbiya muassasalari, sog’lomlashtirish lagerlari, madaniyat va sport 
ob’ektlari, xalq ta’limi muassasalari, shuningdek uy-joy fondi ob’ektlari ta’minotiga 
(shu jumladan barcha turdagi ta’mirlash ishlarini o’tkazishga amortizatsiya 
ajratmalari va xarajatlarni ham qo’shgan holda) joylardagi davlat hokimiyati 
organlari tomonidan belgilangan normativlar doirasidagi va ulardan ko’proq 
xarajatlar; 
- vaqtincha to’xtatib qo’yilgan ishlab chiqarish quvvatlari va ob’ektlarini 
saqlash xarajatlari (boshqa manbalardan qoplanadigan xarajatlardan tashqari); 
- bank va depozitariy xizmatlariga to’lovlar; 
- ekologiya, sog’lomlashtrish va boshqa xayriya jamg’armalariga, madaniyat, 
xalq ta’limi, sog’liqni saqlash, ijtimoiy ta’minot, jismoniy tarbiya va sport 
korxonalari, muassasalari va tashkilotlariga badallar; 
- byudjetga majburiy to’lovlar, soliqlar, yig’imlar, amaldagi qonunchilikka 
muvofiq to’lanadign va korxona xarajatlariga qo’shiladigan maxsus byudjetdan 
tashqari jamg’armalarga ajratmalar
- zararlar, jarimalar, penyalar (bekor qilingan ishlab chiqarish buyurtmalari 
bo’yicha yo’qotishlar; moddiy boyliklarning tabiiy yo’qolishi normalari doirasidagi 
va normalardan ko’proq, bevostita ishlab chiqarish jarayoniga tegishli bo’lmagan 
yo’qotishlar hamda kamomadlar; sud xarajatlari; to’lanishi shubhali qarzlar 
bo’yicha zahiraga ajratmalar va boshqalar); 
- boshqa operatsiya xarajatlari. 
Korxonalarning moliyaviy faoliyati bilan bog’liq xarajatlarga quyidagilar 
kiradi: 
- Respublika Markaziy banki tomonidan belgilangan hisob stavkalari 
doirasida va ulardan yuqori doirada qisqa muddatli hamda uzoq muddatli kreditlar 
bo’yicha, shu jumladan to’lov muddati o’tgan va uzaytirilgan ssudalar bo’yicha 
to’lovlar; 
- mol-mulkni uzoq muddatli ijaraga olish (lizing) bo’yicha foizlarni to’lash 
xarajatlari; 


151 
- chet el valyutasi bilan operatsiyalar bo’yicha salbiy kurs tafovutlari va 
zararlar; 
- sarflangan (qimmatli qog’ozlarga, shu’ba korxonalarga va hokazolarga) 
mablag’larni qayta baholashdan ko’rilgan zararlar; 
- o’z qimmatli qog’ozlarini chiqarish va tarqatish bilan bog’liq xarajatlar; 
- moliyaviy faoliyat bo’yicha boshqa xarajatlar, shu jumladan salbiy diskont. 
Favqulodda zararlar - bu korxonalarning odatdagi faoliyatidan chetga 
chiquvchi hodisalar yoki operatsiyalar natijasida paydo bo’ladigan va ro’y berishi 
kutilmagan odatdan tashqari xarajatlar moddalaridir.

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   173




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling