Navoiy davlat konchilik instituti ashurova n. B. Atamuradov sh


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet90/173
Sana16.09.2023
Hajmi5.01 Kb.
#1679669
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   173
DХ+BD-BZ, bunda: AFF - asosiy faoliyatdan olingan foyda; DХ - davr xarajatlari;
BD - asosiy faoliyatdan olingan boshqa daromad; BZ - asosiy faoliyatdan 
ko’rilgan boshqa zararlar; 


163 
- umumxo’jalik faoliyatidan olingan foyda - bu asosiy faolyatdan olingan 
foyda summasi plyus moliyaviy faoliyatdan ko’rilgan daromadlar va minus 
xarajatlar ko’rinishida bo’ladi: UF=AFF+MD-MХ, bunda: UF - umumxo’jalik 
faoliyatdan olingan foyda; MD - moliyaviy faoliyatdan olingan daromadlar; MХ - 
moliyaviy faoliyat xarajatlari; 
- soliq to’langungacha olingan foyda - bu umumxo’jalik faoliyatidan olingan 
foyda plyus favqulodda (ko’zda tutilmagan) vaziyatlardan ko’rilgan foyda va minus 
zarar ko’rinishida bo’ladi: SТF= UF+FF-FZ, bunda: SТF - soliq to’langungacha 
olingan foyda; FF - favqulodda vaziyatlardan olingan foyda; FZ - favqulodda 
vaziyatlardan ko’rilgan zarar 
- yilning sof foydasi - bu soliq to’langandan keyin korxona ixtiyorida 
qoladigan foyda. U soliq to’langungacha olingan foydadan foyda (daromad) dan 
to’lanadigan soliqni va qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa soliqlar va 
to’lovlarni chiqarib tashlagan holda aniqlanadi: 
SF=SТF-DS-BS, bunda: SF - sof foyda; DS - foyda (daromad)dan 
to’lanadigan soliq; BS - boshqa soliqlar va to’lovlar 
Demak, foyda korxona xo’jalik faoliyatidan olingan daromadlarning 
xarajatlardan ortiq bo’lganligidan, ya’ni ijobiy moliyaviy natijaga erishilganidan 
darak beradi. Uning miqdori, asosan, ikkita ko’rsatkichga - mahsulot narxi va uni 
ishlab chiqarish xarajatlariga bog’liq. 
Erkin raqobat sharoitida mahsulotga narx uni ishlab chiqaruvchi yoki uni 
xarid qiluvchining hohishiga qarab past yuqori qo’yilmaydi. Mahsulot narxi erkin 
bozorning narxlashtirish qonuniyatlari ta’siri ostida, avtomatik ravishda belgilanadi. 
Korxonaning ishlab chiqarish faoliyatidan oladigan foydaning miqdori ichki 
va tashqi omillardan bog’liq. Ichki omillarga yangi texnika va texnologiyalarni joriy 
etish, xo’jalik yuritish darajasi, rahbariyat va menejerlarning bilimdonligi 
(omilkorligi), mahsulotning raqobatbardoshligi, ishlab chiqarishni va mehnatni 
tashkil etish darajasi kiradi. Korxona faoliyatiga bog’liq bo’lmagan tashqi omillarga 
bozor konyunkturasi, ishlab chiqarish uchun zarur bo’lgan moddiy-texnik 
resurslarning narxi, amortizatsiya normalari, soliq solish tizimi va boshqalar. 


164 
Korxona faoliyatiga ob’ektiv baho berishda, takror ishlab chiqarish 
jarayonlarining ayrim bosqichlarida xarajatlar bilan natijalarni qiyoslashda ma’lum 
bir iqtisodiy ko’rsatkichlardan foydalanish zarur bo’ladi. Ular qatoriga rentabellik 
ko’rsatkichi ham kiradi. 
Rentabellik - korxonalar tijorat hisobi faoliyatining iqtisodiy samaradorligi 
ko’rsatkichlaridan biridir. Foydalalik ishlab chiqarish faoliyatining ma’lum muddati 
(yil, chorak) davomida serdaromadlik (zarar keltirmaslik) xususiyatini anglatadi. U 
xo’jalik faoliyatining pirovard natijalarini to’g’ri baholashga va korxonadagi 
mavjud resurslardan samarali foydalanishning iqtisodiy manfaatdorligini yo’lga 
qo’yishga imkon bradi. 
Amaliyotda tadbirkor va investorni qiziqtiradigan rentabellikning quyidagi 
ko’rsatkichlari hisoblanadi: 
- xo’jalik faoliyatini yuritishga solingan aktivlar rentablligi; 
- mahsulotni sotish rentabelligi
- o’z kapitali (mablag’i) rentabelligi; 
- xarajatlar rentabelligi; 
- bir dona aksiya rentabelligi. 
Korxona faoliyatini yuritishga solingan aktivlar rentabelligi (A
rent
) - bu sof 
foydaning qo’yilgan barcha mablag’lar, ya’ni aktivlarning 1 so’miga to’g’ri 
keladigan ulushidir. U sof foydaning (SF) umumiy aktiv (A)ning o’rtacha yillik 
summasiga nisbati ko’rinishid aniqlanadi: 

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   173




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling