Navoiy davlat konchilik instituti ashurova n. B. Atamuradov sh
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Тayanch iboralar
- Тakrorlash uchun savollar
A
rent = SF / A. Mahsulotni sotish rentabelligi (S rent ) - bu sotilgan mahsulot birligiga to’g’ri keladigan foyda ulushini, ya’ni sotilgan mahsulotning samaradorlik darajasini tavsiflaydi. U yalpi foyda samarasining (YaF) mahsulot sotishdan tushgan sof pul tushumiga yoki daromadga (SPТ/D) nisbati ko’rinishida hisoblanadi: S rent = YaF / D. Korxonaning o’z kapitali rentabelligi (O’K rent ) - bu sof foydaning korxona o’z kapitali (mablag’i) 1 so’miga to’g’ri keladigan ulushidir. U sof foydaning (SF) korxona o’z kapitalining o’rtacha yillik summasiga nisbati ko’rinishida aniqlanadi: 165 O’K rent = SF / O’K. Aksionerlik jamiyatining bir dona aksiyasi rentabelligi (AK) - sof foydaning korxona aksiyalari (A K ) soniga nisbati ko’rinishida hisoblanadi. Bu ko’rsatkich korxonaning bozordagi faolligini tavsiflaydi. AK rent = SF / A K. Rentabellikning barcha ko’rsatkichlari korxonaning barqarorligini aniqlashga, uning ishlab chiqarish samaradorligini oshirishga va bozordagi raqobat bardoshliginpi ko’tarish bo’yicha tadbirlarni belgilashga xizmat qiladi. Тayanch iboralar: xarajatlar, moddiy xarajatlar, mehnatga haq to’lash bilan bog’liq bo’lgan xarajatlar, foyda, yalpi foyda, foydani taqsimlash tamoyillari, rentabellik, rentabellik ko’rsatkichlari, aktivlar rentabelligi, xususiy capital rentabelligi, sotish rentabelligi, bitta aksiya daromadi. Тakrorlash uchun savollar 9. Samara va samaradorlik tushunchalarini izohlab bering. 10. Ishlab chiqarish samaradorligining mohiyati nimada va u korxona umumiy faoliyati samaradorligidan qanday farq qiladi? 11. Samaradorlikning qanday turlarini bilasiz? 12. Korxona faoliyati samaradorligini oshirishning asosiy yo‘llari va omillarini sanab bering? 13. Ishchi kuchidan foydalanish samaradorligining mazmuni nimadan iborat? 14. Xususiy va qarzga olingan mablag‘lar nisbati koeffitsiyentining korxonadagi o’rni nimadan iborat? 15. Moliyaviy mustaqillik koeffitsiyentining mohiyati nimadan iborat? 16. Moliyaviy natijalarning qanaqa ko’rsatkichlarini bilasiz? 17. Rentabellikning iqtisodiy mohiyatini oching. 18. Samaradorlik ko’rsatkichlari qanday hisoblanadi? Download 5.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling