Navoiy davlat konchilik instituti ashurova n. B. Atamuradov sh


Korxonaning narxlashtirish strategiyasini quyidagi 5 omil aniqlaydi


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet99/173
Sana16.09.2023
Hajmi5.01 Kb.
#1679669
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   173
Korxonaning narxlashtirish strategiyasini quyidagi 5 omil aniqlaydi:

aniq xarajatlar va foydasi;

raqobatchilar mahsulotidagi iste’molchini qiziqtiruvchi xususiyatlar;

haridorlar talabidagi farqlar;

raqobatchilarning harakatlari;

korxona marketing maqsadlari.
Bu omillarni ro’yobga chiqarishda baho strategiyasi muhim o’rin tutadi. 
Amaliyotda baho strategiyasi xarajatlar, talab va raqobatga asoslangan bo’ladi. 
Хarajatlarga binoan mahsulot bahosini aniqlashda marketologlar ishlab chiqarish 
xarajatlari, muomala sarflari va ko’shimcha xarajatlarga xohlagan foydani 
qo’shadilar. Тalabni o’rganishga asoslangan baho strategiyasida marketologlar 
bozorda iste’molchilar xohishi va istaklarini tahlil qilib, ularga mos narx o’rnatadi. 
Raqobatga asoslangan baho strategiyasi bo’yicha mahsulotga bozordagidan baland 
yoki past narx belgilanishi mumkin. Unda asosiy e’tibor tovarning 
raqobatchilarnikiga qaraganda afzallik tomonlariga, servis va raqobat muhitiga 
qaratiladi.
 
10.2 Narx belgilash strategiyasi va maqsadi 
Narx belgilash strategiyasini yaratish va tadbiq etish quyidagi bosqichlarni 
o’z ichiga oladi: 
- narx belgilash maqsadini qo’yish; 


177 
- narx siyosatini yaratish; 
- narx strategiyasini tanlash va tadbiq etish; 
- narxlarni to’g’rilash mexanizmini yaratish. 
  
Bozor sharoitida faoliyat ko’rsatuvchi har qanday tashkilotning narx belgilash 
maqsadi asosan quyidagilarga qaratilgan: 
- savdo hajmini oshirish; 
- joriy foydani oshirish; 
- raqobat sharoitida yashab qolishni ta’minlash. 
Narx belgilashda boshqa maqsadlar ham qo’yilishi mumkin, masalan: 
- uzoq muddatli foydani maksimallashtirish; 
- bozorni barqarorlashtirish (turg’unlashtirish); 
- mo’ljalni o’rta haridorga qaratish; 

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   173




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling