Navoiy davlat konchilik instituti ashurova n. B. Atamuradov sh
Тashkiliy tuzilmalar turlari
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
11.2. Тashkiliy tuzilmalar turlari
Тashkiliy tuzilmalar juda turli-tuman, lekin ular umumiy izchil bog’liqlikka ega va qonuniyatlarga bo’ysunadi. Boshqarishning tashkiliy tuzilmasining asosiy to’g’ri chiziqli va funksional turlaridir. Ular birikishi asosida turli xil chiziqli-funksional tuzilmalar tarkib topadi. A. Chiziqli B. Funksional Р Б 1 У 1 У 2 Б 2 У 3 Ф1 Ф2 Ф5 Ф4 Ф3 191 C. Chiziqli shtabli D. Chiziqli funksional 11.1-rasm. Boshqaruvning tashkiliy tuzilmalari. Shartli belgilar: R - rahbar, B - boshliq, U - usta, F - funksional rahbar, Sh - shtab, 1,1; 1,2;1,3 - funksional bo’limlar. Chiziqli tuzilma uning quyi boshqaruv bo’g’inlari yuqori bosqichdagi rahbarga bevosita buysunishi bilan tavsiflanadi. Chiziqli tuzilmada har bir xodim Р Б1 У1 Б2 У2 Ш Р Ф 1 1,1 Р 2 У 1 У 2 У 3 Ф 2 2,1 Ф 3 3,1 Ф 4 4,1 192 bitta rahbarga buysunadi va yuqori tizim bilan faqat u orqali bog’langan bo’ladi. chiziqli tuzilmaning ijobiy tomonlari uning oddiy, ishonchli, kamharjligidir. Har bir rahbar butun mehnat jamoasi faoliyati natijalari bo’yicha javobgar. Bu strategik va joriy qarorlarni qabul qilish huquqi markazlashishiga olib keladi. Chiziqli tuzilmalarni hal etiluvchi masalalar doirasi keng bo’lmagan, bu masalalar yechilishi oson bo’lgan hollarda qo’llash maqsadga muvofiqdir. Sof holda chiziqli boshqaruv juda kam, asosan, brigada, bo’lim, shirkat, kichik korxonalarda qo’llaniladi. Chiziqli tuzilmaning asosiy kamchiligi bo’g’inlar koordinatsiyasi puxta bo’lmaydi. Rahbar universal mutaxassis bo’lishi va unga buysunuvchi barcha bo’g’inlar faoliyatining hamma tomonini qamrab olishi lozim. Funksional tuzilma - boshqaruv vazifalarining funksional bo’g’inlar va rahbarlar o’rtasida taqsimlanishiga asoslanadi. U boshqaruv murakkablashuvi va ixtisoslashuv rivojlanishi bilan bog’liq holda vujudga kelgan. Funksional tuzilmada boshqaruvchi ko’rsatmalar nisbatan malakali bo’ladi, lekin yakka boshchilik tamoyiliga rioya qilinmaydi. Funksional bo’g’inlar soni ortishi bilan har bir bo’g’in mustaqil ravishda hal etuvchi masalalar doirasi torayib boradi. Muammoning mohiyati xar bir bo’g’in o’z masalasini birinchi navbatda xal qilishdan manfaatdor bo’lishida emas, balki bitta ham bo’g’in bu masalani yetarli darajada asoslangan holda va to’g’ri hal kila olmasligi, yechimlar maydalashib, to’liq bo’lmay qolishidadir. Bu boshqaruvni marakkablashtirib, uning samaradorligini kamaytiradi. Chiziqli tuzilmani tashkil etish va funksional tuzilmaning kamchiliklari qo’shma, biriktirilgan tuzilmalar - chiziqli-shtabli, chiziqli-funksional va boshqa tuzilmalar vujudga kelishiga sabab bo’ldi. Chiziqli-shtabli tuzilmada chiziqli tuzilma asos qilib olinadi, lekin boshqaruvning quyi bo’g’inga ega xar bir bo’g’inida ayrim muhim muammolar bo’yicha shtablar tuziladi. Shtablar malakali qarorlar tayyorlaydilar, lekin chiziqli tuzilma rahbari tasdiqlab, quyi darajaga yuboradi. U shtab tavsiyalarini 193 koordinatsiya qiladi, muvofiqlashtiradi va natijada boshqaruv sifati yaxshilanadi, lekin vazifalar miqdori ko’p bo’lsa. Lekin, vazifalar miqdori ko’p bo’lsa, chiziqli tuzilma rahbari vazifalari xam ortadi. Shu sababli, amaliyotda boshqa qo’shma tuzilmalar vujudga keldi. Ular orasida eng keng tarqalgani chiziqli-funksional tuzilmadir. Chiziqli-funksional tuzilmada, funksional zvenolar quyi turgan bo’linmalarga o’zlari buyruq bera oladilar, lekin ular kompetensiyasiga taaluqli bo’lgan aniq belgilangan savollar bo’yicha. Masalan, rejalashtirish - iqtisodiy bo’limi sex boshligiga rejalashtirishni rivojlantirish savollari bo’yicha buyruq berishi mumkin, Zavodning bosh buxgalteri esa sexda hisob va hisobotni yaxshilash bo’yicha va h.k. Chiziqli funksional tuzilmasining ustunligi uning boshqaruv tamoyillarini buyruq berishning yagonaligi tamoyili bilan uzviyligidadir. Lekin bu ustunlik tuzilmada aloqalarning murakkab tiplari mavjud: loyiha bo’yicha boshqarish; matritsali tuzilma va boshqalar. Loyiha bo’yicha boshqarish ishlab chiqarish texnologiyasining o’zgarishi bilan bog’liq qayta qurishlar va yangi texnologiyalar kiritilishi zarur bo’lgan korxona va tashkilotlarda qo’llaniladi. Bunday qayta qurishni amalga oshirish uchun faqatgina shu loyihaga javob beruvchi boshqaruv organi tuziladi. Boshqaruvning loyiha bo’yicha organi vaqtinchalik tashkilot hisoblanadi. Unga yuklatilgan vazifalar amalga oshirilgandan so’ng u tugatiladi. Matritsali tuzilma chiziqli va loyiha bo’yicha boshqaruv tuzilmalarining birlashtirilishi natijasida ko’riladi. Chiziqli boshqaruv tamoyili saqlanib qolinadi, loyiha bo’yicha boshqarishga mos ravishda esa mavzularni, ilmiy izlanishlar bo’yicha dasturlar, loyihalashtirish texnologik tayyorgarlik eksperimental ishlab chiqarish mahsulotini tayyorlash, sotish va h.k.lar tashkil qilinadi. Boshqaruvni tashkil qilishning matritsali tuzilmasida loyiha yoki dastur rahbarlarining faoliyati erkinligi ta’minlanadi, ular oldiga quyilgan masalalar maqsadli xal qilinadi. Ishni tashkil qilish bo’yicha rahbarning ma’suliyati aniqlanadi, ularning bajarilish muddati, yakuniy natijalar bo’yicha rahbarning ma’suliyati aniqlanadi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida boshqaruv apparatini 194 belgilangan darajada qisqartirishga, boshqaruvning xar-xil darajalari va xar bir zveno chegarasida alohida darajalarning vazifalari va funksiyalarini aniq ajratish, xalq xo’jaligi, korxonalar (firmalar) tarmoqlarining xo’jalik mustaqilligini ta’minlashga imkon beradigan yangi tashkiliy tuzilmalar tuziladi. Download 5.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling