Navoiy davlat konchilik instituti ashurova n. B. Atamuradov sh
Bosh maqsad Asosiy maqsad
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
Bosh maqsad
Asosiy maqsad b o 2 b 196 oldida turgan maqsad va vazifalar rahbarlar va mutaxassislar tarkibini asoslashga imkon beradi, vazifalar nomenklaturasi esa tuzilmali bo’linmalar xodimlari o’rtasidagi vazifalar taqsimlanishidir. Тashkiliy tuzilmani loyihalashtirishning mustaqil usuli bo’lib tashkiliy- iqtisodiy modellashtirish hisoblanadi. Uning asosida ijro etuvchilarning vakolatlari va ma’suliyatining taqsimotining grafik, matematik, maketli-devoriy tasviri yotadi. Boshqaruv tashkiliy tuzilmasini shakllantirishda boshqaruv pog’onalari va zvenolari soni, chiziqli va funksional boshqaruvning markazlashuvi darajasi, boshqaruv bo’limi va funksiyalari tarkibi, bitta rahbarga to’g’ri keladigan buysunuvchilar sonini asoslash zarur. Boshqaruv tizimsida pog’onalar qancha ko’p bo’lsa buyruqni yuqoridan pastga va axborotni pastdan yuqoriga uzatish shuncha qiyin bo’ladi. Buyruqni va axborotni uzatish jarayonida buzilishning xavfi shunchalik yuqori bo’ladi. Shuning uchun boshqaruv tashkiliy tuzilmasini loyihalashtirish va mukammallashtirishda boshqaruv pog’onalari soni optimal bo’lishiga intilish zarurdir. Har qanday tashkiliy tuzilmaning sifati uning shakllantirishda quyidagilarga qanchalik amal qilingani bilan aniqlanadi: – tizimli yondashuv, ya’ni boshqaruv ob’ekti va organiga ta’sir qiluvchi iloji boricha hamma faktorlarni hisobga olish; – boshqaruv markazlashuvi va birlamchi bosqichlar mustaqilligining optimal birligi; – oliy rahbarlar to’g’ridan-to’g’ri ijro etuvchiga axborotni borishi va vaqtning maksimal qisqarishi; – loyihalashtirilayotgan tuzilmada xar bir tarkibiy qismning funksiyasi vazifasi va huquqini to’g’ri aniqlash; – boshqaruv tizimsidagi o’zgarishlarga javob qaytarishning imkoniyati; – xar bir aniq holat bo’yicha qaysi bo’linmada axborot ko’p bo’lsa shu savolni yechish bo’yicha bo’linmaga vakolat berish. Boshqaruv apparati tuzilmasiga asosiy talab uning tezkorligidadir. Apparat tuzilmasi shunchalik darajada egiluvchan va oddiy bo’lishi kerakki boshqaruv 197 tizimsida qaror qabul qilish va uni amalga oshirish kerak. Тezkorlik bilan faoliyat yurgizishning ishonchliligiga bog’liqdir. Bu degani boshqaruv apparati axborot uzatishning to’g’riligiga kafolat berish uzatilayotgan ma’lumotlarning buzilishiga yo’l qo’ymasligi kerak, boshqaruv tizimsida aloqaning uzluksizligini ta’minlash kerak. Ishlab chiqarishni boshqarish tizimini takomillashtirib borish mulkchilik shakli, faoliyat natijasi va yuzaga kelgan tashkiliy tuzilmaning qandayligidan qat’i nazar, har bir korxona uchun muhim vazifa hisoblanadi. Ushbu vazifani muvaffaqiyatli hal qilish korxonalarga, birinchi o’rinda, boshqaruv tizimining samaradorligini oshirishga, ikkinchidan, xarajatlarni kamaytirish va ishlab chiqarish faoliyatining iqtisodiy ko’rsatkichlarini yaxshilashga imkon yaratadi. Bugungi kunda boshqaruv tizimini mukammallashtirish sohasida quyidagi tendentsiyalar yuzaga kelmoqda: boshqaruv faoliyatining maqsadli tavsifini kuchaytirish; boshqaruvning moslashuvchan tuzilmalarini yaratish va boshqaruv apparatining faoliyatini yaxshilash, jumladan, ortiqcha boshqaruv bo’g’inlarini qisqartirish hisobiga; ishlab chiqarishni boshqarishda jamoalar rolining o’sishi va ularning yuqori natijalarga erishishga yo’naltiriliganligi; mehnat faoliyati ijtimoiy sharoitlarining yaxshilanishi. Bu tendentsiyalarga asosan korxonalarning boshqaruv organlari tuzilmalarini takomillashtirish yo’nalishlari ham aniqlanib, ularga avvalo sifat ko’rsatkichlari asos qilib olingan. Bu ko’rsatkichlar qatoriga quyidagilarni kiritish mumkin: Download 5.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling