Navoiy davlat konchilik instituti ashurova n. B. Atamuradov sh


 0 - m a v z u . M a x s u l o t n a r x i v a n a r x s h a k l l a n i s h i


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet96/173
Sana16.09.2023
Hajmi5.01 Kb.
#1679669
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   173
1 0 - m a v z u . M a x s u l o t n a r x i v a n a r x s h a k l l a n i s h i
Mavzuning maqsadi:
Talabalarda maxsulot narxining tuzilishi, narx siyosati, 
- xom ashyo, ish haqi, transport, reklama kabilarga bo’lgan sarflar kabilarni asosiy 
tayanch so’z va iboralar hamda masalalar, muammoli savollar orqali bilim va 
ko’nikmasini shakllantirishga ko’maklashishdan iborat. 
10.1 Narx nazariyasi va narx turlari 
Narx — bozor mexanizmining muhim tarkibiy unsurlaridan biri. U oʻzining 
vazifalari orqali barqaror iqtisodiyotning shakllanishi hamda samarali amal 
qilishiga, bozor muvozanatining taʼminlanishiga, milliy daromadning iqtisodiyot 
turli tarmoq va sohalari, xoʻjalik yurituvchi subʼektlari boʻyicha taqsimlanishiga
aholining ijtimoiy jihatdan himoya qilinishiga sharoit yaratadi. Shuningdek, u ishlab 
chiqaruvchilarni ragʻbatlantirib, sogʻlom raqobat muhitining yaratilishiga katta 
taʼsir koʻrsatadi. 
Narx, baho — tovar qiymatining puldagi shakli, bozor iqtisodiyotida amal 
qiluvchi iqtisodiy dastak. Iqtisodiy tafakkur tarixidagi ayrim qarashlarda narxni 
qiymatning mehnat nazariyasiga asoslanib talqin qilishgan, unga qiymatning 
puldagi ifodasi deb qaralgan. 21-asr boshlaridagi nazariyalar narxni pulning 
miqdoriy nazariyasi asosida izoxlab, narxga harajatlar, tovarning nafliligi va raqobat 
taʼsir etishini eʼtirof etadi. narxni qiymat belgilaydi, ammo u aniq bir qiymatdan 
yuqori yoki past boʻlishi mumkin, bu esa bozordagi muayyan tovarga boʻlgan talab 
va taklift bogʻliq. narx faqat qiymatni emas, balki talab va taklif, shuningdek, 
tovarning ijtimoiy foydaliligi, sifati va boshqa tovarlar oʻrnini bosa olishi, 
muomaladagi pulning harid qobiliyatiga ham bogʻliq. Binobarin, narx qiymatdan 
miqdoran farqlanadi. Mahsulot tannarxi har qanday narxning asosi boʻlib, 
mahsulotning hayotiy sikli davomida uning narxidagi oʻzgarishlarga katta taʼsir 
koʻrsatadi. narx miqdori harajatlarga va tovar sifatiga toʻgʻri mutanosiblikda, 
rakrbatning shiddatiga esa teskari mutanosiblikda turadi.
Bozor iqtisodiyotida narx bir nechta vazifalarni bajaradi:


172 
1) hisob-kitob va oʻlchov vazifasi —narx vositasida qilingan harajatlar, 
olingan natijaning puldagi miqdori aniqlanadi. Harajatlar ishlatilgan resurslar 
miqorini uning narxiga koʻpaytirish opqali hisoblanadi;
2) ragʻbatlantirish vazifasi — narx ning oʻzgarishi ishlab chiqarish hajmini 
oʻzgartiradi. Talab narxga nisbatan teskari mutanosiblikka ega. Narx pasaysa talab 
ragʻbatlantiriladi, aksincha, narx oshsa (boshqa shar-tsharoit oʻzgarmagan taqdirda) 
taklif ragʻbat oladi. Narxdagi oʻzgarish ishlab chiqaruvchilar va isteʼmolchilarga 
ishtiyoq bagʻishlaydi;
3) raqobat vositasi vazifasi — narx raqibni bozordan siqib chiqarish va 
bozorda oʻz mavqeini mustahkamlash uchun ishlatiladi. Raqobatchilar narxni 
oʻzgartirib turish, uni sharoitga qarab turlicha belgilash orqali oʻzaro bellashadilar. 
Narx raqobatlashuvning iqtisodiy vositasi hisoblanadi;
4) iqtisodiyotni tartiblash vazifasi — narx bozor mexanizmidagi asosiy 
iqtisodiy dastak yoki vosita, narx oʻzgarishiga qarab nimani va qancha ishlab 
chiqarish kerakligi aniqlanadi. Muayyan tovarlar narxining oshishi ularni koʻplab 
ishlab chiqarish kerakligini bildiradi, aksincha, narxning pasayishi tovar ishlab 
chiqarishni kamayishi yoki umuman toʻxtatilishi lozimligini anglatadi. Narxga 
qarab bozori kasod tovarlardan voz kechilib, bozori chaqqon tovarlarni ishlab 
chiqarishga oʻtiladi. Bu esa resurslarning bir sohadan ikkinchisiga oqib oʻtishiga, 
eski soha qisqarib, yangi sohaning tez rivojlanishiga olib keladi. Narx resurslarni 
qayta taqsimlash orqali iqtisodiyotni tartiblaydi. 
Iqtisodiyotning turli tarmoqlarida tovarlar va xizmatlar oldi-sotdisida 
qo’llanilishi narx tizimini yaratadi. Milliy iqtisodiyot holatini hisoblashda joriy va 
qiyosiy narxlar qoʻllaniladi. Joriy narxlar amaldagi narxlar boʻlib, ular yordamida 
yil davomidagi ishlab chiqarish natijalari hisoblanadi. Qiyosiy narxlarda maʼlum yil 
asos qilib olinib, ishlab chiqarishning natijalari shu narxda hisoblanadi va boshqa 
yillar bilan taqqoslanadi. Joriy narxlar inflyasiya tufayli oʻzgarishi va real iqtisodiy 
natijani koʻrsatmasligi sababli yalpi milliy mahsulot, milliy daromad, real ish haqi 
va shu kabi koʻrsatkichlar dinamikasi qiyosiy narxlarda hisoblanadi. 


173 
Narx qaysi bozorda amal qilishi, kimga moʻljallanganligi va qaysi maqsadni 
koʻzlashiga qarab bir necha turlarga boʻlinadi. 

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   173




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling