Navoiy davlat konchilik instituti ashurova n. B. Atamuradov sh
- narxlarni o’ta oshishidan raqobatchilarni to’xtatib turish va boshqalar
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
- narxlarni o’ta oshishidan raqobatchilarni to’xtatib turish va boshqalar.
Savdo hajmini oshirishga qaratilgan narxlar bozor vaziyati, talab va taklif holati yoki sotuvni istalgan o’sishiga muvofiq belgilanish mumkin. Savdo hajmi tovarga bo’lgan talabga to’g’ri bog’liqdir. Тalab va narx oddiy vaziyatda teskari proporsional bog’liqlikda bo’ladi (talab qonuni). Narxga talabning sezgirlik darajasi narx ravonligi koeffitsiyenti bilan aniqlanadi. Narx belgilashning ushbu maqsadi tanlanganda dori vositalariga ravon talab bor-yo’qligini hisobga olish lozim. Тalab ravonligini baholash uchun uni turli narxlarda o’lchanadi yoki haridorlarning maxsus so’rovi o’tkaziladi. Agar dori vositalari talab kam ravon bo’lsa ([Ye D ]<1), unda bu quyidagi sharoitlar bilan bog’liq bo’lishi mumkin: - tovarga o’rinbosar yo’q (masalan, insulinga bog’liq bemorlar uchun insulin); - haridorlar narxlar oshishini darhol payqamaydilar (masalan, surunkali bemorlar dorilarning ma’lum bir zaxiralarini yig’adilar); - haridorlar o’zlarining harid qilish odatlarini asta-sekin o’zgartiradilar (masalan, iste’molchi aynan shu preparat unga yaxshi ta’sir etishiga ishonadi); 178 - haridorlar narxning oshishi dori vositasining yuqori sifati bilan oqlanadi deb hisoblaydilar (masalan, iste’molchilar sinnarizin (Polsha) o’rniga nisbatan qimmat bo’lgan stugeronni (Vengriya) afzal ko’radilar, chunki venger preparatlari yaxshi sifatga ega deb hisoblaydilar); - dorini bepul va imtiyozli retseptlar bo’yicha berish. Kam ravon talabda narxning pasayishi savdo hajmini kam rag’batlantiradi. Shuning uchun agar tashkilot o’zining sotuvini oshirishga harakat qilsa, unda ushbu sharoitda talabning narxsiz determinantlariga yo’naltirilishi, iste’molchilarning talablarini o’rganish va ularni qondirishga harakat qilishi kerak. Agar dori vositalariga talab ravon bo’lsa ([Ye D ]>1) (odatda dorixona assortimenti tovarlari orasida talab retseptsiz beriladigan dori vositalari va tibbiy ashyolarga ravondir), sotuvni oshirish uchun narxni pasaytirish haqida o’ylash lozim. Pasaytirilgan narx sotuvdan katta hajmda umumiy daromad olib keladi. Lekin bunday usul ishlab chiqarish bo’yicha harajatlar va tovar sotuvining proporsional o’sishi yuz berishiga qadar ma’no kasb etadi. Download 5.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling