Navoiy davlat konchilik instituti Kimyo-metallurgiya fakulteti “Kimyoviy-texnologiya” yoʻnalishi IV bosqich talabasi Saʼdullayev Shohrud Mehriddin oʻgʻlining
Download 15.99 Kb.
|
S.SH.M. Taqriz
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tadqiqot natijalarining ilmiy ahamiyati
- Tadqiqot natijalarining amaliy ahamiyati
- kamchiliklarni
- Navoiy davlat konchilik instituti Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor : t.f.d., T.I. Nurmurodov
Navoiy davlat konchilik instituti Kimyo-metallurgiya fakulteti “Kimyoviy-texnologiya” yoʻnalishi IV bosqich talabasi Saʼdullayev Shohrud Mehriddin oʻgʻlining “Polietilen tereftalat va polipropilen chiqindilari asosida kompozitsiya yaratish va ularning issiqlik xususiyatlarini oʻrganish” mavzusidagi ilmiy-tadqiqot ishiga TAQRIZ Dunyoda bugungi kunda ishlab chiqarilayotgan koʻp tonnali sintetik polimerlar, yaʼni ularning miqdori 235 mln tonnani tashkil etishi eng koʻp miqdorda polietilen (89,3 mln tonna), ikkinchi oʻrinda polipropilen (PP) (61,1 mln tonna) va uchinchi oʻrinda polivinilxlorid (42,3 mln tonna) ishlab chiqarish toʻgʻrisidagi maʼlumotlar keltirilgan. Polietilentereftalat (PETF) ishlab chiqarish miqdori ham yildan-yilga keskin oshib borayotligining sababi, asosan, ichimlik suviga boʻlgan ehtiyojni ortib borishi (bir marotaba ishlatilatiladigan idishlar) bilan asoslangan va uning miqdori 2018-yilgi maʼlumotlarga qaraganda 90 mln tonnani tashkil etishi koʻrsatilgan. Oʻzbekistonda bugungi kunda Ustyurtda polipropilen ishlab chiqarish yoʻlga qoʻyilgan bo’lib, undan asosan sement, un va don mahsulotlarini tashish uchun qoplar tayyorlashda ishlatiladi. Ular ham asosan bir marotaba ishlatilgandan soʻng yaroqsiz holga kelib qoladi. Shu sababli, polietilen tereftalat va polipropilen chiqindilari asosida kompozitsiyalar yaratish va ulardan qayta foydalanish iqtisodiy va ekologik muammolarni yechishda muhim ahamiyat kasb etadi. Ushbu ishda PETFva PP asosida olingan kompozitsiyalarni termik xossalari oʻrganilgan. Tadqiqot natijalarining ilmiy ahamiyati kompozitsiyaning parchalanish temperaturasining boshlanishi, 10; 20 va 50 mass.% yoʻqotilgandagi temperaturalar aniqlandi. Polietilen tereftalat tarkibida birlamchi va ikkilamchi polipropilen miqdorini ortishi bilan kompozitsiyaning termik barqaroligi ortishi aniqlandi. Kompozitsiya tarkibiga ikkilamchi PP kiritilganda kompozitsiyaning termik barqarorligi birlamchi PP kiritilgandagiga nisbatan yuqori boʻlishi koʻrsatildi. DSK egri chizigʻi asosida kompozitsiya va alohida polimerlarning suyuqlanish va destruksiyalanish temperaturalari aniqlandi. Tadqiqot natijalarining amaliy ahamiyati PETF, PE VA PP chiqindilariga asoslangan kompozitsiyaning termik xususiyatlarini oʻrganib, keyinchalik foydalanish uchun yuqori sifatli xomashyo olingan. Kompozitsion materiallar va ular asosida mahsulotlar tarkibiy qismlar fizik-kimyoviy va fizik-mexanik xossalariga komponentlar miqdorining ta’siri qonunyatlari oʻrganiladi. Materiallar va ular asosida mahsulot olish uchun polimer chiqindilarini qayta ishlash texnologiyasini yaratish maqsadida ikkilamchi polimerlarni aralashtirishning konsentratsiyasi va harorat oraligʻlari boʻyicha tavsiyalar ishlab chiqilgan. PETF, PE VA PP chiqindilari asosida kompozit materiallar yaratish va polimer materiallar chiqindilarini utilizatsiyalashtirish yoʻli bilan ekologik muammolar hal qilingan. Suyuqlanmaning oquvchanlik (SOK) aniqlangan va shu asosida kompozitsiyalarning suyuqlanmasini effiktiv qovushqoqligi xisoblab chiqilgan. Poliolifenlar tarkibida polietilintereftalat miqdori ortishi bilan suyuqlanmaning oquvchanlik koʻrsatkichi kamayib, suyuqlanmaning effiktiv qovushqoqligi oshishi aniqlangan Polimer ishlab chiqarish chiqindilari asosida kompozitsion polimer materiallar ishlab chiqarishning ilmiy-uslubiy asoslari va texnologiyasi ishlab chiqilgan. Polimer materiallardan olingan chiqindilarni suyuqlanmadan ekstruziya yoʻli bilan qayta ishlash uchun modul qurilma ishlab chiqilgan. “Polietilen tereftalat va polipropilen chiqindilari asosida kompozitsiya yaratish va ularning issiqlik xususiyatlarini oʻrganish” mavzusi bo‘yicha qilingan ilmiy ishni o‘rganish mobaynida erishilgan yutuqlar bilan bir qatorda quyidagi kamchiliklarni qayd etish mumkin: Saʼdullayev Shohrud Mehriddin oʻgʻlining “Polietilen tereftalat va polipropilen chiqindilari asosida kompozitsiya yaratish va ularning issiqlik xususiyatlarini o'rganish” mavzusidagi ilmiy ishini hozirgi kundagi dolzarb masalalardan biri deb hisoblayman. Navoiy davlat konchilik instituti Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor: t.f.d., T.I. Nurmurodov Taqrizchi: k.f.d., prof. H.M. Vapoyev Download 15.99 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling