Navoiy davlat konchilik instituti Kimyo-metallurgiya fakulteti
Download 10.17 Kb.
|
mikro 17
Navoiy davlat konchilik instituti Kimyo-metallurgiya fakulteti 25-19 IQ guruhi talabasi Tursinova Muxlisaning mikroiqtisodiyot fanidan yozgan semenari
Nazorat uchun savollar. 1.Asosiy va aylanma kapital mablag'lar. Ssuda foizi. 2.Loyiha tushunchasi. 3.Yalpi investitsiyalash. Investitsiyani qoplash. Sof investitsiya tushunchasi. 4.Chekli sof qoplash. Chekli ichki qoplash. Chekli qoplash normasi koeffitsienti. Javoblar: 1. Aylanma kapital – kapital (ishlab chiqarish fondlari)ning har bir ishlab chiqarish siklida "I sarf etiladigan va qiymati ishlab 4 chiqarilgan tovarta to‘liq o‘tadigan qismi. Sarflangan Aylanma kapital miqdori kapi-talning doiraviy aylanishi oxi-rida tovar sotilishi bilan pul shaklida ishlab chiqaruvchi qo‘liga qaytadi. Xom ashyo, ma-teriallar, yoqilg‘i va boshqa, shuningdek ish kuchi sotib olishga sarflanadigan harajatlar Aylanma kapitalga kiradi . Asosiy kapital – kapitalning asosiy ishlab chiqarish vositalari (mashina, as-bob-uskuna, ishlab chiqarish binolari va uskunalari)ni o‘z ichiga oluvchi, iqtisodiy jihatdan o‘z qiymatini ishlab chiqarilgan to-varlarga asta-sekin va uzoq muddatda o‘tkazib boruvchi qismi. Asosiy kapital pul shaklida uskuna, mashina-mexanizmlar, bino-in-shootlar va boshqa qiymatidan iborat bo‘lib, ular sotib olingan paytdagi bozor narxi bilan hisoblanadi. Asosiy kapital qiymatining bir qismi har yili mahsulotning ishlab chiqarish va sotish harajatlariga kiradi va amor-tizatsiya ajratmalari tarzida maxsus amortizatsiya fondida jamg‘ariladi. Asosiy kapital hajmiga karab mehnatning kapital bilan qurollanishi darajasini baholash mumkin (Asosiy kapital qiymati ishlovchilar soniga taqsimlanadi). Asosiy kapital tarkiban ikki qismga bo‘linadi: mehnat qurollarida gavdalangan kapital (mashina-mexa-nizmlar); ishlab chiqarishning moddiy sharoitini yaratishda gavdalangan kapital (bino, inshoot, qurilma va hokazolar). Bu qismlar nisbati ishlab chiqarishning turli sohalarida har xildir. 2. Loyiha — 1) biror bino, inshootni barpo etish maqsadida yoki muayyan bir buyumni yaratishga doyr tayyorlangan hujjatlar (hisob-kitoblar, chizma, maketlar) majmui. Maʼlum bir bino yoki inshootning L.si yakka tartibda yoki bir xil andazada boʻlishi mumkin. Hozirda turli tashkilotlarningL. buyurtmalarini bajaruvchi maxsus va loyihalash institutlari, kafedra va boshqa ijodiy uyushmalar mavjud (qarang Loyihalash); 2) biror hujjatning oldindan tuzilgan matni; 3) reja, moʻljal, gʻoya. 3. Tadbirkorlik faoliyati ob`ektlariga qo’yiladigan investitsiyalar turli shakllarda bo’lishi mumkin. Investitsiyalarni rejalashtirish, hisoblash va tahlil etish maqsadida investitsiyalar qo’yidagi sifatlar bo’yicha klassifikatsiyalanadi: 1. Vositalarni qo’yish ob`ektlari bo’yicha: - real investitsiyalar (moddiy va nomoddiy aktivlarga qo’yilmalar); - moliyaviy investitsiyalar (moliyaviy vositalarga, ya`ni qimmatli qog’ozlarga qo’yilmalar). Real investitsiyalar deb real aktivlarga (ya`ni material va nomaterial aktivlar) quyiladigan vositalar tushuniladi. Nomaterial aktivlarga quyiladigan vositalar ilmiy-texnik progress va innovatsion investitsiyalar bilan xarakterlanadi. Nomaterial investitsiyalardan foydalanishda biron bir nomoddiy boylikni sotib olish, korxona ishchi-xizmatchilarining malakasini oshirish, ilmiy-tadqiqot va loyiha-konstruktorlik ishlarini olib borish ko’zda tutiladi. Material investitsiyalar ishlab chiqarish vositalarini va iste`mol predmetlarini sotib olishga asos bo’ladi. Real investitsiyalarga investitsion loyihalar va biznes-loyihalar kiradi. Biznes-loyiha deganda tadbirkorlik g’oyasini amalga oshirishga tayyorlangan kerakli tadbirlar tizimi tushuniladi, ushbu tadbirlar amalga oshishi natijasida ma`lum iqtisodiy natijaga erishiladi. Biznes-loyiha tushunchasi investitsion loyiha tushunchasidan aniq aks etib turuvchi tadbirkorlik eki moliyaviy jixatlari bilan farqlanadi. SHu bilan birgalikda ekologik yoki ijtimoiy loyihalarda iqtisodiy , moliyaviy maqsadlar ko’zlanmaydi. Moliyaviy investitsiyalar deganda turli moliyaviy vositalarga, ya`ni qimmatli qog’ozlarni sotib olish, tijorat banklariga kapital qo’yish va boshqa kompaniyalar kapitalida ulushga ega bo’lishga qaratilgan kapital qo’yilmalar tushuniladi. Ular ko’pincha yo spekulyativ xarakterga ega bo’ladi, yoki kapitalni uzoq muddatga qo’yishga qaratilgan bo’ladi. Fond birjalarida qimmatli qog’ozlar paketini sotib olish bilan bog’liq pul qo’yilmalari portfel investitsiyalar deb ataladi. Real va moliyaviy investitsiyalarni ajratish investitsiyalar klassifikatsiyasining asosiy mezoni hisoblanadi. 2. Investitsiyalashda qatnashish xarakteri bo’yicha: - to’g’ri investitsiyalar (investorlar investitsiyalashda bevosita katnashadilar); - egri investitsiya (investitsiyalash moliyaviy vositachilar yordamida amalga oshiriladi). - To’g’ri investitsiyalar investorning investitsiyalash ob`ektini tanlashda va vositalarni qo’yishda bevosita qatnashishi ko’zda tutadi. To’g’ri investitsiyalashni investitsiyalash ob`ekti to’g’risida aniq axborotga ega yoki investitsiyalash mexanizmi bilan yaxshi tanish investorlar amalga oshiradilar. 4. Sof investitsiya YAlpi investitsiya - qoplash. Agar yalpi investitsiya qoplashdan yuqori bo’lsa, sof investitsiya musbat bo’ladi (bu holda kapital ko’payadi va ishlab chiqarish kengayadi). Agar yalpi investitsiya qoplashdan kichik bo’lsa, sof investitsiya manfiy bo’ladi (mavjud kapital kamayib boradi). Va nihoyat, yalpi kapital qoplashga teng bo’lsa, kapital hajmi o’zgarmaydi (bu holda kapital oddiy takror ishlab chiqarilmaydi). qisqa muddatli loyihalarni (qisqa muddatli investitsiyalarni) tahlil qilganda kapitalning ichki o’zini oqlash koeffitsienti dan va ssuda foizi dan foydalaniladi. qisqa muddatli oraliqdagi investitsiyalarning (bir yillik oraliqdagi) chekli sof oqlashi ularning chekli ichki oqlash koeffitsientidan ssuda stavkasi foizini ayirish orqali aniqlanadi: bu yerda - chekli sof qoplash; - ssuda stavkasi foizi. Download 10.17 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling