Mavzu; Respublikamiz dehqonchiligining hozirgi holati, muomolari va hal qilish yo’llari
Download 40.08 Kb.
|
1- Mavzu; Respublikamiz dehqonchiligining hozirgi holati, muomolari (1)
Mavzu; Respublikamiz dehqonchiligining hozirgi holati, muomolari va hal qilish yo’llari Reja; Dehqonchilik haqida tushunchalar O’zbekistonda tuproqlarning holati Dalalarni begona o’tlardan toza bo’lishini ta’minlashda ularni tarqalishini oldini olish Yerlarni surish va ekish qoidalari Dehqonchilik deganda, qishloq xo‘jaligida yerdan foydalanish va ekin yetishtirishda qo‘llaniladigan tadbirlar tizimi tushuniladi. Respublikamizning 447,4 ming kvadrat kilometrdan ortiq bo‘lgan umumiy maydonining atigi 10 foizini ekin maydonlari tashkil etadi. 0 ‘zbekistonda 1 km2 yerga 51,4 kishi, Qozog‘istonda - 6,1, Qirg‘izistonda - 22,7, Turkmanistonda esa 9,4 kishi to ‘g‘ri keladi. 0 ‘zbekistonda har bir kishiga 0,17 gektar, Qozog‘istonda - 1,54, Qirg'izistonda - 0,26, Ukrainada - 0,59, Rossiyada 0,67 gektar ekin maydoni to‘g‘ri keladi. So‘nggi 50 yil mobaynida sug‘oriladigan yerlar maydoni 2,46 mln. gektardan 4,28 mln. gektarga yetkazildi. Faqat 1975-1985-yillar mobaynida 1 mln. gektarga yaqin yer o'zlashtirilib, 1990-yilda yer maydoni 1985-yilga nisbatan 1,5 barobar ortdi. Ana shu yer maydonining qariyb 50 foizini meliorativ holati yomon va shu bilan bir qatorda 1990-yilga qadar sug'oriladigan yerlaming 75 foiziga paxta ekilishi tuproq unumdorligini pasayishiga olib keldi. Aholining o‘sib borayotgan ehtiyojini qondirish uchun yerlardan oqilona foydalanish, ekinlar hosildorligini oshirish talab etiladi. Dehqonchilik fanining vazifasi talabalami dehqonchilikda qo‘llanilayotgan nazariy asoslar va ishlab chiqarishdagi jarayonlar bilan tanishtirishdan iborat. Dehqonchilik fani quyidagi bo‘limlami o‘z ichiga oladi: dehqonchilikning ilmiy asoslari, tuproq rejimlari va ularni boshqarish, begona o‘tlarga qarshi kurash tadbirlari, yerga ishlov berish, ekinlarni ekish, almashlab ekish va dehqonchilik tizimi. Qishloq xo‘jaligi rivojlanib borishi davomida "dehqonchilik" tushunchasi ham o‘zgargan. Ilk davrda uni qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishi deb tushunildi va keyinchalik undan chorvachilik ajralib chiqqan. Bolotov XVIII asrning ikkinchi yarmida yer tuzilishi, almashlab ekish, begona o‘tlarga qarshi kurash, o‘g‘itlash masalalari bo‘yicha maqolalar bilan dehqonchilikning asosiy prinsiplarini ta’rifladi.U yetti dalah almashlab ekishning 3 ta dalasi quriq bo‘lishini bayon etdi. I.M.Komov 1898 yilda "Dehqonchilik haqida" asarida partov sistemasiga qarshi chiqib ko‘p dalali va ekinlar navbatlab ekiladigan almashlab ekishni tavsiya qildi. D.I.Mendeleev mineral o‘g‘itlami qo‘llashni tekshirib, dehqonchilikni intensivlashtirishga da’vat etdi. M.G.Pavlov (1793-1840) almashlab ekishni keng tashviqot qildi. U tuproqning singdirish qobiliyatini o‘rganish bo‘yicha katta ishlar olib bordi. V.R.Vilyams (1863-1939) tuproqshunoslikda biologik nazariya asoschisi hisoblanadi. K.A.Timiryazev, D.N.Pryanishnikov, A.G. Doyarenko, K.K.Gedroyts kabi olimlar o’simliklarning oziqlanishi va uni boshqarish masalalari bo’yicha qator asarlar yaratganlar. N.Rijov (1903-1981) go‘zani sug’orish va tuproqning fizik xossalarini o‘ rganish bo‘yicha ishlar qildi. iM.V.Muhamedjonov va A.Q.Qashqarov yer haydash, yer haydashni tabaqalashtirish, oraliq va siderat ekinlarni ekish masalalari bo‘yicha ilmiy ishlar olib borib, ishlab chiqarishga tavsiyanomalar berishdi. Dehqonchilik hozirgi davrda fan va texnika yangiliklari hamda ishlab chiqarish ilg’orlari tajribasi natijalarini umumlashtirgan holda o’ziga xos yo‘nalishda rivojlanmoqda. 0 ‘zbekistonning umumiy yer maydoni 44405 ming gektar bolib, bundan 4277,6 ming gektar yer maydonini alohida qimmatga ega bolgan sug‘oriladigan unumdor yerlar tashkil qiladi yoki ular 9,6% (foizni) tashkil qiladi. Respublika bo‘yicha lamli ekin yer maydoni 743 ming gektarni tashkil etadi. Lalmi ekin yerlaming maydoni kichik bolishiga qaramay, ba’zi xo‘jaliklarda ularni ishlab chiqarish quvvati ancha kattadir. Lalmi yerlarda qishloq xo‘jalik ekin turlarini yetishtirish tuproq qatlamida yog‘ingarchilik davrida yig‘ilgan namlik hisobiga bolganligi sababli, respublikada lalmi ekinlar o‘rtacha yillik yogingarchilik 200 mm dan yuqori bolgan hududlarda joylashgan. Bo‘z yerlar maydoni 80,7 ming gektar, shuningdek sug‘oriladigani 46,5 ming gektar, lalmi 34,2 ming gektarni tashkil qiladi. Respublikaning ko‘pchilik qismini - 22151,3 ming gektarini yaylov tashkil etib, chorvachilikning asosiy ozuqa manbai hisoblanadi. Suv bilan ta’minlangan yer 19449,2 ming gektar yoki 87% ni tashkil etadi. 0‘zbekiston tuproqlarining asosiy tip va tipchalari. Kenglik (tekislik) tuproq iqlim zonasi tizimida 0 ‘zbekistonning tekislik qismi janubiy zona-sur qo‘ng‘ir tusli, qumli chol va taqirli tuproqlar tarqalgan cho‘l zonasiga kiradi. Respublikaning sharqiy qismidagi vertikal zona (balandlik mintaqa) sida esa tog‘ oldi past tog’ bo‘z tuproqlari, o‘rta baland tog‘ jigarrang va qo‘ng‘ir tog‘ - o‘rmon tuproqlari, hamda baland tog‘ och qo‘ng‘ir tusli o‘tloqi - chol tuproqlari keng tarqalgan. Provinsial bolinish sxemasida (tizimida) 0‘zbekiston 0‘rta Osiyo tuproq avtomorf (zonal) tuproqlar doirasida bir qator gidromorf tuproqlar ham uchraydi. Shuningdek, tuproqning ham avtomorf, ham gidromorf xossalarini aks ettiruvchi yarim gidromorf tuproqlar ham mavjud bolishi mumkin. Sug‘oriladigan tuproqlar alohida (oszgacha) xususiyatlarga ega bolgan tuproq tiplari bolib, ular mazkur tuproqlaming zonallik tarqalishida va sug‘orma dehqonchilikda foydalanish natijasida o'zgarganligi darajasi bilan aniqlanadi. Tuproq hosil qiluvchi ona jinslar mineral genezisining turlicha bolishi, ularning litologik tuzilishlarining murakkabligi, quruq kontinental iqlim va o‘simliklar bilan birgalikdagi turlicha gidrogeologik sharoitlari turli xildagi tuproqlaming paydo bolishiga imkon yaratadi. 0‘zbekiston hududida chol zonasi va balandlik (vertikal) mintaqa tuproqlari tarqalgan. 0 ‘zbekiston tuproqlarining qishloq xo‘jalik ishlab chiqarishida foydalanish tavsifi va qiymati ko‘p jihatdan ularning u yoki bu tuproq iqlim zonasida joylashganligiga bogiiq. Ekinlardan yuqori hosil olishda tuproqda qulay havo rejimini yaratish zarur tadbirlardan biri hisoblanadi. Buning uchun yemi chuqur va sifatli shudgorlash, chizellash, boronalash va kultivatsiyalash kabi agrotexnik tadbirlardan keng foydalanish, tuproqdagi namlikni m e’yoridan oshib ketishiga yo‘l qo‘ymaslik zarur. Tuproqdagi turli mikroorganizmlar hayot faoliyati ularning suv, havo va issiqlik rejimlariga bogliq. Shuning uchun dehqonchilikda turli agrotexnik tadbirlarni o‘z vaqtida amalga oshirish zarur. Bunda, ayniqsa, yerlarga o‘z vaqtida ishlov berish, organik-mineral o‘g’itlar solish, almashlab ekishni joriy qilish va boshqa tadbirlar katta ahamiyatga ega. Dalalarni begona o’tlardan toza bo’lishini ta’minlashda ulami tarqalishini oldini olish tadbirlari muhim ahamiyatga ega. Ko‘pchilik begona o‘tlaming urugi ekin bilan birga yetiladi. Hosil yig’ishtirib olinganda ular donga aralashib ketadi. Odatda bug‘doyga olabuta, ismaloq, beda urugiga zarpechak, sholiga kurmak aralashgan bo‘ladi. Urug’likni tozalash ekinning sof bo’lishiga imkon beradi. Begona o’tlar urug’i yetilmasdan ekinlar hosilini yig’ib olish urug‘likning toza bo’lishini ta’minlaydi. Bedani 15-25% gullaganda o‘rish begona o’tlar urugi yetilishiga yo‘l qo‘ymaydi. Kanal, ariq, zovur yo‘l yoqalarida o ‘sadigan begona o’tlarni urug’lanmasdan yo‘qotib turish suv orqali urug’lar tarqalishining oldini oladi. Begona o’tlar tarqalishini oldini olish uchun dalalarga yaxshi chirigan go‘ng solish kerak. Chirimagan go‘ngda esa begona o‘t urug'lari ko‘p boladi. Ekinlar ko‘chat qalinligi siyrak bo’lsa begona o’tlar o‘sishiga imkoniyat yaratiladi. Shuning uchun ko‘chat qalinligi normal bo'lishiga erishish lozim. Bir xil ekin surunkasiga ekilaversa, shu ekin agrotexnikasiga moslashgan begona o’tla r ko‘payib ketadi. Buni oldini olish uchun agrotexnikasi bir-biridan keskin farq qiladigan ekinlarni navbatlab ekish lozim. Download 40.08 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling