Navoiy Davlat Konchilik instituti
Download 84.11 Kb.
|
Dilshod
Teplovozlar 2TE10M teplovozi. 2TE10L teplovoziga jag’siz aravalar o’rnatilgan va asosiy rama bilan lokomotiv kabinasi takomillashgandan so’ng oldiniga 2TE10V keyinchalik esa 2TE10M deb ataldi (1.3-rasm). Teplovoz asosiy ramasining o’rtasida dizel 7 va doimiy tok generatori 6 o’zining ramasi bilan o’rnatilgan. Dizelning pastki tirsak vali generator bilan yarim bikirlik muftasi orqali ulangan. Dizel elektr quvvati yordamida ishga tushuriladi, buning uchun dizelni ichki yon tomonining poli tagida to’rta qutida akkumulyator batareyalari 32 joylashgan. Tok akkumulyator batareyalardan tortish generatorining bosh qutbida joylashgan ishga tushirish obmotkachasiga uzatiladi, bu daqiqada tortish generatori elektr dvigatel holatida ishlaydi. Tirsakli valning aylanish chastotasi kerakli miqdorga yetganda, silindr ichida yonilg’i yonib ketadi va dizel ishlashni boshlaydi. Dizel ishga tushishi bilan, akkumulyatordan tortish generatorining ishga tushirish obmotkasiga tok avtomat ravishda o’tishi to’xtatiladi va generator tok ishlab chiqish holatiga o’tadi. Tortish generatori ishlab chiqarayotgan quvvat kabellar orqali tortish elektr dvigatellariga uzatiladi.
Download 84.11 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling