Navoiy Davlat Konchilik instituti
Download 84.11 Kb.
|
Dilshod
Lokomotivlarga texnik xizmat ko’rsatish bo’yicha umumiy talablar Lokomotivlarni sog’ holda ushlab turish, davomli ishlashi va ekspluatatsiya sharoitida ishonchliligini oshirish uchun "O’zbekiston temir yo’llari" davlat aksiyadorlik kompaniyasi 21.02.2011 yildagi № 58-N buyrug’i bilan elektrovoz va teplovozlarga rejali ogohlantiruvchi texnik xizmat ko’rsatish va ta’mirlashning quyidagi turlari belgilangan. TXK-1, TXK-2, TXK-3 texnik xizmat ko’rsatish – nosozliklar paydo bo’lishining oldini olish va lokomotivlarni ishga yaroqli va sanitariyagigienik holda ushlab turish, ularning uzluksiz ishlashida xavfsiz harakatlanishini ta’minlash, shuningdek, yo’lovchilarga yuqori xizmat ko’rsatish uchun bajariladi. TXK-4 texnik xizmat ko’rsatish – g’ildirak juftligining bandajini lokomotiv ostidan chiqarmasdan yo’nish uchun bajariladigan ishlar bo’lib, uning maqsadi prokatning eng maqbul qiymatda ushlab turish va harakat xavfsizligi talablariga javob berishdir. JT-1, JT-4 mos ravishdagi ta’mirlararo davrda lokomotivlarning asosiy ekspluatatsiya tavsifnomalarni va ishga yaroqlilik holatini tiklash bo’lib, bu ishlar tavtishni ta’mirlash va ayrim detallarni, uzellarni, agregatlarni almashtirish, sozlash, sinash va shuningdek, qisman modefikatsiya qilish bilan amalga oshiriladi. JT-l joriy ta’mirlash – lokomotivlarning ekspluatatsiya tavsifnomasini (harakteristikasini) va ishga yaroqliligini taftish qilish, ta’mirlash va ayrim detal, agregatlarni almashtirish, shuningdek, elektrovoz kuzovni ko’tarib, kuzov va aravacha ramasida darzlar bor yo’qligini nazorat qilib, ularni bartaraf qilish, ayrim eyilgan uzel va detallari almashtirilib, ular moderinizatsiya qilinadi.
Download 84.11 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling