Hozirgi mashinasozlikda ishlab chiqariladigan mahsulotlarning konstruksiyasi uzluksiz murakkablashib, turi ortib bormoqda, ishlab chiqarish ob’ektlari tez-tez o‘zgarib, yangi mahsulotni o‘zlashtirish muddatlari qisqarmoqda. YUqorida keltirilgan tadbirlarni amalga oshirish uchun turli buyumlarni ishlab chiqarishga tezda moslana oladigan, EHM bilan boshqariladigan moslanuvchan ishlab chiqarish sistemalarini keng ko‘lamda qo‘llash talab etiladi. Mazkur texnik siyosat, sanoati rivojlangan mamlakatlarda davlat arboblarining, sanoat rahbarlarining va ilmiy-texnik jamoatchilikning diqqat markazida turadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |