Ta’mirlash sikli deb foydalanishdagi metall kesish yoki boshqa jihozning ikkita kapital ta’mirlashlari orasidagi davrga aytiladi, yangi o’rnatilgan jihoz uchun esa ishga tushurilgan vaqtdan birinchi kapital ta’mirlashgacha bo’lgan vaqt davriga aytiladi. Ta’mirlashlar sikli - T harfi bilan belgilanadi. Ta’mirlash sikli deb foydalanishdagi metall kesish yoki boshqa jihozning ikkita kapital ta’mirlashlari orasidagi davrga aytiladi, yangi o’rnatilgan jihoz uchun esa ishga tushurilgan vaqtdan birinchi kapital ta’mirlashgacha bo’lgan vaqt davriga aytiladi. Ta’mirlashlar sikli - T harfi bilan belgilanadi. Ta’mirlashlararo davr deb jihozning navbatdagi ikkita rejali ta’mirlashlari orasidagi ishlash vaqtiga aytiladi va u t harfi bilan belgilanadi. Ko’riklar davri deb jihozni navbatdagi ikkita ko’riklari orasidagi davrga aytiladi yoki navbatdagi rejali ta’mirlsh va ko’riklar orasidagi davriga aytiladi va u t0 harfi bilan belgilanadi. Ta’mirlash sikli, ta’mirlashlararo va ko’riklararo davr davomiyligi jihozning ish bajargan vaqti miqdori bo’yicha inobatga olinadi, avtomatik liniyalarining jihozlari uchun esa - ishlab chiqargan mahsulot miqdori bo’yicha ham inobatga olinadi, agar jihozning ishlash vaqtini aniq inobatga olish imkoni bo’lmasa, ta’mirlash sikli, ta’mirlashlararo va ko’riklararo davrlar davomiyligi, jihozdan foydalanish koefisyentini inobatga olgan holda kalendar vaqt bo’yicha aniqlanadi. Buning uchun dastgohning haqiqiy vaqtini yillik fondini aniqlashda ta’mirlashga to’xtab turish vaqti ham inobatga olinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |