Dastgohni yiqqandan so’ng moylash tizimi, gidravlika qurilmasi tekshiriladi, dastgohni salt yurishda va yuk ostida hamma surish va tezliklarda tekshirish amalga oshiriladi. Shundan so’ng universal dastgohlar va maxsus dastgohlar GOST bo’yicha aniqlikka tekshiriladi, dastgohning tashqi yuzalari kraskalanadi. Kapital ta’mirlash. Kapital ta’mirlash deb hajmi jihatidan eng katta bo’lgan rejali ta’mirlashga aytiladi. Kapital ta’mirlashda dastgoh va uning hamma uzellari hamda avtomatik liniyaning hamma jihozlari to’liq ajratilib, yeilgan hamma detallar va uzellar almashtiriladi, hamma bazaviy detallar ta’mirlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |