Navoiy davlat konchilik va texnalogiya universiteti energomexanika fakulteti
Download 1.72 Mb.
|
avtomatik
2. Asosiy tushuncha va atamalar.Texnologik jarayonni avtomatlashtirish deganda mehnat sarfini qisqartirish, ishlab chiqarish jarayon yaxshilay, mahsulot sifati va ishlab chiqarish hajmini oshirish maqsadida energiyani texnologik jarayon yoki uning tashkil etuvchi qismlarida inson ishtirokisiz bevosita boshqaruvni amalda oshirish uchun ishlatish tushuniladi.
Insonning vazifasi – mashinalar ishi ustidan nazorat qilish berilgan jarayondan og’ishlarini bartaraf etish, boshqa mahsulotga ishlov berish uchun avtomatlashtirilgan mashinalarni sozlash. Shunday qilib inson har bir mahsulotni tayyorlaganda ishtirok etmaydi, bu vaqtda u bir necha avtomatlarga texnik xizmat ko’rsatadi.Ishchi yuqori malaka oladi va sozlovchiga aylanadi, shunday qilib ishchi va muhandis- texnik o’rtasida chegara kamayib boradi. Avtomatik ishlaydigan mashinalarda ishchi va salt yurishlar bo’ladi. Salt yurish yordamchio’tish va yordamchi yurishlardan tashkil topgan. Ishchi yurishlardagi mashina qismlarining harakatlari bevosita ishlov berishga olib keladi, masalan, qirindi olish, yuzani nakatlash va hokazo. Yordamchi o’tishlarda mashina qismlarining harakati uzatish uchun zagotovkani o’rnatish, mahkamlash va tayyor detalni yechib olish uchun uzatishni va tezliklarni o’zgartirish uchun, dastgohni yoqish va o’chirish va hokazolar uchun xizmat qiladi. Ishlab chiqarishni texnologik tayyorlash yagona tizimi GOSTlarida texnologik jarayonlarni avtomatlashtish holatini baholash 2 xil bo’ladi, sifatiy va miqdoriy. Sifatiy baholashni 3 ko’rsatkich bo’yicha amalga oshiriladilar: ko’rinishi, bosqichlari, daraja. Ko’rinishi bo’yicha qisman va to’liq, birlik va kompleks, birlamchi va ikkilamchi avtomatlashtirilgan turlariga bo’linadi. Qisman avtomatlashtirishda texnologik jarayondagi inson energiyasi sarfining bir qismi mashinalar bilan almashtiriladi. To’liq avtomatlashtirishda esa barcha inson energiyasi sarfi mashinalar bilan almashtiriladi. Kompleks avtomatlashtirish deganda ishlab chiqarish jarayonining barcha qismlari avtomatlashtiriladi. Birlamchi avtomatlashtirishda texnologik jarayon yoki uning qismlari avtomatlashtirishdan oldin faqat inson mehnati ishlatilgan. Ikkilamchi avtomatlashtirishda texnologik jarayon yoki uning qismlari avtomatlashtirishdan oldin ham inson mehnati ham mashinalar ishlatilgan. Ikkilamchi avtomatlashtirishga misol qilib nazorat qurilmalari o’rnatilishini, kata aniqlikni ta’minlab beruvchi qurilmalarini aytish mumkin. Texnologik jarayon nafaqat birlamchi, balki ikkilamchi avtomatlashtirishga ham asoslanadi. GOST bo’yicha 1 ta operatsiyadan to butun sanoatni avtomatlashtirishgacha bo’lgan bosqichlar 1 dan 10 gacha bo’lgan raqamlar bilan ifodalanadi: 1-yagona texnologik operatsiya 2-tugallangan texnologik jarayon 3-ishlab chiqarish uchastkasida bajarilayotgan texnologik jarayon tizimi. 4-sex chegarassida bajariladigan texnologik jarayonlar tizimi. 5-bir turdagi sexlar texnologik guruhlari chegarasida bajariladigan texnologik jarayonlar tizimi 6- tashkilot chegarasida bajariladigan texnologik jarayonlar tizimi 7- sanoat firmalari chegarasida bajariladigan texnologik jarayonlar tizimi 8-hududiy-iqtisodiy region chegarasida bajariladigan texnologik jarayonlar tizimi 9-sanoat sohasida bajariladigan texnologik jarayonlar tizimi 10-butun davlat sanoati darajasida bajariladigan texnologik jarayonlar tizimi Download 1.72 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling