Navoiy davlat konchilik va texnalogiyalar unversiteti energo-mexaika fakulteti
Tiklanuvchi va tiklanmaydigan energetika resurslari
Download 1.93 Mb.
|
oydinov xojiakbar
Tiklanuvchi va tiklanmaydigan energetika resurslari Yoqilg‘i – energetika resurslari (YOER) – bu material obekt bo‘lib, unda inson tomonidan amaliy foydalanishga yaroqli energiya to‘plangan. Yenegetika resursi deb – tabiiy yoki suniy faollashgan har qanday energiya manbaiga aytiladi. Energiya resurslari – hozirgi vaqtda ishlatilayotgan yoki kelajakda ishlatilishi mumkun bo‘lgan energiya tashuvchilardir. Tabiiy resurslar shu jumladan energetika resurslarini o‘rganishda ularning ilmiy tasnifi, yani xomashyo, obektlar va tabiiy muhit hodisalar yig‘indisini funksional muhimlik belgilari bo‘yicha ajratish kerak. Tabiiy resurslarning tasniflaridan biri – bu tugallanish belgisi bo‘lib, unga muvofiq energetika resurslarini tugallanadigan va tugallanmaydigan resurslarga bo‘linadi
O‘z navbatida tugallanadigan resurslar tiklanuvchi va tiklanmaydigan bo‘lishi mumkin. Tiklanuvchilarga tabiat (yer, o‘simliklar, hayvonlar va h.k.) tomonidan tiklanadigan resurslar kiradi, tiklanmaydiganlarga – ilgari tabiatda to‘plangan lekin, yangi geologik sharoitlarda hosil bo‘lmaydigan resurslar (neft, ko‘mir va boshqa yer osti zaniralari) kiradi. Tugallanmaydiganlariga kosmik, iqlimiy, suv resurslari kiradi. Energiya resurslarining barcha turlaridan quyosh energiyasi muhim ahamiyatga ega. Energiya resurslarining barcha turlari quyosh energiyasini taviiy o‘zgarishi natijasidir. Ko‘mir neft tabiiy gaz, torf, yonuvchi tog‘ jinslari va o‘tinlar – bu o‘simliklar tomonidan olingan va o‘zgartirilgan quyoshning nurli energiyasi. Tabiiy resurslarning tasnifi zahiralardir. Surat sintezi (fotosintez) reaksiyasi jarayonida atrof muxitning noorganik elementlaridan, ya’ni, suv (H2O) va karbonat angidrid gazi (CO2) lardan quyosh turi tasirida o‘simliklarda asosiy elementi uglerod (S) bo‘lgan organik modda hosil bo‘ladi.
Download 1.93 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling