Navoiy davlat konchilik va texnologiya universiteti
Asbest, Segnetoelektriklar, Pezoelektriklar
Download 1.25 Mb.
|
ELEKTR materiallar mustaqil ish-2
2. Asbest, Segnetoelektriklar, Pezoelektriklar
Segnetoelektriklar -Tajribalarda aniqlanishicha, bir qator kristall dielektriklar tashqi maydon bo‘lmaganda o’z-o’zidan (spontan) qutblanish xossasiga ega ekan. Bu hodisa dastlab segnet tuzi (vino kislotasiningikkilangan kaliy-natriy tuzi: NaKC4H6O6 ·4H2O) deb ataladigan kristallda aniqlangani uchun shu moddalarning barchasi segnetoelektriklar deb yuritiladi. Segnetoelektriklar oddiy dielektriklardan bir qator xarakterli xossalari bilan farq qiladi. Birinchidan, oddiy dielektriklarda dielektrik singdiruvchanlikbir necha birlikka, ba’zilarida bir necha o‘nga (masalan, suv uchun 81) teng bo‘lgan vaqtda, segneto- elektriklarning dielektrik singdiruvchanligi bir necha mingga yetishi mumkin. Masalan, uy temperaturasida segnet tuzi uchun ning qiymati 10000 ga yaqin. Ikkinchidan, oddiy dielektriklarning har biri uchun dielektrik singdiruvchanlik muayyan bir qiymatga ega bo‘lgani holda segnetoelektriklarning dielektrik singdiruvchan- ligi tashqi maydon kuchlanganligiga bog‘liq bo‘ladi: maydon kuchlanganligi ortib borishi bilan ham ortib boradi. Pezoelektriklar - Ba’zi kristall dielektriklar mexanik deformatsiyalanganda ularning qutblanishi kuzatiladi. Masalan, ma’lum yo‘nalish bo‘yicha qirqib olingan kristall plastinka siqilganda uning qarama-qarshi sirtlarida turli ishorali zaryadlar hosil bo‘ladi va plastinka ichida elektr maydon vujudga keladi. Plastinka cho‘zilganda esa uning qutblanishivamaydonningyo‘nalishiqarama-qarshisigao‘zgaradi Bu hodisa pyezoelektrik effekt yoki qisqa- cha pyezoeffekt deb ataladi. Bunday effekt kuzatiladigan kristall dielektriklar pyezoelektriklar deyiladi. Kvars, turma- lin, segnet tuzi, bariy metatitanati va boshqalar pyezoelektrik- lar qatorigakiradi. Pyezoelektrik qutblanishning kattaligi deformatsiyaga pro- porsional, demak, elastiklik chegaralarida mexanik kuchlanishga ham bog‘liq bo‘ladi. Pyezoelektrik effektni quyidagicha tushuntirish mumkin. Har qanday kristall panjarasini turli atomlar yoki atomlarning guruhlari tomonidan tuzilgan va bir-birining ichiga kiritilgan oddiy panjara- lardan iborat deyish mumkin. Agar kristall simmetriya markaziga ega bo‘lmasa, deformatsiya ta’sirida oddiy panjaralar bir-biriga nisbatan siljiydi va bunday siljish natijasida kristallda elektr momenti paydo bo‘ladi. Download 1.25 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling