Dielektriklarda elektr maydoni. Dielektrik singdiruvchanlik va dielektriklarning qutblanishi. Pezoelektriklar va segnotelektriklar to`g`risida tuhuncha
Download 87.5 Kb.
|
5-mavzu
- Bu sahifa navigatsiya:
- Dielektriklar
Dielektriklarda elektr maydoni. Dielektrik singdiruvchanlik va dielektriklarning qutblanishi. Pezoelektriklar va segnotelektriklar to`g`risida tuhuncha. Reja: 1.Dielektriklarda elektr maydon. 2.Dielektriklarning qutblanishi va ularning xarakteristikalari. 3.Elektr maydonda dielektirklar. 4.Pezoelektriklar va segnotelektriklar to`g`risida tuhuncha. Agar elektr maydoniga dielektrik kiritilsa, shu maydonda hamda dielektrikda ko’p o’zgarishlar kuzatiladi. Bu o’zgarishlar sababini tushunish uchun atom va molekulalarning tarkibida (+) zaryadlangan yadrolar va (-) zaryadlangan elektronlar borligini hisobga olish kerak. Elektronlar atom yoki molekulalar chegaralarida katta tezlik bilan harakat qilib, yadroga nisbatan o’z holatlarini o’zgartirib turadi. Molekula o’lchamlariga qaraganda katta masofalarda elektronlarning ta’sirini manfiy zaryadlarning og’irlik markazi, deb ataladi. Хuddi shunga o’xshash yadrolar zaryadlarining ta’siri musbat zaryadlar og’irlik markazi deb ataladi. Zaryadlarning og’irlik markazini jismning og’irlik markaziga o’xshab aniqlash mumkin, u vaqtda zaryadlarning massalari ularning zaryadlari bilan almashtiriladi. Demak, (+) va (-) zaryadlar og’irlik markazi radius - vektori quyidagicha aniqlanadi: Molekulaneytralbo’lishiuchuntashqielektrmaydonbo’lmaganda (+) va (-) zaryadlarteng. Agardazaryadlarningog’irlikmarkazisiljiganbo’lsa, molekulaelektrdipolgao’xshaydivaqutblimolekuladebataladi. QutblimolekulaxususiyelektrmomentiRni (1) va (2) formulalardaniborat Dielektriklar (dia… vaing .electric — elektr) — elektrtokinideyarlioʻtkazmaydiganmaterial (modda) lar; solishtirmaelektrqarshiligi — 107—1020 Omm, dielektrikkirituvchanligi — 4—104. Dielektriklarelektrtokinioʻtkazgichlarganisbatan 1015—1020 martayomonoʻtkazadi. „Dielektriklar“ atamasinifanga MichaelFaraday kiritgan. Ionlashmagan barcha gazlar, baʼzi suyukliklar va qattiq jismlar dielektriklar hisoblanadi. Tashqi elektr maydon taʼsiri boʻlmagan hollarda dielektriklarni kutbli dielektriklar hamda qutbsiz dielektriklarga ajratish mumkin. Bunda dielektriklar molekulalarining dipol momentlari nolga teng (qutbsiz molekulalar) yoki fazodagi yoʻnalishlar boʻyicha ixtiyoriy ravishda taqsimlangan boʻladi (qutbli molekulalar). Ikkala holda ham dielektriklarning yigʻindi elektr momenti nolga teng boʻladi. Qutblanish elektr maydon kuchlanishiga, t-raga, muhitning elektr xossasiga bogʻliq. Qutbli dielektriklarga spirt, toza suv; qutbsiz dielektriklarga inert gazlar, kislorod, vodorod, benzol, polietilen va b. kiradi. Qutbli molekulalardan tashkil topgan dielektriklar elektr maydonga joylashtirilganda, har bir dipolni maydon kuchlanganligi yoʻnalishida buruvchi taʼsir kuchlari vujudga keladi. Ammo toʻla burilishga issiklik harakatlari toʻsqinlik qiladi. Natijada musbat zaryadlar elektr maydon yoʻnalishida, manfiy zaryadlar esa teskari yoʻnalishda koʻchadi. Umuman barcha turdagi qutblanish natijasida tashqi maydon kuchlanganlik chiziqdari dielektriklardan chiqayotgan nuqtalarda musbat va dielektriklarga kirayotgan nuqtalarda manfiy bogʻlangan zaryadlar hosil boʻladi. Azot, kislorod, vodorod gazlari, toluol, benzol suyuqliklari va polistirol, polietilen, naftalin kabi kat-tik moddalar bularga misol boʻla oladi. Qutblanish elektronlar va ionlarning siljishi tufayli vujudga kelsa, bundan dielektriklarning dielektrik kirituvchanligi 4 dan 15 gacha qiymatlarga ega boʻlishi mumkin. Tashqi maydon boʻlmaganda oʻz-oʻzidan qutblanish qobiliyatiga ega boʻlgan dielektriklar guruhi ham mavjud. Ular segneto-elektriklar deb ataladi. Ularning dielektrik kirituvchanligi bir necha mingga yetishi mumkin. Segnetoelektriklarda deformatsiya vaqtida qutblanishi kuzatiladi. Bu hodisa pyezoelektrik effekt deb yuritiladi. Dielektriklar qattiq (organik, anorganik), suyuq va gazsimon xillarga boʻlinadi. Qattiq organik dielektriklarga sellyuloza, kauchuk, qat-ron, bitumlar, parafinlar, mum, yogʻoch, qogʻoz, plastmassalar, lok boʻyoqlar va b. kiradi. Bular kuch, signal ka-bellarini izolyasiyalashda, kondensatorlar, gʻaltaklar, qistirmalar tayyorlashda, elektr apparaturalar simlari va chulgʻamlarining izolyasiyalariga shimdirishda ishlatiladi. Qattiq anorganik dielektriklarga radiotexnik keramika, segnetoelektriklar, pyezoelektriklar, elektronik shisha, slyudalar va b. kiradi. Bulardan izolyatorlar, yuqori chastotali kondensatorlar, pyezoelementlar, ballonlar, elektrovakuum asboblar va b. tayyorlanadi. Suyuq dielektriklarga kuch transformatoriga, yuqori kuchlanishli ulab-uzgichlarga quyiladigan mineral moylar misol boʻladi. Gazsimon dielektriklarga elegaz [oltingugurt (VI)- ftorid], vodorod, inert gazlar, havo va b. kiradi. Elegazlar kondensator va kabellarda, vodorod turbogeneratorlarda, inert gazlar ion asboblarda ishlatiladi. Dielektriklarning qutblanishi va ularning xarakteristikalari. Dielеktriklar atom va molеkulalardan tashkil topgan. Atom esa, musbat zaryadli yadro va manfiy zaryadli elеktronlardan iboratdir. Atomning musbat zaryadi yadroda tўplangan bўlib, manfiy ishorali elеktronlar esa, yadro atrofida harakatda bo’ladi. Ko’p hollarda manfiy zaryadlarning markazi musbat zaryadli yadro markazi bilan ustma - ust tushadi. Birinchi turdagi dielеktriklar (N2, H2, O2, CO2 va b.) molеkulalaridagi elеktronlar yadro atrofida simmеtrik joylashib tashqi elеktrostatik maydon bo’lmaganda, musbat va manfiy zaryadlarning og’irlik markazlari ustma-ust tushgan bo’ladi. Bunday dielеktriklar molеkulalari qutbsiz molеkulalar dеyiladi.Tashqi elеktrostatik maydon ta'sirida qutbsiz molеkula zaryadlari siljiy boshlaydi. Musbat zaryadlar maydon yўnalishda, manfiy zaryadlar maydonga tеskari yo’nalishda siljiydi (2-rasm). Shunday qilib, molеkula dipol momеntiga ega bo’ladi. Ikkinchi turdagi dielеktriklar (H2O, NH3, SO2, CO,…..) molеkulalaridagi elеktronlar yadro atrofida nosimmеtrik joylashgan bo’ladi va tashqi elеktrostatik maydon bo’lmaganda ham musbat va manfiy zaryadlarning og’irlik markazlari ustma-ust tushmaydi. Bunday dielеktrik molеkulalari tashqi maydonsiz ham dipol momеntiga ega bo’lib, ular qutbli molеkulalar dеb ataladi (3-rasm). Tashqi elеktrostatik maydon bo’lmaganda molеkulalarning tartibsiz harakati tufayli dielеktrik bo’yicha molеkulalarning umumiy dipol momеntlari nolga tеng bo’ladi.Agar bunday dielеktrik tashqi elеktrostatik maydonga qo’yilsa, maydon kuchlari dipollarni maydon yo’nalishiga qarab burishga harakat qiladi va noldan farqli umumiy dipol momеnti paydo bo’ladi. Shunday qilib, tashqi elеktrostatik maydon ta'sirida ikkala turdagi dielеktrikda ham noldan farqli dipol momеntlari hosil bo’ladi. Bu hodisa dielеktriklarning qutblanishi dеb ataladi. Segnetoelektriklar - tashki maydon taʼsiri boʻlmaganda ham muayyan tra intervalida spontan (oʻz-oʻzidan) qutblanish qobiliyatiga ega boʻlgan dielektrik kristallar. S.ning bu xossasi elektr maydon, deformatsiya, traning ortishi yoki kamayishi kabi taʼsirlar ostida kuchli oʻzgaradi. "S." termini birinchi marta 1655-yilda sintez qilish yoʻli bilan vino kislotaning natriykaliyli qoʻshaloq tuzi (segnet tuzi) — NaKC4H4O64H2O ni kashf kilgan fransuz dorishunosi E. Senyet (Ye. Seignette, 1632—98) nomi bilan ataladi. S.ning oʻzoʻzidan qutblanish xususiyatini dastlab 1920-yilda segnet tuzlari kristallarida J. Valashek, 1930ylarda rus olimlari V. M. Vul, I.V.Kurchatov va P.P. Kobekolar aniqlagan. S.ning elektr xossalari koʻp jihatdan ferromagnetiklarning magnit xossalariga oʻxshashligidan xorijiy adabiyotlarda S. oʻrnida ferroelektriklar termini ishlatiladi. Segnet tuzi, bariy titanat, triglitsinsulfat, digidrofosfat kaliy va Mendeleyev davriy sistemasi elementlarining turli murakkab birikmalari S. hisoblanadi. Segnetoelektrik xossaga ega boʻlgan kristallarda simmetriya markazi boʻlmaydi, butun musbat ionlar markazi bilan manfiy ionlar markazi mos tushmaydi. Bu esa spontan qutblanishning hosil boʻlishi uchun fizik sharoitni yaratadi. S. boshqa dielektriklardan quyidagi harakterli xossalari bilan farq qiladi: 1) oddiy dielektriklarda dielektrik kirituvchanlik ye bir necha birlikka (mas, suv uchun ye = 81) teng boʻlsa, S. uchun ye bir necha mingga teng boʻlishi mumkin; 2) ye ning qiymati maʼlum tra intervalida kuchli oʻzgarib boradi. Mas, bariy titanat uchun tra 120° dan 80° gacha pasayishida ye ning qiymati 2000 dan 6000 gacha ortib boradi va soʻngra yana kamayib ketadi; 3) S. dielektrik kirituvchanliklari tashki elektr maydon kuchlanganligiga bogʻliq ravishda oʻzgarib boradi, boshqa dielektriklarda esa ye moddani harakterlovchi kattalik boʻlib, maydon kuchlanganligiga bogʻliq emas; 4) elektr maydon oʻzgarganda qutblanish vektori R ning qiymatlari maydon kuchlanganligi £ ning qiymatlaridan kechikib oʻzgaradi. Natijada R, Ye ning ayni vaqtdagi qiymatlarigagina bogʻliq boʻlmay, ilgarigi qiymatlariga qam bogʻliq boʻladi. Segnetoelektrik kristallardagi zaryadlarning oʻzaro taʼsirlashishi natijasida shu zarralarning dipol momentlari spontan ravishda birbirlariga parallel joylashadi. Dipol momentlarining bir xil yoʻnalishi butun kristallga tarqalishi juda kam uchraidigan holdir. Odatda, kristall bir qancha sohalarga boʻlinib, har bir sohadagi dipol momentlar birbirlariga parallel joylashgan boʻladi. Lekin turli sohalarning qutblanish yoʻnalishlari har xil boʻladi, natijada butun kristall boʻyicha olingan natijaviy dipol momenti nolga teng boʻlishi mumkin. Spontan qutblanish sohalari domenlar deb ataladi. Domenlarning qalinligi oʻn mikrometrdan, yuzasi esa bir necha santimetr kvadratdan ortiq boʻladi. Domenlar soni kristall simmetriyasiga bogʻliq. Tashqi elektr maydon taʼsirida domenlarning momentlari yaxlit moment sifatida buriladi va maydon yoʻnalishiga mos joylashadi. Har qanday S. uchun shunday tra mavjudki, bu tradan yuqoriroq trada modda oʻzining ajoyib xususiyatlarini yoʻqotadi va oddiy dielektrikka aylanib qoladi. Bu trani Kyuri nuqtasi Ts deb ataladi. Segnet tuzining ikkita Kyuri nuqtasi bor: —15° da va +22,5° da; bu tuz shu tra intervalidagina segnetoelektrik xususiyatga ega boʻladi. Agar tra —15° dan past va +22,5° dan yuqori boʻlsa, elektr xossalari oddiy dielektirikdan farq qilmaydi. Kyuri nuqtasida spontan kugblangan holat (qutbli faza) dan spontan qutblanishi yoʻq boʻlgan holat (qutbsiz faza)ga yoki aks yoʻnalishida faza oʻtishi yuz beradi. S.ning pyezoelektrik xossasidan ultratovush nurlatgich, tovush signallarini elektr signallariga aylantiruvchi asboblar, bosim datchiklari, katta sigʻimli kondensatorlar tayyorlash va boshqalarda foydalaniladi. Ba’zi kristall dielektriklar mexanik deformatsiyalanganda ularning qutblanishi kuzatiladi. Masalan, ma’lum yo‘nalish bo‘yicha qirqib olingan kristall plastinka siqilganda uning qarama-qarshi sirtlarida turli ishorali zaryadlar hosil bo‘ladi va plastinka ichida elektr maydon vujudga keladi. Plastinka cho‘zilganda esa uning qutblanishi va maydonning yo‘nalishi qarama-qarshisiga o‘zgaradi Bu hodisa pyezoelektrik effekt yoki qisqa- cha pyezoeffekt deb ataladi. Bunday effekt kuzatiladigan kristall dielektriklar pyezoelektriklar deyiladi. Kvars, turma- lin, segnet tuzi, bariy metatitanati va boshqalar pyezoelektrik- lar qatoriga kiradi. Pyezoelektrik qutblanishning kattaligi deformatsiyaga pro- porsional, demak, elastiklik chegaralarida mexanik kuchlanishga ham bog‘liq bo‘ladi. Pyezoelektrik effektni quyidagicha tushuntirish mumkin. Har qanday kristall panjarasini turli atomlar yoki atomlarning guruhlari tomonidan tuzilgan va bir-birining ichiga kiritilgan oddiy panjara- lardan iborat deyish mumkin. Agar kristall simmetriya markaziga ega bo‘lmasa, deformatsiya ta’sirida oddiy panjaralar bir-biriga nisbatan siljiydi va bunday siljish natijasida kristallda elektr momenti paydo bo‘ladi. Pyezoelektriklarda kuzatiladigan bu effekt to‘g‘ri pyezo- effekt deyiladi. Bundan tashqari, teskari pyezoeffekt ham kuzatiladi. Uning fizik mohiyati shundan iboratki, bunda kristall tashqi elektr maydoniga kiritilganda mexanik deformatsiyalanadi, o‘lchamlari maydon yo‘nalishi bo‘yicha o‘zgaradi. Yuqorida aytib o‘tganimiz-dek, ma’lum yo‘nalish bo‘yicha qirqib olingan kristall plastin-kani tashqi elektr maydonga kiritilganda siqilgan (yupqalashgan) bo‘lsa, maydon yo‘nalishi teskari tomonga o‘zgar-ganda plastinka cho‘ziladi (qalinlashadi). Agar tashqi elektr maydon o‘zgaruvchan bo‘lsa, u holda krisstall plastinkaning siqilishi va cho‘zilishi maydon o‘zgarishiga mos ravishda navbatma-navbat sodir bo‘ladi, kris- tallda mexanik tebranishlar uyg‘otiladi. Kvars, segnet tuzi, bariy meta- titanati kabi kristallarning pyezo- elektrik xossalaridan texnikada keng foydalaniladi. Masalan, bu dielek- triklar elektroakustik asboblarda ishla- tiladi. Elektroakustik asboblar to‘g‘ri pyezoeffekt asosida mexanik (tovush va ultratovush) tebranishlarni elektr tebranishlarga o‘zgartirib bersa, tes- kari pyezoeffekt asosida esa elektr tebranishlarni mexanik tebranishlarga o‘zgartirib beradi. Bundan tashqari, pyezoelektriklardan elektr tebranishlar generatorlarining chastotalarini stabillashtirishda, tez o‘zgaruvchan bosimlarni o‘lchashda keng foydalaniladi. SEGNETOELEKTRIKLAR Tajribalarda aniqlanishicha, bir qator kristall dielektriklar tashqi maydon bo‘lmaganda o’z-o’zidan (spontan) qutblanish xossasiga ega ekan. Bu hodisa dastlab segnet tuzi (vino kislotasining ikkilangan kaliy-natriy tuzi: NaKC4H6O6 ·4H2O) deb ataladigan kristallda aniqlangani uchun shu moddalarning barchasi segnetoelektriklar deb yuritiladi. Segnetoelektriklar oddiy dielektriklardan bir qator xarakterli xossalari bilan farq qiladi. Birinchidan, oddiy dielektriklarda dielektrik singdiruvchanlik bir necha birlikka, ba’zilarida bir necha o‘nga (masalan, suv uchun 81) teng bo‘lgan vaqtda, segneto- elektriklarning dielektrik singdiruvchanligi bir necha mingga yetishi mumkin. Masalan, uy temperaturasida segnet tuzi uchun ning qiymati 10000 ga yaqin. Ikkinchidan, oddiy dielektriklarning har biri uchun dielektrik singdiruvchanlik muayyan bir qiymatga ega bo‘lgani holda segnetoelektriklarning dielektrik singdiruvchan- ligi tashqi maydon kuchlanganligiga bog‘liq bo‘ladi: maydon kuchlanganligi ortib borishi bilan ham ortib boradi. Uchinchidan, segnetoelektriklarning qutblanishi faqat tashqi maydon kuchlanganligiga bog‘liq bo‘lmay, balki yana segnetoelektrikning maydonga kiritishdan avvalgi holatiga ham bog‘liq bo‘ladi. Bu shunga olib keladiki, bunda tashqi maydon kuchlanganligi nolga teng bo‘lganda moddaning qutblanishi to‘la yo‘qolmaydi, qoldiq qutblanish yuzaga keladi. Qoldiq qutblanishni yo‘qotish uchun segnetoelektrikni qutblantiruvchi maydonga teskari yo‘nalishda bo‘lgan maydonga kiritish kerak.Segnetoelektrik xossalari temperaturaga kuchli bog‘liq bo‘ladi. Har bir segnetoelektrik uchun shunday temperatura mavjudki, bu temperaturadan yuqoriroq temperaturada modda o‘zining segnetoelektrik xususiyatini yo‘qotadi va oddiy dielektrikka aylanadi. Bu temperaturani Kyuri nuqtasi deb ataladi. Masalan, segnet tuzining ikkita Kyuri nuqtasi bor: —15°C va +22,5°C. Bu temperaturalar bilan chegaralangan temperaturalar intervalidagina segnet tuzi segnetoelektrik xususiyatga ega bo‘ladi. —15°C dan past va +22,5°C dan yuqori bo‘lgan temperaturalarda segnet tuzining elektr xossalari oddiy dielektriklarnikidan farq qilmaydi. Segneto- elektriklardan amalda keng foydalaniladi. Xususan, ular katta sig‘imli ixcham kondensatorlar tayyorlashda ishlatiladi. Bunday kondensa- torlar radiotexnik qurilmalarning vaznini va o‘lchamlarini kamaytirishga imkon beradi. Bariy metatitanati (BaTiO2) kabi segnetoelektriklar ultratovush to‘lqinlarning generatori va qabul qilgichi sifatida keng qo‘llaniladi. Elektr maydonda dielektirklar. Dielektriklarning qutblanishi. Ma’lumki, dielektriklarda o‘tkazgichlardan faqr qilib, erkin harakatlanuvchi zaryadlar bo‘lmaydi. Dielektriklarning atom va molekulalari ichida manfiy va musbat zaryadlangan zarralar elektr kuchlari bilan o‘zaro bog‘langan bo‘ladi-yu, ammo bu bog‘lanish mutlaqo qattiq bo‘lmay, zarralar ularga qo‘yilgan tashqi kuchlarning ta’siri ostida ma’lum darajada siljishi mumkin. Har bir mole- kulada manfiy va musbat zaryadlarning miqdori bir xil bo‘lganligi uchun har qanday molekula, umuman olganda, zaryadlanmagan neytral bo‘ladi. Dielektriklarni uch turga bo‘lish mumkin: musbat va manfiy zaryadlar taqsimotining markazlari ustma- ust tushmaydigan molekulalardan tuzilgan qutbli dielektriklar (masalan, suv, spirt, aseton, efir, organik kislo- talar); musbat va manfiy zaryadlar taqsimotining markazlari ustma- ust tushadigan atom va molekulalardan tuzilgan qutbsiz dielektirklar (masalan, parafin, benzol, N2, H2); ionli kristall dielektriklar masalan,NaCl,KCl,KBr). Qutbli dielektriklarning molekulalarini elektr dipol deb qarash mumkin. Dielektrikning normal holatida dipollar tartibsiz joy- lashgan bo‘ladi va dipollarning maydonlari bir-birini o‘zaro susaytiradi, shuning uchun dielektrik tashqarisida maydon sezilmaydi. Agar qutbli dielektrikni tashqi elektr maydonga joylashtirsak, har bir dipolga uni tashqi maydon kuch chiziqlari bo‘yicha burish- ga intiluvchi juft kuchlar ta’sir qiladi Dielektrikdagi dipollar musbat uchlari bilan kuch chiziqlari yo‘nalishida buri- lib, marjon shaklida maydon kuch chiziqlari bo‘ylab tartibli joylashib qoladi. Dielektrikdagi elektr dipollarning tartibli joylashish hodisasi dielektrikning qutblanishi deb ataladi. Molekulalarning xaotik — issiqlik harakati dipollarning tartibli joylashishiga xalaqit beradi, shuning uchun ular kuch chiziqlari yonida tebranma harakat qilib turadi. Tashqi maydon qancha kuchli bo‘lsa, dipollar shunchalik tartibli joylashadi. Qutbli dielektriklarning qutblanishi dipolli qutblanish bo‘ladi. Agar qutbsiz dielektrik elektr maydonga kiritilsa, dielek- triklardagi molekulalarning musbat zaryadlar markazi va manfiy zaryadlar markazi o‘zaro qarama-qarshi tomonga siljiydi va mole- kulalar dipollarga aylanadi, ya’ni bu xil dielektriklar ham qutblanadi. Bunday qutblanish elektron qutblanish deyiladi. Tashqi maydon qancha kuchli bo‘lsa, molekulalarning musbat zaryadlar markazi va manfiy zaryadlar markazi kuch chiziqlari bo‘ylab bir-biridan shuncha ko‘proq uzoqlashadi. Natijada, qutb- langan dielektrik sirtining bir tomonida ortiqcha musbat zaryadlar, ikkinchi tomonida esa manfiy zaryadlar bo‘ladi. Bu zaryadlar bog‘langan zaryadlar deyiladi. Bog‘- langan zaryadlar hosil qilgan maydon tashqi maydon yo‘nalishiga qarshi yo‘nalgan bo‘ladi va uni susaytiradi, lekin batamom yo‘qotib yubormaydi.Dielеktriklarga (izоlyatоrlarga) erkin zaryadlari juda kam bo’lgan mоddalarga aytiladi va ular elеtr tоkini juda kam miqdоrda o’tkazadi. Ana shunday mоdda tarkibida faraz kilaylik elеktr zaryad jоylashgan bo’lsin. Uning elеktr maydоnini bilish uchun mоdda tuzilishini ko’rib chiqish zarur. Mоdda tuzilish ta’limоtiga asоsan, atоm diamеtri ~ 10-15 m bo’lgan yadrо va diamеtri ~ 10-10 m bo’lgan elеktrоn qоbiqdan ibоrat ekanligini хisоbga оlaylik. Yadrоning o’lchami elеktrоn qоbiq o’lchamidan 105 marta kichiq. Shuning uchun yadrоni elеktrоn qоbiqni markazida jоylashgan nuqta dеb va uni musbat zaryadlarning markazi dеb хisоblash mumkin. Elеktrоn qоbiqni o’zi esa bеrk оrbitalar bo’yicha niхоyat katta tеzliklar bilan хarakatlanuvchi manfiy zaryadlangan elеktrоnlardan ibоrat. Bu elеktrоnlarning ta’siri хuddi ularning barchasini qandaydir bir nuqtaga to’plangandagi ta’sirga ekvivalеnt bo’ladi. Bu хayoliy nuqtani manfiy zaryadlarning markazi dеyiladi. Dielеktrikning atоm yoki mоlеkulasidagi barcha musbat zaryadlar manfiy zaryadlarga miqdоr jiхatidan tеng bo’ladi. Bu хоlda mоlеkulalarni elеktrоnеytral sistеma dеb qarash mumkin. Agar musbat zaryadlarning markazi manfiy zaryadlarning markazi bilan ustma-ust tushsa, mоlеkulani qutbsiz, aksincha, zaryadlarning markazlari bir-biridan l masоfa uzоqlikda jоylashgan bo’lsa, bunday mоlеkulani qutbli mоlеkula dеyiladi. Umuman miqdоri tеng, lеkin qarama-qarshi ishоrali, bir-biridan l masоfa uzоqlikda jоylashgan +q va - q zaryadlardan ibоrat sitеmani elеktr dipоl dеyiladi. Qutbsiz Elеktr maydоn ta’sir etmaguncha elеktr mоmеnti re = q l =0 ga tеng bo’ladi, chunki l =0 . Agar tashqi elеktr maydоn Е ta’sirida qutbsiz mоlеkula musbat zaryadlarining markazi maydоn yunalishida, manfiy zaryadlarning markazi esa maydоnga qarama-qarshi yunalishda siljiydi. Dеmak, dielеktrikdagi barcha mоlеkulalarning elеktr mоmеntlarining yunalishlari bir хil bo’lib, Е ga parallеl bo’ladi. Bu хоdisani dеfоrmatsiоn yoki elеktrоn qutblanish dеyiladi. Foydalangan adabyotlar: Sultonov E. “Fizika kursi” (darslik) Fan va ta‟lim 2007. O.Qodirov.”Fizika kursi” (o„quv qo„llanma) Fan va ta‟lim 2005. O. Ahmadjonov. Umumiy fizika kursi. 1 tom. Toshkеnt 1991. Download 87.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling